Mamadjonova Muhayyo Yusubjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston florasidagi Nepeta Olgae Regel L. o‘simligining biologik faol moddalarini tahlil qilish va sinflash», 02.00.10 – Bioorganik kimyo, 02.00.09 - Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K201.
Ilmiy rahbarlar: Abdullaev Shavkat Vaxidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Dexqonov Raxmatilla Sultanovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Xojimatov Maxsadbek Muydinovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Jalolov Iqboljon Jamolovich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nepeta Olgae Regel L. o‘simligidan biologik faol birikmalarni ajratish, birikmalarning kimyoviy tuzilishini aniqlash, biologik faolliklari asosida biologik faol qo‘shimchalar olish va TIF TN bo‘yicha tovar kod raqamlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
N.Olgae Regel L. o‘simligidan jami 7 ta birikmalar sof holda ajratib olingan hamda N.Olgae Regel L. o‘simligining er ustki qismi efir moyining kimyoviy tarkibini tahlil qilish natijasida (G‘ova:Kosonsoy) 24:58 ta moddalar GX-MS usulida identifikatsiya qilingan;
N.Olgae Regel L. o‘simligi er ustki qismining efir moyi in vitro sharoitida gramm-musbat, gramm-manfiy bakteriya, zamburug‘larga nisbatan sezilarli faollikni namoyon qilishi isbotlangan;
N.Olgae Regel L. o‘simligi er ustki qismining lipid tarkibi hamda 18 ta turdagi to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalari tarkibi gaz xromatografiyasi usuli yordamida isbotlangan;
N.Olgae Regel L. o‘simligining er ustki qismi ekstraktiv moddalari tarkibida
6 ta flavonoidlar mavjudligi YuSSX tahlil usulida isbotlangan;
N.Olgae Regel L. o‘simligining (xloroformli, etilasetatli va butanolli) ekstraktlari in vivo sharoitida antioksidant faollikni namoyon qilishi isbotlangan;
“Nepeta Olgae Rege L.” oziq-ovqat qo‘shilmasi uchun kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi tovar kod raqami ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nepeta Olgae Regel L. o‘simligining kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlarini aniqlash, ular asosida yangi oziq -ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish va kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Nepeta Olgae Regel L. o‘simligi ekstraktidan olingan “NEPETA OLGAE REGE L” ozuqaga biologik faol qo‘shimcha ushun texnikaviy shartlar va texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (S 20056573-01:2022; TI 02152851-01:2022). Mazkur texnikaviy shartlar va texnologik yo‘riqnoma yangi mahsulotning sifati va texnologik jarayonini nazorat qilish imkonini bergan;
Nepeta Olgae Regel L. o‘simligi asosida yaratilgan tabiiy biologik faol qo‘shimchasi uchun TIF TN bo‘yicha ishlab chiqilgan 2106 90 kod raqami O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasiga kiritilib, bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2023 yil 20 dekabrdagi 17/05-23-1142-son ma’lumotnomasi). Natijada, eksport va import jarayonlarida oziq-ovqat qo‘simchalarini tasniflashni soddalashtirish hamda boj to‘lovlarini to‘g‘ri belgilash imkonini bergan;
Nepeta L. turkumi o‘simliklari metabolitlarini aniqlash, ajratish va ularni identifikatsiya qilishda va in vitro va in vivo sharoitlarida antioksidant va ferment ingibirlovchi faolliklarini aniqlashda olingan natijalardan №CAM202203 «Chemical characterization of the medicinal and endemic plans growing in Tajikistan» loyihasida antioksidant xossalariga ega bo‘lgan preparat tayorlashda foydalanilgan (Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasining “Tabiiy mahsulotlarning Xitoy-Tojikiston innovatsion markazi” NANTning 2023 yil 6 sentyabrdagi 4-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Nepeta Olgae Regel L. o‘simligi metabolitlarini aniqlash, ajratish va ularni identifikatsiya qilish, shuningdek, antioksidant va ferment ingibirlovchi faolliklarga ega yangi komponentlarni aniqlash imkonini bergan.