Ataniyazova Mubarak Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “XX asrning 20-30-yillari adabiyotshunosligida mumtoz adabiyotning o‘rganilishi (Olim Sharafiddinov ijodi misolida)”, 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1PhD/Fil756.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Boltaboyev Hamidulla Ubaydullayevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Miliyev Suvon, filologiya fanlari doktori; Jo‘rayev Habibullo Abdusalomovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mumtoz adabiyot tarixi va navoiyshunoslikning XX asrning 20-30-yillari o‘zbek adabiyotshunosligidagi darajasi, bu davr adabiy-tanqidiy qarashlarini Olim Sharafiddinov ilmiy faoliyati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning 20-30-yillari Olim Sharafiddinov ilmiy faoliyatidagi o‘zbek mumtoz adabiyotini davrlashtirish, muayyan bosqichlar, olim tavsiya etgan tasnif mumtoz adabiyotni davrlashtirish tamoyillariga asoslangan bo‘lib, o‘zbek adabiyoti tarixi davr va ichki xususiyatlari bilan atroflicha ochib berishga xizmat qilishi asoslangan;
Olim Sharafiddinov navoiyshunoslik taraqqiyotini milliy manbalar asosida Alisher Navoiy davri va shoir ijodida aks etgan biografik qarashlar bilan bog‘liq holda o‘rganishni maqbul ko‘rgan ilmiy tamoyil XX asr boshlaridan navoiyshunoslik ilmiga puxta zamin qo‘yilganligini ko‘rsatishi va navoiyshunoslikning keyingi istiqbollariga yo‘l ochib bergani aniqlangan;
XX asr 30-yillarida Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi arafasida o‘zbek mumtoz adabiyoti va navoiyshunoslik sohasida davr adabiyotshunosligida yuzaga kelgan yirik ilmiy tadqiqotlar qiyosida E.E.Bertels, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniylar qatorida Olim Sharafiddinov tomonidan navoiyshunoslik ilmi rivojlantirilganligi asoslangan;
Olim Sharafiddinovning yangi davr navoiyshunosligining ilk namunasi bo‘lgan “Alisher Navoiy hayoti va ijodi” monografiyasi o‘z davri uchun qimmatli manba vazifasini bajarib, Alisher Navoiy “Xamsa”si tarkibiga kirgan asarlarni ulug‘ shoir salaflari va dostonlarni o‘zaro tipologik qiyoslash jihatdan e’tiborga sazovorligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr 20-30-yillari adabiyotshunosligida mumtoz adabiyotning o‘rganilishi masalasining tadqiqi natijalari asosida:
XX asrning 20-30-yillari Olim Sharafiddinov ilmiy faoliyatidagi o‘zbek mumtoz adabiyotini davrlashtirish, muayyan bosqichlar, olim tavsiya etgan tasnif mumtoz adabiyotni davrlashtirish tamoyillariga asoslangan bo‘lib, o‘zbek adabiyoti tarixi davr va ichki xususiyatlari bilan atroflicha ochib berishga xizmat qilishi asoslanganligi hamda XX asr 30-yillarida Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi arafasida o‘zbek mumtoz adabiyoti va navoiyshunoslik sohasida davr adabiyotshunosligida yuzaga kelgan yirik ilmiy tadqiqotlar qiyosida E.E.Bertels, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniylar qatorida Olim Sharafiddinov tomonidan navoiyshunoslik ilmi rivojlantirilganligiga doir nazariy xulosalaridan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016-yy.) fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 8-sentabrdagi 344/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha XX asrning 20-30-yillar adabiyotshunosligidagi mumtoz she’riyat janri, Navoiy ijodining o‘rganilishi bilan bog‘liq yangi qarashlar bilan boyitilgan;
mumtoz adabiy janrlar tasnifi, mumtoz she’riyat poetikasiga hamda Olim Sharafiddinov navoiyshunoslik taraqqiyotini milliy manbalar asosida Alisher Navoiy davri va shoir ijodida aks etgan biografik qarashlar bilan bog‘liq holda o‘rganishni maqbul ko‘rgan ilmiy tamoyil XX asr boshlaridan navoiyshunoslik ilmiga puxta zamin qo‘yilganligini ko‘rsatishi va navoiyshunoslikning keyingi istiqbollariga yo‘l ochib bergani aniqlanganligiga doir Olim Sharafiddinov qarashlaridan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020-yy.) fundamental ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 8-sentabrdagi 343/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq adabiyotshunosligi masalalarini o‘rganishga oydinlik kiritilgan, uning o‘zbek adabiyoti bilan bir o‘zanda taraqqiy etgani haqida ilmiy xulosalarga kelingan, qoraqalpoq adabiyotini davrlashtirishda Olim Sharafiddinov tasniflaridan foydalanilgan;
Olim Sharafiddinov tomonidan ishlab chiqilgan adabiy-estetik tamoyillardan “Mumtoz adabiyot terminlari qisqacha izohli lug‘ati”ida foydalanilgan va bu (ISBN 346-567-934-45-5) maktab darsliklarida berilgan ayrim badiiy obraz va adabiyot nazariyasi terminlarini tushunish hamda to‘g‘ri qo‘llash, izohlashni ta’minlash uchun xizmat qilgan.