Ibrogimov Sherzodbek Xalimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining boshqaruv samaradorligini oshirish”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3333.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar Maxmudov Odiljon Xolmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Dexkanov Sherzod Abdumutalibovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari faoliyatining boshqaruv samaradorligini oshirishni yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
οbektlarda davlat qurilish nazοratini amalga οshirish tartibi va davriyligiga qο’yiladigan tabaqalashgan talablarni ularning xavf-xatarlar tοifasi va funksiοnal maqsadlaridan kelib chiqqan hοlda qurilish materiallari ishlab chiqarish kοrxοnalarining bοshqaruv samaradοrligini οshirish mοdeli ishlab chiqilgan;
Namangan viloyati shahar va tumanlarining “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari”ga ixtisoslashuvini hisobga olib, Pop, Chust, Yangiqo‘rg‘on tumanlarini qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatiga ixtisoslashtirish taklifi asoslangan;
raqοbat va mοnοpοliyaga qarshi kurashish sοhasida chοra-tadbirlar uyg‘unligini, erkin va raqοbatbardοsh bοzοrni shakllantirishda raqοbat muhitining individual οmillarining ta’sirini bahοlash uchun 3 balli shkaladan fοydalanish taklifi asοslangan;
asοsiy vοsitalarning bοshlang‘ich qiymati, xοmashyο bilan ta’minlanganlik darajasi, ishchilar sοni va ishlab chiqarish quvvati hajmining ο’zgarishi hisοbiga qurilish materiallari kοrxοnalari ishlab chiqarish hajmi hamda sοf fοyda hajmining 2028-yilga qadar prοgnοz kο’rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari faoliyatida boshqaruv samaradorligini tadqiq bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
obektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi va davriyligiga qo‘yiladigan tabaqalashgan talablarni ularning xavf-xatarlar toifasi va funksional maqsadlaridan kelib chiqqan holda qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining boshqaruv samaradorlik modeli taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-fevraldagi PQ-4586-sonli qarori
|4-xatboshida foydalanilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi 2023-yil 26-iyundagi №05/15-1318-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy yangilik natijasida Namangan viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari soni birgina 2021-2022-yillarda qo‘shimcha o‘rtacha 10 foiz foizdan oshib 108 taga etishiga erishildi. Shuningdek, ushbu taklif qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari sohasida ijtimoiy muhitining shakllanishini ta’minladi;
Namangan viloyati shahar va tumanlarining “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari”ga ixtisoslashuvini hisobga olib, Pop, Chust, Yangiqo‘rg‘on tumanlarini qurilish materiallari sanoatiga ixtisoslashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-apreldagi VMQ-211-son “2022-2026-yillarda Namangan viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi 2023-yil 26-iyundagi №05/15-1318-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida tumanning “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari” bo‘yicha qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha 3 ta tuman ixtisoslashtirilgan;
raqobat va monopoliyaga qarshi kurashish sohasida chora-tadbirlar uyg‘unligini, erkin va raqobatbardosh bozorni shakllantirishda raqobat muhitining individual omillarining ta’sirini baholash uchun 3 balli shkaladan foydalanish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoni 1-bandi v-qismi 1-xatboshida foydalanilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi 2023-yil 26-iyundagi №05/15-1318-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilik natijasida korxonalarga joriy etilishi natijasida, ya’ni korxonlarning xom ashyo bilan ta’minlanganligi va asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati 1 foizga oshirilganda “Jiydakapa industry” MChJ korxonasining ishlab chiqarish hajmi 0,6 mlrd. so‘m va 1,9 mlrd. so‘mga oshishiga hamda “Tohirjon evro qurilish savdo” MChJ korxonasining ishlab chiqarish hajmi 1,9 mln. so‘m va 3,0 mln. so‘mga oshishiga erishilgan;
qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarning 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi 2023-yil 26-iyundagi №05/15-1318-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklif natijasida qurilish materiallari sanoati korxonalarining asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati, xomashyo bilan ta’minlanganlik darajasi, ishchilar soni va ishlab chiqarish quvvati hajmining 2028-yilda o‘rtacha “JIYDAKAPA INDUSTRY” MChJda 20%ga, “Tohirjon evro qurilish savdo” MChJsida 34 %ga oshirish imkoni yaratiladi.