Rahimjonov Akmaljon Baxromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ko‘chmas mulkni sotishni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Yu633.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, B2021.1.PhD/Yu473.
Rasmiy opponentlar: Nasriev Ilhom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Mustafaev Shuhratjon Bo'rievich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘chmas mulkni sotish shartnomasini huquqiy tartibga solish muammolarini tahlil qilish masalalari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy va amaliy muammolarni aniqlash hamda amaldagi fuqarolik qonun hujjatlarini va tegishli qonunchilikni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi talablarda umumiy ulushli mulkni imtiyozli sotib olish huquqining buzilganligi shartnomani haqiqiy emas deb topishni istisno qilishi asoslantirilgan;
uy-joy oldi-sotdi shartnomasi tuzilganda agar shartnomada boshqa muddat kelishilmagan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran sobiq mulkdor va uning oila a’zolarining turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb hisoblanishi kerakligi asoslantirilgan;
ko‘chmas mulk va uning mulkdorini farqlashga oid ma’lumotlar ko‘chmas mulkni davlat reestrida o‘z ifodasini topishi lozimligi, bu k’ochmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish tizimini yaratishi asoslangan;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni birlamchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ko‘chmas mulkning yuzaga kelishi (shakllantirilishi) jarayonida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi birinchi yozuvni kiritish asoslantirilgan;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ¬ yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat tomonidan tan olish asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
umumiy ulushli mulkda bo‘lgan mulkni sotishda oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi talablar imtiyozli sotib olish huquqi buzilganligi yoki boshqa asoslar bo‘yicha shartnomani haqiqiy emas deb topishni istisno qilinishi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining fuqarolik ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorning 13-bandi to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2022-yil 7-maydagi 11-12-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklif sudga arz qilingan talablar doirasiga aniqlik kiritgan va imtiyozli sotib oluvchilarning huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
sobiq mulkdor va uning oila a’zolari uy-joyni oldi-sotdi shartnomasiga asosan begonalashtirganda shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb hisoblanishiga oid taklifdan 2021-yil 20-apreldagi 17-son “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi oltinchi xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2022-yil 7-maydagi 11-12-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi mulkdor huquqlarining ustuvorligini hamda ko‘chmas mulkni sotish shartnomasining shartlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash imkoniyatini yaratgan;
ko‘chmas mulk va uning mulkdorini identifikatsiya qilishga oid ma’lumotlar ko‘chmas mulkni davlat reestrida aks ettirilishi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi ikkinchi - beshinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 22-dekabrdagi 21-son dalolatnomasi). Ushbu taklif ko‘chmas mulk mulkdorini identifikatsiya qilish tartibini aniqlashtirish mexanizmini yaratilishiga xizmat qilgan;
kadastr pasporti – ko‘chmas mulk obekti to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlarni va obektning kadastr raqamini o‘z ichiga olgan elektron hujjat bo‘lishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi ikkinchi-beshinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 22-dekabrdagi 21-son dalolatnomasi). Mazkur taklif ko‘chmas mulkning huquqiy rejimini aniqlashning huquqiy asosini aniqlashtirishga imkon yaratgan;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni birlamchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish – davlat reestriga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi birinchi yozuvni kiritish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi ikkinchi-beshinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 22-dekabrdagi 21-son dalolatnomasi). Ushbu taklif ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibotini belgilashga xizmat qilgan;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish – huquqlar o‘zgarishi faktini davlat tomonidan tan olishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi ikkinchi-beshinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 22-dekabrdagi 21-son dalolatnomasi). Ushbu taklif ko‘chmas mulkka nisbatan huquqlarni tan olishning asosini belgilashga zamin yaratgan.