Miraxmetova Laziza Farruxovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P646.
Ilmiy rahbar: Yakubova Guzal Asatullaevna, psixologiya fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Akramov Mirmuxsin Rustamovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dosent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida uni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda sanogen tafakkurni rivojlanganlik darajasiga ko‘ra mustaqil, nostandart, rasional, refleksiv fikrlashning kasbiy shakllanish jarayonidagi dinamikasi o‘quv faoliyati bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi tufayli differensial farqlarning mavjudligi aniqlangan;
talabalarda sanogen tafakkurning rivojlanganlik darajasi yangilikka intilish hissi, tanqidiylik, obektni tuzilishini o‘zgartirish qobiliyatini ta’lim subekti sifatida o‘z-o‘zini nazorat qilish bilan bog‘liq namoyon bo‘lishi tufayli ijodkorlik xususiyatini shaklanganligiga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan;
talabalarda sanogen tafakkurning rivojlanganlik darajasini shaxslararo, ichki hissiyotni, o‘zini va boshqalarini kechinmalarini boshqarishning rasional hamda refleksiv fikrlashga integrativ shakllanishi tufayli emosional intellekt bilan bog‘liqlik jihatlari asoslangan;
talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirish uchun shaxslararo emosional intellektning integral komponentlaridan hissiy identifikasiyani ijodiy fikrlash bilan bog‘liq holda shaxsning o‘ziga va o‘zgalarga munosabatida ustuvor namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli refleksiv tafakkurni shakllanishiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini rivojlantirishga doir ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
talabalarda sanogen tafakkurni rivojlanganlik darajasiga ko‘ra mustaqil, nostandart, rasional, refleksiv fikrlashning kasbiy shakllanish jarayonidagi dinamikasi o‘quv faoliyati bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi tufayli differensial farqlarning mavjudligi aniqlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-fevraldagi PM-106 sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 1-martdagi PM-106 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda sanogen tafakkurni rivojlanishining differensial farqlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
talabalarda sanogen tafakkurning rivojlanganlik darajasi yangilikka intilish hissi, tanqidiylik, obektni tuzilishini o‘zgartirish qobiliyatini ta’lim subekti sifatida o‘z-o‘zini nazorat qilish bilan bog‘liq namoyon bo‘lishi tufayli ijodkorlik xususiyatini shaklanganligiga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-fevraldagi PM-106 sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 1-martdagi PM-106 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda sanogen tafakkurning ijodkorlik xususiyatini shaklanganligiga bog‘liqlik jihatlarini tadqiq etish yo‘llari optimallashtirilgan;
talabalarda sanogen tafakkurning rivojlanganlik darajasini shaxslararo, ichki hissiyotni, o‘zini va boshqalarini kechinmalarini boshqarishning rasional hamda refleksiv fikrlashga integrativ shakllanishi tufayli emosional intellekt bilan bog‘liqlik jihatlari asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-fevraldagi PM-106 sonli buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 1-martdagi PM-106 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalardagi sanogen tafakkurning emosional intellekt bilan bog‘liqlik jihatlarini izohlash imkoniyati yaratilgan.
talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirish uchun shaxslararo emosional intellektning integral komponentlaridan hissiy identifikasiyani ijodiy fikrlash bilan bog‘liq holda shaxsning o‘ziga va o‘zgalarga munosabatida ustuvor namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli refleksiv tafakkurni shakllanishiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-fevraldagi PM-106 sonli buyrug‘i bilan «Psixologik xizmat. Psixologik korreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 1-martdagi PM-106 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik dasturini ishlab chiqilgan.