Narzullaev Otabek Saydulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Miting, yig‘ilish va namoyishlarni o‘tkazishda jamoat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy jihatlari”, 12.00.14 -“ Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu779.
Ilmiy rahbar: Ismailov Isamiddin, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi, Yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazi, DSc.32/05.05.2023.Yu.74.03.
Rasmiy opponentlar: Zulfiqarov Sherzod Xurramovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xujakulov Siyovush Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazishda jamoat xavfsizligini huquqiy jihatdan ta’minlashni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger o‘z veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan yoxud boshqa axborot resursidan belgilangan tartibni buzgan holda o‘tkaziladigan yig‘ilishlar, mitinglarda, ko‘cha yurishlarida va namoyishlarda ishtirok etishga da’vat qilish, shuningdek mazkur noqonuniy harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadlarida foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi shartini qonunda aniq belgilash zarurati asoslantirilgan;
mitinglar, ko‘cha yurishlari, namoyishlar va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilganda shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini samarali ta’minlash maqsadida fuqaroviy qurolni olib yurishni qonun asosida qat’iy taqiqlash zarurati asoslab berilgan;
favqulodda holat sharoitlarida jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash maqsadida yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar o‘tkazilishini taqiqlash yoki cheklash, shuningdek ommaviy tartibsizlik, qonunga xilof ravishda yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlarga barham berish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, hayot maromini barqarorlashtirish bo‘yicha tadbirlar va maxsus operatsiyalarni amalga oshirish zarurati asoslantirilgan;
fuqarolarning konstitusion burchini bajarish samaradorligini oshirish maqsadida jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi faol ishtiroki vaqtida tan jarohati olganligi yoki vafot etganligida ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash zarurati asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan yoxud boshqa axborot resursidan belgilangan tartibni buzgan holda o‘tkaziladigan yig‘ilishlar, mitinglarda, ko‘cha yurishlarida va namoyishlarda ishtirok etishga da’vat qilish, shuningdek mazkur noqonuniy harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadlarida foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi shartini aniq belgilashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-679-son Qonunining 3-moddasi 2-bandi bilan O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi 560-II-son Qonuniga kiritilgan 121-moddasi 1-qismi uchinchi xatboshisinini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022 yil 17 dekabrdagi 02/4-225-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi Internet jahon axborot tarmog‘ida veb-sayt va (yoki) veb-sayt sahifasi yoxud boshqa axborot resursidan belgilangan tartibni buzgan holda o‘tkaziladigan yig‘ilishlar, mitinglarda, ko‘cha yurishlarida va namoyishlarda ishtirok etishga da’vat qilish, shuningdek mazkur noqonuniy harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadlarida foydalanilishini oldini olishni samarali ta’minlashga xizmat qilgan;
mitinglar, ko‘cha yurishlari, namoyishlar va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilganda fuqaroviy qurolni olib yurishtaqiqlashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi qonunining 9-moddasi 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 12 dekabrdagi 29/1-1808-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi mitinglar, ko‘cha yurishlari, namoyishlar va boshqa ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini samarali himoya qilishga xizmat qilgan;
favqulodda holat sharoitlarida yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar o‘tkazilishini taqiqlash yoki cheklashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 15 dekabrdagi “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘RQ-737-son Konstitusiyaviy Qonunining 12-moddasi 1-qismi ettinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022 yil 17 dekabrdagi 02/4-225-son ma’lumotnomasi), shuningdek favqulodda holat joriy etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ommaviy tartibsizlik, qonunga xilof ravishda yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlarga barham berish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, hayot maromini barqarorlashtirish bo‘yicha tadbirlar va maxsus operatsiyalarni amalga oshirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 2 iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etilgan favqulodda holat rejimini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 252-son buyrug‘ining 5-bandi 4-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 12 dekabrdagi 29/1-1809-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi favqulodda holat sharoitlarida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni oldini olishni samarali ta’minlashga, shuningdek favqulodda holat joriy etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek hayot maromini barqarorlashtirish bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini to‘g‘ri tashkillashtirishga xizmat qilgan;
fuqarolarning jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi faol ishtiroki vaqtida tan jarohati olgan yoki vafot etganligida ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 30 yanvardagi 36-son qaroriga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 172-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining 2023 yil 07 apreldagi 19-son “Ilmiy ishlanmani jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish amaliyotiga joriy etilganligi haqida”gi xulosasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi fuqarolarning jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi faol ishtiroki vaqtida tan jarohati olgan yoki vafot etganligida ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish