Levakov Izzatulla Nematillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Oliy ta’lim muassasalarida samarali xizmat ko‘rsatish strategiyasini takomillashtirish (Namangan viloyati misolida)”, 08.00.05- Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4PhD/Iqt 1930.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdulxakimov Zuxrali Tursunalievich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish institutida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Alieva Maxbuba To‘ychievna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xalilov Nurillo Xamidullaevich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida samarali xizmat ko‘rsatish strategiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
institut faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha shartnoma asosida maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlar ko‘rsatish hamda ilmiy tadqiqot va inovatsion xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni tashkil etish hisobiga oliy ta’lim muassasalarida xizmatlar strategiyasini ishlab chiqish taklif qilingan;
oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot yutuqlarini tijoratlashtirish hamda yangi ishlanma va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bilan shug‘ullanuvchi “Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi”ni joriy etish hisobiga hizmatlar ko‘lami va sifatini oshirish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarining quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa asosiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini mustaqil belgilash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish hisobiga ta’lim xizmatlari ko‘lamini oshirish asoslangan;
Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlanishining 2028-yilga qadar ko‘p variantli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida samarali xizmat ko‘rsatish strategiyasini takomillatirishga qaratilgan takliflar asosida:
institut faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha shartnoma asosida maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlar ko‘rsatish hamda ilmiy tadqiqot va inovatsion xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni tashkil etish hisobiga oliy ta’lim muassasalarida xizmatlar strategiyasini ishlab chiqish taklifi asoslangan. Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-oktyabrdagi PQ-386-son “Namangan to‘qimachilik sanoati institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarorining 5-bandining 3-xat boshini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 31-maydagi 03/17-955-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida oliy ta’lim muassasalaridagi xizmatlarning hayotiylik muddatini to‘rt bosqichli ball tizimini ishlab chiqish va har bir bosqichga ta’sir etuvchi o‘zgarishlarni qisqa, o‘rta, uzoq muddatlarga ajratish orqali oliy ta’lim xizmatlarini diversifikatsiyalash imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot yutuqlarini tijoratlashtirish hamda yangi ishlanma va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bilan shug‘ullanuvchi “Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi”ni joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-oktyabrdagi PQ-386-son “Namangan to‘qimachilik sanoati institutini tashkil etish to‘gʻrisida”gi Qarorining 4-bandining 3-xat boshini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 31-maydagi 03/17-955-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tarkibida “Ilgʻor to‘qimachilik muhandisligi maktabi” hamda “Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi” tashkil etilgan. Natijada to‘qimachilik sohasida ilmiy tadqiqot olib borish hamda yangi texnologiyalarni tijoratlashtirish va amaliyotga joriy etish imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarining quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa asosiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini mustaqil belgilash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish hisobiga ta’lim xizmatlari ko‘lamini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasining 3-bob 1§-paragrafning 4-xat boshini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 31-maydagi 03/17-955-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida mehnat bozorida innovatsion rivojlanish yo‘nalishidagi kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni qondirish, o‘z resurslarini oshirish, o‘z ishlanmalarining ekspert bahosini olish, o‘quv jarayonini tashkil etishning mazmuni, shakllari va vositalarini yangilash, ta’lim xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish, innovatsion faoliyatning strategik yo‘nalishini belgilash imkoniyati yaratilishi asoslangan.
Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlanishining 2028-yilga qadar ko‘p variantli prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi Namangan viloyati oliy taʼlim muassasalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 31-maydagi 03/17-955-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish orqali 2023-2028 yillarda oliy ta’lim muasssasalaridagi xizmatlar turlarini ko‘paytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, xizmatlar ko‘rsatish strategiyasini rivojlantirish bilan bog‘liq qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qilgan.