Ashurov Ramzidin Ramazonovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida intellekt shakllanishining psixologik determinantlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P739.
Ilmiy rahbar: Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlar doktori (DSc), dosent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Usmonov Sherzod Axmadjonovich, psixologiya  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida intellekt shakllanishining psixologik determinantlarini ochib berish asosida uni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual shakllanishida bir necha g‘oyalarni bir vaqtning o‘zida shakllantira olish, masalani bir necha echimini topa olish qobiliyatini obekt ustida fikrlarni jamlay olish xususiyati bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli, diqqat konsentratsiyasining ustuvor ta’sirga ega ekanligi dalillangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridagi intellektual shakllanishi fikrlashning mantiqiyligi, mazmundorligi, chuqurligi, kengligi sifatlarining divergent tafakkurga bog‘liq ravishda ta’lim jarayonida dinamik rivojlanishi tufayli tafakkur xususiyatlarining darajaviy ifodalanishiga identiv ekanligi dalillangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual rivojlanishida tafakkurning mantiqiyligi, mas’uliyatlilik, altruizm, javobgarlik, saxiylik sifatlarini o‘zaro integrativ shakllanishi tufayli shaxs xatti-harakatlarini baholashning “axloqiylik” jihati ustuvor ta’sirga ega ekanligi dalillangan;
o‘quvchilarda intellektual xususiyatlarni shakllantirish uchun divergent tafakkurni guruhiy va mantiqiy fikr yuritish ko‘nikmasiga integrativ rivojlanishi kommunikativlik, hozirjavoblik sifatini ortishiga olib kelganligi tufayli ta’lim jarayoniga “mental arifmetika” mashg‘ulotlarini kiritish muhimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida intellekt shakllanishining psixologik determinantlari olingan tadqiqot ishi natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual shakllanishida bir necha g‘oyalarni bir vaqtning o‘zida shakllantira olish, masalani bir necha echimini topa olish qobiliyatini ob’ekt ustida fikrlarni jamlay olish xususiyati bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli, diqqat konsentratsiyasining ustuvor ta’sirga ega ekanligi dalillangan oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 23-noyabrdagi PM-89- son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiya. Differensial psixologiyasi” moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 30-noyabrdagi PM-89-a-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual ta’sir etuvchi psixologik determinantlarning o‘ziga xos jihatlarini ochib berilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridagi intellektual shakllanishi fikrlashning mantiqiyligi, mazmundorligi, chuqurligi, kengligi sifatlarining divergent tafakkurga bog‘liq ravishda ta’lim jarayonida dinamik rivojlanishi tufayli tafakkur xususiyatlarining darajaviy ifodalanishiga identiv ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 23-noyabrdagi PM-89- son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiya. Differensial psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 30-noyabrdagi PM-89-a-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridagi intellektual shakllanishining tafakkur xususiyatlari bog‘liqligi asoslangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual rivojlanishida tafakkurning mantiqiyligi, mas’uliyatlilik, altruizm, javobgarlik, saxiylik sifatlarini o‘zaro integrativ shakllanishi tufayli shaxs xatti-harakatlarini baholashning “axloqiylik” jihati ustuvor ta’sirga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 23-noyabrdagi PM-89- son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiya. Differensial psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 30-noyabrdagi PM-89-a-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’noviy-axloqiy tushunchalarni tavsiflay olish, vaziyatlarni ma’naviy-axloqiy shaxslilik xususiyatlariga bog‘liqligi asoslangan ma’lumotlar tizimlashtirilgan;
o‘quvchilarda intellektual xususiyatlarni shakllantirish uchun divergent tafakkurni guruhiy va mantiqiy fikr yuritish ko‘nikmasiga integrativ rivojlanishi kommunikativlik, hozirjavoblik sifatini ortishiga olib kelganligi tufayli ta’lim jarayoniga “mental arifmetika” mashg‘ulotlarini kiritish muhimligi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 23-noyabrdagi PM-89-son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiya. Differensial psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 30-noyabrdagi PM-89-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda intellektual xususiyatlarni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish