Arziqulov O‘tkirbek Maxammatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tibbiyot oliygohi talabalarida kasbiy yo‘nalganlik va o‘quv motivlarining namoyon bo‘lishi», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivaojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P238.
Ilmiy rahbar: Akramova Feruza Akmalovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Norqo‘ziev Doniyorbek Baxtiyorovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot oliygohi talabalarida kasbiy yo‘nalganlik va o‘quv motivlarining namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini ochib berish asosida ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot oliygohi talabalaridagi kasbiy yo‘nalganlik «qochish», «ijtimoiy mavqei», «ijodiy o‘z-o‘zini amalga oshirish». «kognitiv», «ijtimoiy» motivlarni rivojlanishidagi differensial farqlarning mavjudligi tufayli o‘quv motivlarining namoyon bo‘lishiga identiv ekanligi dalillangan;
tibbiyot oliygohi talabalarida o‘quv motivlarining darajaviy ifodalanishiga ko‘ra bilimga nisbatan ichki motivlarning o‘quv faoliyatida tashqi shaxsiy, shaxslararo munosabatlarda, ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq motivlarga uyg‘un holda dinamik tarzda namoyon bo‘lishi tufayli ularda «kasb egallash» motivlari ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan;
talabalarning kasbiy shakllanishida o‘z-o‘zini boshqarish, tafakkur, diqqat xususiyatlarining empatiyaviy yo‘nalganlik negizida ta’limning ijtimoiy motivlariga bog‘liq differensial ifodalanishi tufayli kommunikativ sifatlarni tibbiy jarayonlarga integrativ rivojlanishi muhim ekanligi isbotlangan;
tibbiyot yo‘nalishi talabalarining kasbiy yo‘nalganligi va o‘quv motivlari darajasini baholashda kommunikativ, emosional, irodaviy sifatlarni o‘zaro integrativ namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra, «motivasion-irodaviy», «tahliliy-baholovchi», «qadriyatli-ijodiy» kabi kasbiy yo‘nalganlikning mezonlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot oliygohi talabalari kasbiy yo‘nalganligi va o‘quv motivlari namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini aniqlash asosida:
tibbiyot oliygohi talabalaridagi kasbiy yo‘nalganlik «qochish», «ijtimoiy mavqei», «ijodiy o‘z-o‘zini amalga oshirish». «kognitiv», «ijtimoiy» motivlarni rivojlanishidagi differensial farqlarning mavjudligi tufayli o‘quv motivlarining namoyon bo‘lishiga identiv ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-92-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-92-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiyot oliygohi talabalarida o‘quv motivlarining darajaviy ifodalanishiga erishilgan;
tibbiyot oliygohi talabalarida o‘quv motivlarining darajaviy ifodalanishiga ko‘ra bilimga nisbatan ichki motivlarning o‘quv faoliyatida tashqi shaxsiy, shaxslararo munosabatlarda, ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq motivlarga uyg‘un holda dinamik tarzda namoyon bo‘lishi tufayli ularda «kasb egallash» motivlari ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-92-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-92-a-son ma’lumotnomasi).. Natijada, har tomonlama etuk shifokorlarning «kasb egallash» motivlarining ustuvor harakterga ega ekanligiga erishilgan;
talabalarning kasbiy shakllanishida o‘z-o‘zini boshqarish, tafakkur, diqqat xususiyatlarining empatiyaviy yo‘nalganlik negizida ta’limning ijtimoiy motivlariga bog‘liq differensial ifodalanishi tufayli kommunikativ sifatlarni tibbiy jarayonlarga integrativ rivojlanishi muhim ekanligi isbotlangan natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-92-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-92-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiyot yo‘nalishi talabalarining tibbiy jarayonlarga integrativ rivojlanishiga erishilgan.
tibbiyot yo‘nalishi talabalarining kasbiy yo‘nalganligi va o‘quv motivlari darajasini baholashda kommunikativ, emosional, irodaviy sifatlarni o‘zaro integrativ namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra, «motivasion-irodaviy», «tahliliy-baholovchi», «qadriyatli-ijodiy» kabi kasbiy yo‘nalganlikning mezonlari asoslangan natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-92-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-92-a-son ma’lumotnomasi).Natijada, tibbiyot yo‘nalishi talabalarining kasbiy yo‘nalganlikning mezonlari haqidagi bilim va malakalarning oshishiga xizmat qilgan, jumladan, tibbiyot yo‘nalishi talabalari kasbiy yo‘nalganligi va o‘quv motivlarining namoyon bo‘lishini psixologik tomonlarini shakllantirish yuzasidan psixoprofilaktik ishlar kuchaytirilgan.