G‘iyosidinov Boburbek Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Jamoat transportining jozibadorligini oshirishda marketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11–“Marketing” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.4.PhD/Iqt3573.
Ilmiy rahbari: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qorrieva Yoqutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Berdiyorov Temur Azamatovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat tenika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jamoat transportining jozibadorligini oshirishda marketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar atrofidagi aholi punktlaridan oraliq bekatlarsiz bevosita shahar markaziga qatnovchi jamoat transportlari uchun tezyurar yo‘laklar ajratish, shaharga kirish joylarida yirik zamonaviy xavfsiz, qulay, raqamlashtirilgan smartparkinglarni joriy qilish orqali yo‘llardagi tirbandlikni bartaraf etish taklifi asoslangan;
aholi uchun jamoat transporti xizmatidan foydalanganlik uchun to‘lov kartalari funksiyalarini kengaytirish, yo‘lovchilarga to‘lov kartalaridan foydalanganlik uchun rag‘batlantiruvchi “yo‘l haqidan qaytimlar” taqdim etish hamda bevosita jamoat transportida yurgan masofa uchun haq to‘lash tizimini yo‘lga qo‘yish orqali jamoat transportining jozibadorligini oshirish taklifi asoslangan;
Toshkent shahridagi jamoat transporti tomonidan aholiga yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatish madaniyati va sifatini ta’minlashda jamoat transportiga ehtiyojning 2030-yilga qadar o‘sish prognozi ishlab chiqilgan;
shahar jamoat transportini rivojlantirish strategiyasini baholovchi indikatorlar (aholi soni, oila a’zolarining o‘rtacha soni, daromad, xarajat, ish haqi, savdo hajmi, kishi boshiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni, jamoat transportiga taqdim etiluvchi dotatsiya va h.k.) asosida Toshkent shahrida 2030 yilgacha jamoat transporti xizmatini takomillashtirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamoat transportining jozibadorligini oshirishda marketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shahar atrofidagi aholi punktlaridan oraliq bekatlarsiz bevosita shahar markaziga qatnovchi jamoat transportlari uchun tezyurar yo‘laklar ajratish, shaharga kirish joylarida yirik zamonaviy xavfsiz, qulay, raqamlashtirilgan smartparkinglarni joriy qilish orqali yo‘llardagi tirbandlikni bartaraf etish taklifi “Toshshahartransxizmat” AJning faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 16 fevraldagi №4/1239-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tashilgan yo‘lovchilar sonini 5,4 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
aholi uchun jamoat transporti xizmatidan foydalanganlik uchun to‘lov kartalari funksiyalarini kengaytirish, yo‘lovchilarga to‘lov kartalaridan foydalanganlik uchun rag‘batlantiruvchi “yo‘l haqidan qaytimlar” taqdim etish hamda bevosita jamoat transportida yurgan masofa uchun haq to‘lash tizimini yo‘lga qo‘yish orqali jamoat transportining jozibadorligini oshirish taklifi “Toshshahartransxizmat” AJning faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 16 fevraldagi №4/1239-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida marketing salohiyati asosida yo‘lovchi aylanmasini 3,8 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
Toshkent shahridagi jamoat transporti tomonidan aholiga yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatish madaniyati va sifatini ta’minlashda jamoat transportiga ehtiyojning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan o‘sish prognozi “Toshshahartransxizmat” AJning faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 16 fevraldagi №4/1239-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojning  uzoq muddatli istiqboldagi o‘zgarish parametrlari aniqlanib, ularning shahar jamoat transporti faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlariga muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
shahar jamoat transportini rivojlantirish strategiyasini baholovchi indikatorlar (aholi soni, oila a’zolarining o‘rtacha soni, daromad, xarajat, ish haqi, savdo hajmi, kishi boshiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni, jamoat transportiga taqdim etiluvchi dotatsiya va h.k.) asosida Toshkent shahrida 2030 yilgacha ishlab chiqilgan jamoat transporti xizmatini takomillashtirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari “Toshshahartransxizmat” AJning faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 16 fevraldagi №4/1239-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Toshkent shahar transport boshqarmasining 2030 yilga qadar marketing dasturlari va yo‘lovchilar oqimi prognozlarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish