Israilov Dilshod Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tezkor-qidiruv faoliyatga oid qonunlarni ijrosi ustidan prokuror nazoratni takomillashtirish”, 12.00.07 -“Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1239.
Ilmiy rahbar: Pulatov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Vahobjon, yuridik fanlar doktori, professor; To‘laganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimiz tezkor-qidiruv faoliyatiga oid qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati bilan bog‘liq huquqiy normalarni, bu sohadagi ilmiy-amaliy konseptual yondashuvlarni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni nazarda tutuvchi huquqiy normalar, tamoyillari, prokuror tomonidan nazoratni amalga oshirish uchun foydalaniladigan vakolatlari bilan bog‘liq mexanizmlarni takomillashtirilish zarurati asoslantirilgan;
tergovga qadar tekshiruvni va tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar inson va fuqarolarni konstitusiya va qonunlarda belgilab huquq va erkinlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish muhimligi asoslantirilgan;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolarning konstitusiyada belgilab qo‘yilgan huquq va erkinlarini cheklovchi qonunga zid hamda asossiz qarorlarini prokuror nazorati orqali bekor qilishning muhimligi asoslantirilgan;
tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlardan ishlarni tekshirish uchun, sodir etilgan jinoyatlarga oid tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv ishlarining olib borishiga doir hujjatlarni, materiallarni va boshqa ma’lumotlarni qonunda belgilan tartibda jinoyat ishiga ma’sul bo‘lgan prokurorlar tomonidan talab qilishni takomillashtirilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tezkor-qidiruv faoliyatiga oid qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazoratini takomillashtirishdagi faoliyatini kuchaytirish yo‘llarini tadqiq etish natijalari asosida:
tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlardan ishlarni tekshirish uchun, sodir etilgan jinoyatlarga oid tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv ishlarining borishiga doir hujjatlarni, materiallarni va boshqa ma’lumotlarni talab qilishga oid masalalari yangi tahrirdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 7 dekabrdagi 27/2-413/23-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy Konstitusiyasi va qonunlariga muvofiqligi nazoratni amalga oshirish, qonunlarning ijro etilishi imkoniyatlarini ko‘proq ta’minlashga xizmat qilgan;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qilishga oid masalalari yangi tahrirdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 7 dekabrdagi 27/2-413/23-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy Konstitusiyasi va qonunlariga muvofiqligi nazoratni amalga oshirish, qonunlarning ijro etilishi imkoniyatlarini ko‘proq ta’minlashga xizmat qilgan;
tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni nazarda tutuvchi takliflardan yangi tahrirdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 7 dekabrdagi 27/2-413/23-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy Konstitusiyasi va qonunlariga muvofiqligi nazoratni amalga oshirish, qonunlarning ijro etilishi imkoniyatlarini ko‘proq ta’minlashga xizmat qilgan;
tergovga qadar tekshiruvni va tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi nazoratga oid masalalari yangi tahrirdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 7 dekabrdagi 27/2-413/23-son dalolatnomasi); Ushbu takliflarning amaliyotga joriy Konstitusiyasi va qonunlariga muvofiqligi nazoratni amalga oshirish, qonunlarning ijro etilishi imkoniyatlarini ko‘proq ta’minlashga xizmat qilgan.