Ergasheva Sayyora Xoliyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshqaruv tizimini optimallashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/P300.
Ilmiy rahbar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Shonazarov Asror Maxmaisoevich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablari boshqaruv tizimini ijtimoiy-psixologik jihatdan optimallashtirishga xizmat qiluvchi texnologiyalarni takomillashtirish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy fasilitatsiya va ingibisiya mexanizmlari differensiatsiyasiga koʻra, «ikki hissali olmos», «empatiya xaritasi», «foydalanuvchining yo‘l xaritasi», «nuqtai nazarni shakllantirish», «olti shlyapa» dizayn fikrlash texnologiyalarining umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshqaruv faoliyatiga tatbiqida boshqaruv tizimining optimallashganini baholovchi «yuzabiliti» usulining samaradorligi asoslangan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbar kadrlar shaxsiy yuksalishidagi «self – development»ning differensial namoyon bo‘lishi ulardagi «muloqot madaniyati»; «tashkilotchilik qobiliyati», «jamoada ishlash ko‘nikmasi», «vaqtni boshqarish mahorati», «tanqidiy fikrlash darajasi», «kreativlik ko‘lami»ni interpersonal shaxs xususiyatilari rivoji bilan to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari turli darajali boshqaruv kadrlarining faoliyatga yo‘nalganligida «emotsional barqarorlik», «hissiy kayfiyat» va «emotsional intellekt» shakllanganliiga ko‘ra, «psixik faollik hajmi», «qiziqish darajasi», «hissiy marom kuchi», «zo‘riqish ko‘lami» va «qulaylik darajasi» kabi psixoemotsional holatlarga irodaviy akt asosida ustuvorlik berish orqali konstruktiv qaror qabul qilish kompetensiyasining takomillashishi asoslangan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshqaruv kadrlari shaxs xususiyatlarining faoliyatda differensial ifodalanishiga ko‘ra «qizil» toifa maktab jamoasi orasida nosog‘lom muhitning kuchayishi maktabdagi ustuvor boshqaruv shakli, ta’lim sifatini kafolatlovchi uslubiy birlashmalar faoliyati va uning boshqaruvi, direktor o‘rinbosarlari egallagan pozisiyasining maktab faoliyatining umumiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablari boshqaruv tizimini ijtimoiy-psixologik jihatdan optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari:
ijtimoiy fasilitatsiya va ingibisiya mexanizmlari differensiatsiyasiga ko‘ra, «ikki hissali olmos», «empatiya xaritasi», «foydalanuvchining yo‘l xaritasi», «nuqtai nazarni shakllantirish», «olti shlyapa» dizayn fikrlash texnologiyalarining umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshqaruv faoliyatiga tatbiqida boshqaruv tizimining optimallashganini baholovchi «yuzabiliti» usuli samaradorligi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-82-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-82-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshqaruv tizimini optimallashtirishga ta’sir etadigan ijtimoiy-psixologik texnologiyalarni aniqlash hamda ilmiy jihatdan asoslash imkoniyati yaratilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbar kadrlar shaxsiy yuksalishidagi «self – development»ning differensial namoyon bo‘lishi ulardagi «muloqot madaniyati»; «tashkilotchilik qobiliyati», «jamoada ishlash ko‘nikmasi», «vaqtni boshqarish mahorati», «tanqidiy fikrlash darajasi», «kreativlik ko‘lami»ni interpersonal shaxs xususiyatilari rivoji bilan to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-82-son buyrug‘i bilan «Boshqaruv psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-82-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshqaruv tizimini optimallashtirishga doir qo‘shimcha psixologik chora-tadbirlarni ijtimoiy-psixologik jihatdan empirik asoslash imkoniyati yaratilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari turli darajali boshqaruv kadrlarining faoliyatga yo‘nalganligida «emotsional barqarorlik», «hissiy kayfiyat» va «emotsional intellekt» shakllanganliiga ko‘ra, «psixik faollik hajmi», «qiziqish darajasi», «hissiy marom kuchi», «zo‘riqish ko‘lami» va «qulaylik darajasi» kabi psixoemotsional holatlarga irodaviy akt asosida ustuvorlik berish orqali konstruktiv qaror qabul qilish kompetensiyasining takomillashishi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-82-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-82-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarining turli darajali boshqaruv kadrlaridagi yetakchi individual-tipologik xususiyatlar, shaxs yo‘nalganligi, psixoemotsional holatlar empirik tadqiq etilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshqaruv kadrlari shaxs xususiyatlarining faoliyatda differensial ifodalanishiga ko‘ra «qizil» toifa maktab jamoasi orasida nosog‘lom muhitning kuchayishi maktabdagi ustuvor boshqaruv shakli, ta’lim sifatini kafolatlovchi uslubiy birlashmalar faoliyati va uning boshqaruvi, direktor o‘rinbosarlari egallagan pozisiyasi maktab faoliyatining umumiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-82-son buyrug‘i bilan «Boshqaruv psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-82-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshqaruv tizimini optimallashtirishga xizmat qiluvchi yetakchi ijtimoiy-psixologik indekatorlar aniqlangan hamda amaliyotga joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.