Turimov Bobur Valentinovichning
falsafa doktori (PhD) taqdimnomasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Taqdimnoma mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eynshteyn-Maksvell-skalyar maydon tenglamalarining aniq echimlari”, 01.04.02 – Nazariy fizika hamda 01.03.01 – Astronomiya (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/ FM999
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huziridagi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Axmedov Bobomurot, O‘zR FA, fizika-matematika fanlari doktori, akademik, Abdujabbarov Ahmadjon Adilovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Taqdimnoma yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gravitsion skalyar maydon va Eynshteyn-Maksvell-skalyar maydon tenglamalari bilan bog‘langan Eynshteyn tenglamalarining aniq aksial-simmetrik va statik echimlarini topishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi Qo‘shimcha gravitatsion skalyar maydonning ta’sirini hisobga olgan holda Eynshteyn maydon tenglamalarining aksial-simmetrik va statik echimlari olingan. Bular Veyl echimlar sinfiga tegishli bo‘lgan ikki xil echimladir, (i) modifikatsiyalangan gamma-metrik va (ii) modeifikatsiyalangan kvadrupol moment metrikasidir;
Eynshteyn maydon tenglamalarining aksial-simmetrik va statik vakuum echimlarining fazo-vaqt xossalariga skalyar maydonning ta’siri o‘rganildi;
Qo‘shimcha parametrlarga ega bo‘lgan gamma-metrikaning umumlashtirilgan shakli va gravitsion skalyar maydonida hosil bo‘lgan kvadrupol momemtini o‘z ichiga olgan Eres-Rozen metrikasining umumlashtirilgan shakli olindi;
Gravitatsion skalyar maydon uchun energiya-moment tensorining komponentlari uchun analitik ifodalar olinadi. Fantom maydon holatida echim nol energiya holatini(NEC) qondirishi ko‘rsatilgan;
Gamma va kvadrupol parametrlari sinov zarrachasining energiyasi va burchak momentumiga hissa qo‘shmasligi va natijada ekvatorial harakatlanayotgan zarracha traektoriyasiga ta’sir qilmasligi ko‘rsatilgan;
ISCO radiusi, energiyaning kritik qiymatlari va sinov zarrachalarining burchak momentining aniq analitik ifodasi olindi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eynshteyn-Maksvell-skalyar maydon tenglamalarining yangi analitik echimi asosida:
zarralar harakati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Shanxaydagi Fudan universiteti (FU) olimlari tomonidan qo‘llanildi (FU, Xitoy, 2024 yil 7 mart ma’lumotnomasi);
zarralarning kompakt ob’ekt atrofidagi harakati bo‘yicha natijalar xorijiy tadqiqotchilarning ishlarida, nufuzliy xorijiy jurnallarda qo‘llanilgan (The European Physical Journal C, Volume 83, Issue 12, article id.1131, Web-Sc, IF: 4.4 Pramana, 97-jild, 1-son, id.29-maqola, Web-Sc, IF: 2.219; Qirollik Astronomiya Jamiyatining oylik xabarlari, 521-jild, 1-son, 474-477-bet, Web-Sc, IF: 5.235). Kompakt ob'ektlar atrofidagi zarrachalar dinamikasiga metrik parametrlarning ta’sirini aniqlashda qo‘llanilgan.
PhD tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan nufuzli Q1/Q2 tipdagi ilmiy jurnallarida chop etilgan 15 ta ilmiy maqolalarda taqdim etilgan.