Xidirova Gavhar Rustamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston hududlarida ichki turizmni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va istiqbollari (Buxoro viloyati misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyoti, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Iqt613.
Ilmiy maslahatchi: Ahmedov Tursun Muhitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshtaev Alisher Abduganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alimova Mashxura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyati iqtisodiyoti va ichki turizmni o‘zaro bog‘langan holda rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hudud ichki turizmi turistik zona, turistik klaster, turistik resurslar tabaqalashuvi negizida turistik mahsulotlar diversifikatsiyasini asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
maktabgacha muassasalarda tarbiyalanuvchi, maktab (lisey, kollej, texnikum) o‘quvchilari, oliy ta’lim talabalari, qariyalar uchun mo‘ljallangan maxsus turizm turlarini rivojlantirishda viloyati iqtisodiyoti va turizm o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiruvchi algoritmi ishlab chiqilgan;
“cho‘l turizmini” tashkil qilish maqsadida G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Romitan va Kogon tumanlarida infratuzilmalarni talab darajasiga olib chiqishda ziyorat, ovchilik, rekreatsion, ekoturizm, qishloq turizmi xizmatlarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
hududda ichki turizmni rivojlantirishda hududlar iqtisodiyotini barcha tarmoqlari bilan turistik xom-ashyo va turistik xizmatlar o‘rtasidagi bog‘lovchi zanjirsimon tizim asosida qo‘shimcha qiymatni ko‘paytirish usuli taklif etilgan;
hududda ichki turizmga bo‘lgan talabni mamlakatda kelajakda aholi tarkibi (bolalar, yoshlar, qariyalar) va daromadlarni o‘zgarish tendensiyalari va mavjud salohiyatdan samarali foydalanishga qaratilgan 2030-yilgacha shakllanishining prognoz parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududda ichki turizmni barqaror rivojlanish asosida yuqori iqtisodiy o‘sishga erishishining ilmiy asoslari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
hudud ichki turizmi turistik zona, turistik klaster, turistik resurslar tabaqalashuvi negizida turistik mahsulotlar diversifikatsiyasini asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi ““O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmonida ichki turizmni rivojlantirish maqsadlari parametrlarini (58-maqsad) aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 1-noyabrdagi 02-12-17-1176-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakat va hududda ichki turizmni barqaror rivojlantirish, uning samarali turlarini joriy qilish imkoniyati yaratilgan;
maktabgacha muassasalarda tarbiyalanuvchi, maktab (lisey, kollej, texnikum) o‘quvchilari, oliy ta’lim talabalari, qariyalar uchun mo‘ljallangan maxsus turizm turlarini rivojlantirishda viloyati iqtisodiyoti va turizm o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiruvchi algoritm bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi “2022-2026-yillarda Buxoro viloyatini kompleks rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish to‘g‘risida”gi 415-son Qarorini (1-ilova) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vaziriligining 2023 yil, 2-noyabrdagi 02/25-2-5328-son ma’lumotnomasi, Buxoro viloyati hokimligining 2023-yil 2-noyabrdagi 6/6832-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘alikni kamaytirish va xizmatlarni yuqori sur’atlarda o‘sishiga erishilgan;
“cho‘l turizmini” tashkil qilish maqsadida G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Romitan va Kogon tumanlarida infratuzilmalarni talab darajasiga olib chiqishda ziyorat, ovchilik, rekreatsion, ekoturizm, qishloq turizmi xizmatlarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6165-son Farmonini tayyorlashda foydalanilgan (1- va 2-ilovalar) (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 1-noyabrdagi 02-12-17-1176-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida mamlakat va hududlarda ichki turizm oqimini keskin oshirishga, yangi ish joylarini tashkil etishga, kambag‘allikni qisqartirishga imkon bergan;
hududda ichki turizmni rivojlantirishda hududlar iqtisodiyotini barcha tarmoqlari bilan turistik xom-ashyo va turistik xizmatlar o‘rtasidagi bog‘lovchi zanjirsimon tizim asosida qo‘shimcha qiymatni ko‘paytirish usuli bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi “2022-2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 543-son Qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziriligining 2023-yil 2-noyabrdagi №02/25-2-5328-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 1-noyabrdagi №02-12-17-1176-son ma’lumotnomasi, Buxoro viloyati hokimligining 2023-yil 2-noyabrdagi №6/6832-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat tumanlarida transport va ishlab chiqarish infratuzilma obektlarini rivojlantirishga qaratilgan investision loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan va tumanlarda ichki turizmni qo‘llab-quvvatlash asosida yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish imkoniyati yaratilgan;
hududda ichki turizmga bo‘lgan talabni mamlakatda kelajakda aholi tarkibi (bolalar, yoshlar, qariyalar) va daromadlarni o‘zgarish tendensiyalari hamda mavjud salohiyatdan samarali foydalanishga qaratilgan 2030-yilgacha shakllanishining prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi “2022-2026-yillarda Buxoro viloyatini kompleks rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish to‘g‘risida”gi 415-son (1-ilova) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi “2022-2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi (1-2-ilovalar) 543-son Qarorlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziriligining 2023-yil 2-noyabrdagi №02/25-2-5328-son ma’lumotnomasi, Buxoro viloyati hokimligining 2023-yil 2-noyabrdagi №6/6832-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur maqsadli parametrlarni amalga oshirilishi viloyatda turizm oqimini keskin oshishi hisobiga yangi ish joylarini yaratish, aholi daromadlarini ko‘paytirish, iqtisodiyot tarmoqlarini yuqori sur’atda rivojlantirish imkoniyatini bergan.