Saidov Sarvar Atabullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ibn al-Muqaffa ilmiy merosining islom ma’naviy taraqqiyotida tutgan o‘rni» (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar829.
Ilmiy rahbar: falsafa fanlari nomzodi, professor Po‘latova Dildor Akmalovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Muminov Ashirbek Kurbanovich, tarix fanlar doktori, professor; Mirzaev Nasriddin Muxritdinovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ibn Muqaffa ilmiy merosining islom ma’naviy taraqqiyotida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ibn Muqaffa tomonidan hind xalq dostoni – «Kalila va Dimna» (كليلة ودمنة)ning tarjimasi jarayonida undagi qadimiy hind e’tiqodlariga xos bo‘lgan sehrgarlik, ruhning ko‘chishi (تناسخ الأرواح) bilan bog‘liq qismlari tushirib qoldirilib, “Dimna ishining tekshirilishi” (الفحص عن أمر دمنة) nomli bob qo‘shish orqali Qur’oni karim va hadislardan misollar bilan boyitilishi natijasida asarning musulmon olamida qabul qilinishiga sabab bo‘lgani dalillangan;
alloma tomonidan fors tilidagi «Xudoynoma» (خداي نامه) asarining arab tiliga tarjima qilinishi natijasida Balozuriy, Ibn Qutayba, Tabariy, Mas’udiy singari musulmon tarixchilari kitoblarida forslar tarixining mukammal yozilishi hamda fors davlatchilik tajribasining islom boshqaruv tizimiga kirib kelishiga sabab bo‘lgani aniqlangan;
Ibn Muqaffa «Risola as-sahoba» (رسالة الصحابة) asaridagi fors davlatchiligi tajribasiga asoslanib,  muntazam qo‘shinga maosh tayinlash o‘ljalardan ulush olishdan ko‘ra samaraliroq ekaniga oid tavsiyalari  xalifa Ja’far Mansur tomonidan mamlakat bo‘ylab harbiy islohotlar o‘tkazilishiga sabab bo‘lgani dalillangan;
allomaning islom tarixida siyosatnoma turkumidagi dastlabki manbalardan hisoblangan «al-Adab al-kabir» va «al-Adab as-sag‘ir» kitoblaridagi davlat boshqaruvining diniylik va dunyoviylik muvozanati borasidagi qarashlari Abulhasan Movardiyning asrlar davomida saltanat boshqaruvi bo‘yicha amaliy qo‘llanma vazifasini bajargan «al-Ahkom as-sultoniyya» (الأحكام السلطانية) asaridagi “Dunyoviy davlat” nazariyasi uchun asos bo‘lib xizmat qilgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Ibn al-Muqaffa ilmiy merosining islom ma’naviy taraqqiyotida tutgan o‘rni» mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Ibn Muqaffa tomonidan hind xalq dostoni – «Kalila va Dimna» (كليلة ودمنة)ning tarjimasi jarayonida undagi qadimiy hind e’tiqodlariga xos bo‘lgan sehrgarlik, ruhning ko‘chishi (تناسخ الأرواح) bilan bog‘liq qismlari tushirib qoldirilib, “Dimna ishining tekshirilishi” (الفحص عن أمر دمنة) nomli bob qo‘shish orqali Qur’oni karim va hadislardan misollar bilan boyitilishi natijasida asarning musulmon olamida qabul qilinishiga sabab bo‘lgani dalillangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan «O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi» nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 8-noyabrdagi 02/513-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu talabalarda «Kalila va Dimna» dostonining Ibn Muqaffa tomonidan qilingan tarjimasi keyingi davr musulmon tarjimonlarining ushbu asar borasidagi tarjimalari uchun asos bo‘lib xizmat qilganligi hamda hind madaniyati va tarixini o‘rganishda asosiy manba vazifasini o‘tagani haqida tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
alloma tomonidan fors tilidagi «Xudoynoma» (خداي نامه) asarining arab tiliga tarjima qilinishi natijasida Balozuriy, Ibn Qutayba, Tabariy, Mas’udiy singari musulmon tarixchilari kitoblarida forslar tarixining mukammal yozilishi hamda fors davlatchilik tajribasining islom boshqaruv tizimiga kirib kelishiga sabab bo‘lgani aniqlangani xususidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida tayyorlangan «Islom sivilizatsiyasi» qomusiy lug‘atida foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2023-yil 27-noyabrdagi 08-17/789-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Xudoynoma» asari islom tarixida forslar tarixini o‘rganishda birlamchi manba ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan keng ommani tanishtirishga xizmat qilgan;
Ibn Muqaffa «Risola as-sahoba» (رسالة الصحابة) asaridagi fors davlatchiligi tajribasiga asoslanib,  muntazam qo‘shinga maosh tayinlash o‘ljalardan ulush olishdan ko‘ra samaraliroq ekaniga oid tavsiyalari  xalifa Ja’far Mansur tomonidan mamlakat bo‘ylab harbiy islohotlar o‘tkazilishiga sabab bo‘lgani dalillangani xususidagi ilmiy xulosalar Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan «Islom tarixi» kitobining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 15-sentyabrdagi 01-07/176 sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda «Risola as-sahoba» asari islom tarixidagi muhim manbalardan ekani to‘g‘risida tasavvur shakllanishiga xizmat qilgan;
allomaning islom tarixida siyosatnoma turkumidagi dastlabki manbalardan hisoblangan «al-Adab al-kabir» va «al-Adab as-sag‘ir» kitoblaridagi davlat boshqaruvining diniylik va dunyoviylik muvozanati borasidagi qarashlari Abulhasan Movardiyning asrlar davomida saltanat boshqaruvi bo‘yicha amaliy qo‘llanma vazifasini bajargan «al-Ahkom as-sultoniyya» (الأحكام السلطانية) asaridagi “Dunyoviy davlat” nazariyasi uchun asos bo‘lib xizmat qilgani dalillangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatiladigan «Moziyga sayohat» tizimli ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 24-avgustdagi 02-31-1387 sonli ma’lumotnomasi). Natijada Ibn Muqaffaning «al-Adab al-kabir», «al-Adab as-sag‘ir» asarlarining mazmun-mohiyati va ushbu asarlarning islom tarixidagi ahamiyatining ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish