G‘aybullaev Alisher Ismatovichningning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Omonat saqlash munosabatlarining fuqarolik-huquqiy tartibga solinishi”, 12.00.03. – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Yu92.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Nasriev Ilxom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Choriev Murodjon Shokirjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Bozorov Sardor Soxibjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi omonat saqlash tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari borasidagi olimlar fikrlari asosida omonat saqlash shartnomasini tuzish va uni amalda qo‘llash hamda omonat saqlashni huquqiy tartibga solish muammolari yuzasidan fuqarolik huquqi doktrinasini boyitishga oid xulosalar hamda qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
omonat saqlash munosabatlarida organik va organik-mineral o‘g‘itlarni saqlash quruq maxsus yopiq xonalarda (omborlarda), germetik sig‘imlarda (siloslar, saqlash joylarida) amalga oshirish, shuningdek, saqlash vaqtida ularning saqlanishi va xodimlarning salomatligiga hamda atrof-muhitga zarar etkazish xavfi bo‘lmasligi lozimligi asoslantirilgan;
banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar jumlasiga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, shuningdek, banklarning affinlangan qimmatbaho metallar sotib olishi va sotishi, shu jumladan metallarni mas’ul saqlash hisobvaraqlarini hamda metallarning egasizlantirilgan (jismoniy bo‘lmagan) hisobvaraqlarini yuritishi mumkinligi asoslab berilgan;
erkin ombor tushunchasini bayon etish yuzasidan, ya’ni “erkin ombor – maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o‘z ichiga olishi hamda tovarlarni erkin ombor rejimida bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan joy” tushunchasiga mualliflik ta’rifi berilib, qonunchilik hujjatlariga kiritish asoslantirilgan;
bojxona erkin omborida saqlash uchun qabul qilingan ayrim tovarlarni, o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, boshqa tovarlarga zarar etkazishi mumkin bo‘lganligi yoki alohida sharoitlarda saqlanishni talab etishini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda erkin omborning bir qismi hisoblangan, bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda yoxud alohida binolarda saqlanishi kerakligi asoslab chiqilgan;
banklar o‘zining moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishi jarayonida hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berishi mumkinligi asoslab berilgan;
tovar omborlarida saqlanayotgan organik va organik-mineral o‘g‘itlarni saqlash joylarida ko‘zga ko‘rinadigan joylarda ularni saqlashning o‘ziga xos xususiyatlari, gigiena qoidalari, xavfsizlik choralari, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi haqida ma’lumotlarni joylashtirish lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Omonat saqlash munosabatlarining fuqarolik-huquqiy tartibga solinishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
omonat saqlash munosabatlarida organik va organik-mineral o‘g‘itlarni saqlash quruq maxsus yopiq xonalarda (omborlarda), germetik sig‘imlarda (siloslar, saqlash joylarida) amalga oshirish, shuningdek, saqlash vaqtida ularning saqlanishi va xodimlarning salomatligiga hamda atrof-muhitga zarar etkazish xavfi bo‘lmasligi lozimligi bilan bog‘liq takliflar VMning 2020-yil 18-noyabrdagi 729-son qarori bilan tasdiqlangan “Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglament”ning 40, 41, 42 va 46-bandlarini ishlab chiqishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021-yil 21-yanvardagi 12/21-07-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashda ularning tabiiy kamayishi va normal yo‘qotishi normalarini belgilangan me’yorlarda ushlab turishlikning huquqiy asoslarini yaratishga hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashda ularning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga xizmat qilgan;
banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar jumlasiga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, shuningdek, banklarning affinlangan qimmatbaho metallar sotib olishi va sotishi, shu jumladan metallarni mas’ul saqlash hisobvaraqlarini hamda metallarning egasizlantirilgan (jismoniy bo‘lmagan) hisobvaraqlarini yuritishi mumkinligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ–580-son Qonunning 5-moddasi birinchi qismi o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarini ishlab chiqilishida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2022-yil 16-martdagi 04/1-11/342-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar banklarning banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradigan yo‘nalishlarining qonunchilik hujjatlaridagi normalarda qo‘llanilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
qonunchilik hujjatlariga erkin ombor tushunchasini bayon etish, ya’ni “erkin ombor – maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o‘z ichiga olishi hamda tovarlarni erkin ombor rejimida bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan joy” bo‘yicha bildirilgan takliflar VMning 2020-yil 9-apreldagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan “Erkin ombor faoliyatini lisenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” 2-band, ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 5-iyundagi ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bugungi kunda omonat saqlash shartnomasi subekti bo‘lgan erkin omborning qonunchilik hujjatlaridagi tushunchasini aniqlashtirishga xizmat qilgan.
bojxona erkin omborida saqlash uchun qabul qilingan ayrim tovarlarni, o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, boshqa tovarlarga zarar etkazishi mumkin bo‘lganligi yoki alohida sharoitlarda saqlanishni talab etishini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda erkin omborning bir qismi hisoblangan, bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda yoxud alohida binolarda saqlanishi kerakligi to‘g‘risida bildirilgan takliflar VMning 2018-yil 18-dekabrdagi 1028-son qarori bilan tasdiqlangan “Erkin ombor faoliyatini lisenziyalash to‘g‘risida nizom”ning 14-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2019-yil 24-iyundagi dalolatnomasi). Mazkur takliflar bilan ashyoning o‘ziga xos ayrim xossalari haqida omonat saqlovchi yuk topshiruvchidan ma’lumot olganida, ashyoning xususiyatlarini inobatga olib, uni boshqa tovarlarga zarar etkazmasligi choralarini ko‘rishi yoki alohida sharoitlarda saqlash lozimligining huquqiy jihatdan mustahkamlanishida xizmat qilgan;
banklar o‘zining moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishi jarayonida hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berishi mumkinligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 2019-yil 5 noyabrdagi O‘RQ–580-son Qonunning 5-moddasi birinchi qismi o‘n beshinchi xatboshisini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2022-yil 16 martdagi 04/1-11/342-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar banklarning qimmatliklarni saqlashda yuk topshiruvchi (mijoz)ning qimmatliklarini muhofaza qiladigan yakka tartibdagi bank seyfini taqdim etgan holda, saqlashni amalga oshirish faoliyatini huquqiy tomondan mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
tovar omborlarida saqlanayotgan organik va organik-mineral o‘g‘itlarni saqlash joylarida ko‘zga ko‘rinadigan joylarda ularni saqlashning o‘ziga xos xususiyatlari, gigiena qoidalari, xavfsizlik choralari, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi haqida ma’lumotlarni joylashtirish lozimligi bo‘yicha takliflar VMning 2020-yil 18 noyabrdagi 729-son qarori bilan tasdiqlangan “Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglament”ning 43, 44 va 45-bandlarini ishlab chiqishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021-yil 21 yanvardagi 12/21-07-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar omonatga topshiriladigan ayrim ashyolarni ularning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, saqlash bilan bog‘liq munosabatlarda xavfsizlik choralariga amal qilishlikni ta’minlashga xizmat qilgan.