Alimardonova Zebuniso Mamarajabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida  e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surxondaryo viloyatining turizm resurslaridan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1628/
Ilmiy rahbar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Olim Mamayunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullajon Topilovich Mirzaev, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizm sohasini barqaror rivojlantirishda hududiy turizm bozori resurslaridan samarali foydalanish va iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyatning tibbiy, ekstremal, agro, eko, sanoat, arxeologik, sport va boshqa yangi turizm yo‘nalishlardagi imkoniyatlarini o‘rganish hamda kamida 100 ming nafar turistlarning tashrifini tashkil etish asosida “Boysun bahori” festivalini xalqaro darajada o‘tkazilish bo‘yicha takliflar asoslangan;
Surxondaryodagi buddizm bilan bog‘liq tarixiy obektlarni ommalashtirish maqsadida Termiz tumanidagi “Qoratepa” va “Fayoztepa”, Sho‘rchi tumanidagi “Dalvarzintepa” yodgorliklarini muhofaza qilish hamda sayyohlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish asosida turistik hududlar marshrutining mobil 3D-xaritasi hamda ko‘zi ojiz sayyohlar uchun arxeologik va me’moriy jozibasini saqlab qolgan maketlar yaratish zarurati dalillangan;
Surxondaryo viloyatida joylashgan Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligi infratuzilmasini rivojlantirish hamda ushbu obektni sayyohlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish asosida “Ellin madaniyati”ga oid Kampirtepa, Uzundara va Qo‘rg‘onzol yodgorliklari topilmalarini namoyish etuvchi “Oksiar” muzeyini tashkil etish yuzasidan takliflar dalillangan;
Surxondaryo viloyati turistik salohiyati va unga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2027-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli istiqbolli parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo viloyatining turizm resurslaridan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar asosida:
Surxondaryo viloyatning tibbiy, ekstremal, agro, eko, sanoat, arxeologik, sport va boshqa yangi turizm yo‘nalishlardagi imkoniyatlarini o‘rganish hamda kamida 100 ming nafar turistlarning tashrifini tashkil etish asosida “Boysun bahori” festivalini xalqaro darajada o‘tkazilish bo‘yicha amaliy asoslangan takliflar 2020-yil 27-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 332-sonli Qarori ijrosi chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil  26 sentyabrdagi 02-11-17-29-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali YuNESKO shafeligi ostida har ikki yilda bir bor o‘tkazilmoqda hamda hududda kamida 100 ming nafar turistlarning tashrifini tashkil etadi;
Surxondaryodagi buddizm bilan bog‘liq tarixiy obektlarni ommalashtirish maqsadida Termiz tumanidagi “Qoratepa” va “Fayoztepa”, Sho‘rchi tumanidagi “Dalvarzintepa” yodgorliklarini muhofaza qilish hamda sayyohlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish asosida turistik hududlarining marshrutining mobil 3D-xaritasi hamda ko‘zi ojiz sayyohlar uchun arxeologik va me’moriy jozibasini saqlab qolgan maketlar yaratilganda huddudda turistik xizmatlar ko‘rsatish samaradorligi 10% oshganligi bo‘yicha taklif 2020-yil 27-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 332-sonli Qarori ijrosi chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 26-sentyabrdagi 02-11-17-29-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Buddhism in Uzbekistan” – O‘zbekiston hududidagi buddizm obidalari aks ettirilgan interaktiv xarita va buddizim obidalarining 3D modeli ishlab chiqilgan;
Surxondaryo viloyatida joylashgan Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligi infratuzilmasini rivojlantirish hamda ushbu obektni sayyohlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish asosida ellin madaniyatiga oid Kampirtepa, Uzundara va Qo‘rg‘onzol yodgorliklaridan topilgan topilmalarni namoyish etuvchi “Oksiart” muzeyini tashkil etib faoliyatini yo‘lga qo‘yish negizida turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini ikki baravar oshirish yuzasidan takliflar
2020-yil 27-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 332-sonli Qarori ijrosi chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil
26-sentyabrdagi 02-11-17-29-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida, tarixiy-ilmiy manbalar asosida obektning kichik maketi tayyorlangan, arxeologik ashyolar, tarixiy dalil va hujjatlar, zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob, video-fotohujjatlar hamda boshqa manbalar hisobiga ko‘rgazma-ekspozisiya tashkil etilgan va turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi ikki baravar oshirgan;
Surxondaryo viloyatida hudud turistik salohiyati va unga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2027-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2023-2025-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil
26-sentyabrdagi 02-11-17-29-sonli ma’lumotnomasi). Natijada turistik destinatsiyalarda tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga hudularni rivojlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish