Adxamov Anvar Adxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rishning protsessual xususiyatlari»,
12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu744.
Ilmiy rahbar: Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Batir Bilyalovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xakberdiev Abdumurad Abdusaidovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sudlarda ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish va hal etish bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini qiyosiy-huquqiy baholash orqali mazkur muammolarni hal etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sud mehnat va (yoki) mashg‘ulotlar sohasida kamsitishlar, ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etilishi, mehnat shartnomasini qonunga xilof ravishda o‘zgartirishi, ishdan qonunga xilof ravishda chetlashtirishi, mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinishi yoki mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta’rifini qonunga xilof ravishda o‘zgartirish oqibatida xodimga etkazilgan ma’naviy azoblarni kompensatsiya qilish majburiyatini ish beruvchiga yuklashi mumkinligi asoslantirilgan;
sud ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha isbotlash predmeti sifatida zarar etkazuvchining ayb darajasi, u qanday holatlarda va qanday harakatlar (harakatsizlik) oqibatida unga zarar etkazilganligi, jabrlanuvchi qanday ma’naviy va jismoniy azoblar tortgani, uning jismoniy yoki ma’naviy azoblar chekkanini belgilashi, bu zararlarni u qancha summada qoplashini baholashi va nizoni hal qilish uchun muhim bo‘lgan boshqa holatlar kirishi asoslantirilgan;
fuqaroning ishchanlik obro‘sini himoya qilishga qaratilgan qoidalar tegishli ravishda yuridik shaxsning ishchanlik obro‘sini himoya qilishga nisbatan qo‘llanilishi, biroq ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’volar bundan mustasno ekanligi, yuridik shaxslar ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha da’vogar bo‘la olmasligi asoslantirilgan;
ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha da’voning summasi hamda javobgar sifatida ishtirok etayotgan sub’ektlar tarkibiga qarab turdosh sudlovga tegishlilik qoidalari nazarda tutilishi, shunga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi nizoli ishlarda javobgar tariqasida davlat boshqaruv organlari, xususan, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, chet el tashkilotlari ishtirok etadigan bo‘lsa, ushbu ishlarni ko‘rishga vakolatli bo‘lishi asoslantirilgan;
ma’naviy zararni faqat pul shaklida qoplanishi ayrim sohalarda ishlab chiqarishning pasayishiga va iqtisodiy vaziyatning beqarorligiga olib kelishi mumkinligini e’tiborga olgan holda sudlar da’vogar va javobgar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, ma’naviy zararni boshqa moddiy shaklda qoplanishiga imkon berishi, ma’naviy zarar uchun to‘lovni pul shaklidan boshqa shaklda qoplanishini ta’minlash, shuningdek, pul shaklida to‘lovni tiklash masalasi sud hujjatlarini ijro qilish bosqichida ham amalga oshirilishi mumkinligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
sud mehnat va (yoki) mashg‘ulotlar sohasida kamsitishlar, ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etilishi, mehnat shartnomasini qonunga xilof ravishda o‘zgartirishi, ishdan qonunga xilof ravishda chetlashtirishi, mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinishi yoki mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta’rifini qonunga xilof ravishda o‘zgartirish oqibatida xodimga etkazilgan ma’naviy azoblarni kompensatsiya qilish majburiyatini ish beruvchiga yuklashi mumkinligi to‘g‘risidagi taklif yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 4, 120, 150, 154, 174, 568-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2024 yil 16 yanvardagi 02/6-90-33-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi sudlarga ma’naviy zarar uchun kompensatsiya undirish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilish imkonini yaratishga, o‘z mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini qonun darajasida himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qilgan;
sud, xodimga etkazilgan ma’naviy zararni qoplash masalasini hal etishda qaysi holatlarda va ish beruvchining qaysi harakatlari (harakatsizligi) oqibatida unga zarar etkazilganligi, ish beruvchi aybining darajasi, mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga o‘tkazishda qonun ochiq-oydin buzilgan-buzilmaganligini aniqlashi, xodim qanday ma’naviy va jismoniy azoblar chekkanini belgilashi, bu zararlarni u qancha summada qoplashini baholamog‘i va muayyan nizoni hal qilish uchun muhim bo‘lgan boshqa holatlarni e’tiborga olishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 26-sonli qarori 62-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024 yil 18 yanvardagi 01-30-09-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ma’naviy zarar undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarorining qabul qilinishiga xizmat qilgan;
fuqaroning ishchanlik obro‘sini himoya qilishga qaratilgan qoidalar tegishli ravishda yuridik shaxsning ishchanlik obro‘sini himoya qilishga nisbatan qo‘llanilishi, biroq ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’volar bundan mustasno ekanligi, yuridik shaxslar ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha da’vogar bo‘la olmasligiga doir tushuntirishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunchilikni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosarining 2024 yil 12 yanvardagi dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ma’naviy zararni undirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari bo‘yicha sud amaliyotini bir xillashtirishga xizmat qilgan;
ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha da’voning summasi hamda javobgar sifatida ishtirok etayotgan sub’ektlar tarkibiga qarab turdosh sudlovga tegishlilik qoidalari nazarda tutilishi, shunga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi nizoli ishlarda javobgar tariqasida davlat boshqaruv organlari, xususan, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, chet el tashkilotlari ishtirok etadigan bo‘lsa, ushbu ishlarni ko‘rishga vakolatli bo‘lishi to‘g‘risidagi tushuntirishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunchilikni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosarining 2024 yil 12 yanvardagi dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi sudlovga tegishlilik institutini yanada takomillashtirish imkonini bergan;
ma’naviy zararni faqat pul shaklida qoplanishi ayrim sohalarda ishlab chiqarishning pasayishiga va iqtisodiy vaziyatning beqarorligiga olib kelishi mumkinligini e’tiborga olgan holda sudlar da’vogar va javobgar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, ma’naviy zararni boshqa moddiy shaklda qoplanishiga imkon berishi, ma’naviy zarar uchun to‘lovni pul shaklidan boshqa shaklda qoplanishini ta’minlash, shuningdek, pul shaklida to‘lovni tiklash masalasi sud hujjatlarini ijro qilish bosqichida ham amalga oshirilishi mumkinligi to‘g‘risidagi tushuntirishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunchilikni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosarining 2024 yil 12 yanvardagi dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi da’vogarga ma’naviy zararni qoplash shakllarini tanlash va sud hujjatlarining ijro etilishini ta’minlash imkonini bergan.