Xusanov Eldor Safariddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tarkibida karbamid saqlagan fiziologik faol moddalar va xloratlar asosida defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3823.
Ilmiy rahbar: Shukurov Jamshid Sultonovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattorovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Turaev Qaxramon Abdijalilovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida karbamid va etilen saqlagan fiziologik faol moddalar sintezi hamda ular asosida xloratli yangi defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tarkibida suv, magniy xlorat, sirka kislota, fosfat karbamid, atsetat karbamid, mono, di va trietanolaminlar, atsetat trietanolammoniy, atsetat karbamidomonoetanolammoniy, fosfat karbamidomonoetanol-ammoniylardan iborat  12 ta eruvchanlik sistemalari va “tarkib-xossa” diagrammalari yaratilgan;
diagrammalarda hosil bo‘lgan yangi fazalarning kristallanish maydonlari chegaralari aniqlangan, hamda CH3COOH∙N(C2H4OH)3, CH3COOH∙NN2C2H4OH, C2H8O3N2∙NH2C2H4OH, CO5H7N2P∙NH2C2H4OH birikmalarning mavjudligi zamonaviy fizik-kimyoviy taxlil usullari yordamida isbotlangan;
tarkibida ozuqa elementlaridan iborat fiziologik faol pereparatlar [75% CH3COOH∙N(C2H4OH)3 + 25% H2O], [45% CH3COOH∙CO(NH2)2 + 25% NH2C2H4OH + 30% H2O] va [40% H3PO4∙CO(NH2)2 + 20% NH2C2H4OH + 40% H2O] olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
magniy xlorat, karbamid va fiziologik faol moddalarning eritmada fizik-kimyoviy xossalari (zichlik, qovushqoqlik, sindirish ko‘rsatkichi, rN) o‘zgarishi komponentlar nisbatiga bog‘liqlik grafigi yaratilgan va uch turdagi maqbul defoliant tarkiblari, hamda olinish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Magniy xlorat, karbamid, sirka kislota, atsetat karbamid, fosfat karbamid va etanolaminlar asosida, fiziologik faol samarali defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
magniy xlorat, karbamid, atsetat karbamidomonoetanolammoniy va etanol asosida olingan defoliant Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida keng paxta dala maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 2 maydagi 05/05/1984 son ma’lumotnomasi). Natijada, defoliant g‘o‘zada qo‘llanilgandan keyin barglarning to‘kilishi 89,2%, ko‘saklarni ochilishi 87,2% samarali defoliatsiyalash imkonini bergan;
magniy xlorat, fosfat karbamidomonoetanolammoniy, karbamid va etanol asosida olingan defoliant Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida keng paxta dala maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 2 maydagi 05/05/1984-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zada qo‘llanilgan defoliantlar, suyuq magniy xlorat defoliantiga nisbatan hosilni pishib etilishini tezlashtirib, hosildorlikni oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish