Ostonov O‘tkir Yangiboevichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq turizmini rivojlantirish va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt26.B2
Ilmiy rahbar: Safarov Bahodirxon Shahriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand  iqtisodiyot va  servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevch , iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qishloq turizmini rivojlantirish va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Samarqand - Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” ichki turizm dasturi asosida “Qishloqda ikki kun” deb nomlanuvchi mualliflik loyihasini amalga oshirish maqsadida har yili 500 mingdan ziyod o‘quvchi, talaba, pensionerlar va mehnat jamoalarining Samarqandga sayohatini tashkil etish bo‘yicha takliflar amaliy asoslangan;
turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarda “Turizm qishloq”larini tashkil qilish ishlarini jadallashtirish maqsadida Urgut tumani “Tersak” turizm qishlog‘i negizida «Etnoqishloq» konsepsiyasi va dizayn loyhasini yaratish asosida 135ta turizm mahallasini tadbirkorlar boshqaruviga berib, ularni tematik turizm qishloqlariga aylantirish bo‘yicha takliflar ilmiy asoslangan;
“Qishloq turizmi”ni rivojlantirish maqsadida qishloqlarning tabiati, etnografiyasi, tarixi, o‘ziga xosligini ochib berish hamda ushbu qishloqlarda istiqomat qiluvchi mahalliy aholi o‘rtasida turizm sohasi targ‘ibotini hamkorlikda amalga oshirish asosida “Ko‘k-ota”, “Sarichashma”, “Gazira”, “Jo‘yi Abbos”, “Mavlum” qishloqlarida o‘ziga xos tabiat va agroturizm obektlari bilan turistlarni tanishtirish uchun qulay sharoitlar yaratish negizida har kuni har bir qishloqda 50-60 ta xorijiy turistlarni qabul qila oladigan yangi turizm yo‘nalishini tashkil etilish bo‘yicha taklifi dalillangan;
Samarqand viloyati hududlarning turistik salohiyati va qishloq turizmini rivojlantirish ko‘rsatkichlarning bashorat hisob-kitoblari asosida 2027 yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq turizmini rivojlantirish va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Samarqand - Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” ichki turizm dasturi asosida “Qishloqda ikki kun” deb nomlanuvchi mualliflik loyihasini amalga oshirish maqsadida har yili 500 mingdan ziyod o‘quvchi, talaba, pensionerlar va mehnat jamoalarining Samarqandga sayohatini tashkil etish bo‘yicha amaliy asoslangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash 2023 - yil 16 - maydagi 140-7-0-Q/23 sonli «Yo‘l xaritasi» rejasiga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil  14 dekabrdagi 02-12-17-2075-sonli ma’lumotnomasi).Natijada, Samarqand viloyatiga 2 mln. nafar mahaliy turistlar tashrifini tashkil etish imkoniyati vujudga keldi;
turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarda turizm qishloqlarini tashkil qilish ishlarini jadallashtirish maqsadida Urgut tumani “Tersak” turizm qishlog‘i negizida «Etnoqishloq» konsepsiyasi va dizayn kodini yaratish asosida 135 turizm mahallasini tadbirkorlarga boshqaruvga berib, ularni tematik turizm qishloqlariga aylantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qarori ijrosini ta’minlash 2023 - yil 16 - maydagi 140-7-0-Q/23 sonli «Yo‘l xaritasi»  rejasiga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil  14 dekabrdagi 02-12-17-2075-sonli ma’lumotnomasi).Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloqning o‘ziga xosligi, aholi etnik hayoti va urf-odatlari, kiyinish madaniyati, milliy taomlariga alohida e’tibor qaratilishi natijasida turistlarga krsatiladigan xizmatlar hajmi ikki baravar oshgan;
qishloq turizmini rivojlantirish maqsadida qishloqlarning tabiati, etnografiyasi, tarixi, o‘ziga xosligini ochib berish hamda ushbu qishloqlarda istiqomat qiluvchi mahalliy aholi o‘rtasida turizm sohasi targ‘ibotini hamkorlikda amalga oshirish asosida “Ko‘k-ota”, “Sarichashma”, “Gazira”, “Jo‘yi Abbos”, “Mavlum” qishloqlarida o‘ziga xos tabiat va agroturizm obektlari bilan turistlarni tanishtirish uchun qulay sharoitlar yaratish negizida har kuni har bir qishloqda 50-60 ta xorijiy turistlarni qabul qila oladigan yangi turizm yo‘nalishini tashkil etilish bo‘yicha taklifi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 828-son “Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asoslangan Samarqand viloyat hokimligining 2020-yil 13-apreldagi 06-06/437-sonli «Qishloqlarda agroturizmni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi»ga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil  14 dekabrdagi 02-12-17-2075-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida qishloqlarda o‘ziga xos tabiat va agroturizm obektlari bilan turistlarni tanishtirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi, marshrut dasturlari, har bir qishloq to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumotlar fotosuratlari bilan broshyuralar ishlab chiqilishi, axborot markazlari hamda turoperatorlar orqali agroturizm qishlog‘ini targ‘ib qilish imkonini bergan hamda turizm infratuzilmasini rivojlantirish choralarining natijaviyligi 10% oshirilgan;
Samarqand viloyati hududlarning turistik salohiyati va qishloq turizmini rivojlantirish ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2027 yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm  qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «2023-2025 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalari»ga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil  14 dekabrdagi 02-12-17-2075-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qishloq turizmi destinasiyalarida tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga hududlarni rivojlantirish imkoniyatlari dalillangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish