Kushakova Nargiza Islambaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yosh oilalarda internetga tobelik namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P605.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskareevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Bahriddin Mingbaevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Lutfullaeva Nigora Xalimbaevna psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh er-xotinlarda internetga tobelikning namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni ochib berish asosida oila barqarorligini yaxshilash usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yosh oilada internetga tobelik ijtimoiy-psixologik determinantlarga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, bo‘sh vaqtning ko‘pligi, qat’iyasizlik, internet saytlarining jozibadorligi, fikriy tahlilning etishmasligi, juftliklar munosabatlarida samimiyat kamligining faol ifodalanishi orqali er-xotinlar shaxsida virtual olamga qaramlik xususiyatlari yetakchi o‘rin tutishi dalillangan;
shaxsning o‘z-o‘zini baholash darajalari internetga tobelik bilan ta’sirlashuv jarayonlariga muvofiq, fe’l-atvordagi salbiy o‘zgarishlar, xulq-atvor buzilishlari, o‘z xatti-harakatlarining oqibatlarini o‘ylash, intellektual salohiyatni ishga solishning ustun kelishiga ko‘ra o‘ziga baho berish shakllaridan «xarakter», «aql, qobiliyat»ning kuchaytirilishi orqali yosh er-xotinlar o‘rtasida internet addiksiyasining pasayishi dalillangan;
oilaviy munosabatlarda yosh er-xotinlar orasidagi internetga qaramlikning iroda kuchi bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, o‘z xulq-atvorini mustaqil ravishda boshqarish, psixik jarayonlarni nazorat qilish, xatti-harakatlarini tartibga solish, hissiy-irodaviy fazilatlarni rivojlantirishning tarkib topishi orqali virtual olamga tobelikning «irodaviy komponentlar» bilan teskari bog‘liqlik xarakteriga ega ekanligi isbotlangan;
subektiv lokal nazorat xususiyatlarining internetga tobelik yuzaga kelishiga ta’siri natijasida, oilaviy hayotda kuzatiladigan turli ko‘ngilsiz voqea-hodisalarga o‘zini sababchi deb hisoblash, asosiy e’tiborni ichki olamga qaratish, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga moyillik veb-sahifalarga qaramlikning namoyon bo‘lishiga qarama-qarshi bog‘lanishi tufayli yosh oilalarda virtual dunyoga berilish «eksternallik» bilan uyg‘un rivojlanishi asoslanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh oilalarda internetga tobelik namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish natijasida:
yosh oilada internetga tobelik ijtimoiy-psixologik determinantlarga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, bo‘sh vaqtning ko‘pligi, qat’iyasizlik, internet saytlarining jozibadorligi, fikriy tahlilning etishmasligi, juftliklar munosabatlarida samimiyat kamligining faol ifodalanishi orqali er-xotinlar shaxsida virtual olamga qaramlik xususiyatlari yetakchi o‘rin tutishi haqida ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 23-noyabirdagi PM-88-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 30-noyabirdagi PM-88a-son ma’lumotnomasi). Natijada bolg‘usi amaliyotchi psixologlarning virtual olamga qaramlik psixologik xususiyatlari haqidagi imiy tasavvurlari boyitilgan.
shaxsning o‘z-o‘zini baholash darajalari internetga tobelik bilan ta’sirlashuv jarayonlariga muvofiq, fe’l-atvordagi salbiy o‘zgarishlar, xulq-atvor buzilishlari, o‘z xatti-harakatlarining oqibatlarini o‘ylash, intellektual salohiyatni ishga solishning ustun kelishiga ko‘ra o‘ziga baho berish shakllaridan «xarakter», «aql, qobiliyat»ning kuchaytirilishi orqali yosh er-xotinlar o‘rtasida internet addiksiyasining pasayishini asoslashga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 23-noyabirdagi PM-88-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 30-noyabirdagi PM-88a-son ma’lumotnomasi). Natijada fe’l-atvordagi salbiy o‘zgarishlar, xulq-atvor buzilishlari, o‘z xatti-harakatlarining oqibatlarini o‘ylash, intellektual salohiyatni ishga solishning ustun kelishiga ko‘ra o‘ziga baho berish shakllaridan «xarakter», «aql, qobiliyat»ning kuchaytirilishi orqali yosh er-xotinlar o‘rtasida internet addiksiyasining pasayishi asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan.
oilaviy munosabatlarda yosh er-xotinlar orasidagi internetga qaramlikning iroda kuchi bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, o‘z xulq-atvorini mustaqil ravishda boshqarish, psixik jarayonlarni nazorat qilish, xatti-harakatlarini tartibga solish, hissiy-irodaviy fazilatlarni rivojlantirishning tarkib topishi orqali virtual olamga tobelikning «irodaviy komponentlar» bilan teskari bog‘liqlik xarakteriga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 23-noyabirdagi PM-88-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 30-noyabirdagi PM-88a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘z xulq-atvorini mustaqil ravishda boshqarish, psixik jarayonlarni nazorat qilish, xatti-harakatlarini tartibga solish, hissiy-irodaviy fazilatlarni rivojlantirishning tarkib topishi orqali virtual olamga tobelikning «irodaviy komponentlar» bilan teskari bog‘liqlik xarakteriga ega ekanligini tahlil qilish imkoniyati oshirilgan.
subektiv lokal nazorat xususiyatlarining internetga tobelik yuzaga kelishiga ta’siri natijasida, oilaviy hayotda kuzatiladigan turli ko‘ngilsiz voqea-hodisalarga o‘zini sababchi deb hisoblash, asosiy e’tiborni ichki olamga qaratish, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga moyillik veb-sahifalarga qaramlikning namoyon bo‘lishiga qarama-qarshi bog‘lanishi tufayli yosh oilalarda virtual dunyoga berilish «eksternallik» bilan uyg‘un rivojlanishi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 23-noyabirdagi PM-88-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 30-noyabirdagi PM-88a-son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy hayotda kuzatiladigan turli ko‘ngilsiz voqea-hodisalarga o‘zini sababchi deb hisoblash, asosiy e’tiborni ichki olamga qaratish, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga moyillik veb-sahifalarga qaramlikning namoyon bo‘lishiga qarama-qarshi bog‘lanishi tufayli yosh oilalarda virtual dunyoga berilish «eksternallik» bilan uyg‘un rivojlanishining amaliy imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.