Ahmedov Shohjahon Kahramon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chakana savdo tarmog‘ini rivojlantirishning hududiy xususiyatlari», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3579.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Norqobilova Feruza Abduxomidovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chakana savdo tarmog‘ini rivojlantirishning hududiy xususiyatlarini ochib berish va ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chakana savdo korxonalarni  hududiy joylashtirishni zich (0,86-0,98), o‘rtachadan yuqori (0,71-0,83), o‘rtacha (0,54-0,66),  o‘rtachadan past (0,35-0,47), sust (0,14-0,26) darajalarda baholash asosida optimallashtirish taklifi asoslangan;
hududlarda chakana savdo tarmog‘ini quyi, o‘rta va yuqori darajada rivojlantirishni sotuv kanallari asosida sotish nuqtalarini joylashtirish yo‘llari taklif etilgan;
Xorazm viloyat chakana tovar aylanmasi bo‘yicha barqaror rivojlangan (Urganch sh.), rivojlangan (Urganch t., Xazorasp t.) kam rivojlangan  (Gurlan t., Xonqa t., Xiva t.,  Shovot t.), rivojlanayotgan ( Bog‘ot t., Qo‘shko‘pir t., Yangiariq t.) hamda rivojlanishga muhtoj (Yangibozor t., Xiva sh., Tuproqqal’a t.)  guruhlarni  baholashga ko‘ra chakana savdoni rivojlantirish  modeli taklif etilgan;
chakana savdo tarmog‘ini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi xaridorlar soni, iste’molchi daromadi, inflyasiya darajasi omillarining ta’siri bo‘yicha 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chakana savdo tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chakana savdo korxonalarni  hududiy joylashtirishni zich (0,86-0,98), o‘rtachadan yuqori (0,71-0,83), o‘rtacha (0,54-0,66),  o‘rtachadan past (0,35-0,47), sust (0,14-0,26) darajalarda baholash asosida optimallashtirish taklifi Xorazm viloyati hokimining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 18-avgustdagi 71-12-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 30-yanvardagi 15-340-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarda chakana savdo tarmog‘ini quyi, o‘rta, va yuqori darajalarda innovatsion rivojlantirish imkonini bergan;
hududlarda chakana savdo tarmog‘ini quyi, o‘rta va yuqori darajada rivojlantirishni sotuv kanallari asosida sotish nuqtalarini joylashtirish yo‘llari bo‘yicha taklifi “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 18-avgustdagi 71-12-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 30-yanvardagi 15-340-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda onlayn savdo nuqtalari, ko‘chib yuruvchi va statsionar savdo obektlarini joylashtirishning ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash imkoniyatini yaratgan;
Xorazm viloyat chakana tovar aylanmasi bo‘yicha barqaror rivojlangan (Urganch sh.), rivojlangan (Urganch t., Xazorasp t.) kam rivojlangan  (Gurlan t., Xonqa t., Xiva t.,  Shovot t.), rivojlanayotgan ( Bog‘ot t., Qo‘shko‘pir t., Yangiariq t.) hamda rivojlanishga muhtoj (Yangibozor t., Xiva sh., Tuproqqal’a t.)  guruhlarni  baholashga ko‘ra chakana savdoni rivojlantirish  modeli bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 18-avgustdagi 71-12-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 30-yanvardagi 15-340-son ma’lumotnomasi). Natijada, chakana savdo tarmog‘ini viloyat tuman va shaharlarida hududiy xususiyatlari bo‘yicha  rivojlanish darajasini aniqlashga erishilgan;
chakana savdo tarmog‘ini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi xaridorlar soni, iste’molchi daromadi, inflyasiya darajasi omillarining ta’siri bo‘yicha ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari Xorazm viloyati hokimining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 18-avgustdagi 71-12-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 30-yanvardagi 15-340-son ma’lumotnomasi). Prognoz natijalariga ko‘ra, 2027-yilga borib, mintaqada amalga oshirilgan chakana savdoning o‘zgarmas narxlardagi real qiymati 5272,70 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2022-yilga nisbatan 1,61 barobarga oshishi asosida o‘rtacha o‘sish sur’ati 10,0 foizga oshgan. Mazkur prognoz ko‘rsatkichlari qiymatlaridan chakana savdo sohasini rivojlantirishga oid rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish