Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mifologik konseptosfera birliklari lisoniy voqelanishining kognitiv-diskursiv xususiyatlari (ingliz va qoraqalpoq tillari misolida)” mavzusida, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Fil525.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Galliulina Gulshat Raisovna, filologiya fanlari doktori, professor (Kazan, Rossiya Federatsiyasi); Qarlibaeva Gulmira Ermekbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Axmedov Oybek Saporboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillaridagi mifologik konseptosfera birliklari lisoniy voqelanishining kognitiv-diskursiv xususiyatlarini qiyosiy aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq tilidagi astral mifologiyaning komponentlari bilan gavdalantirilgan mifologik konseptlar “teńiz jolı”, “waqıt ólshemi”, “baxıt”, “párawanlıq”, “jámietlik abıray”, “ólshew birligi” yordamida voqelanishi aniqlangan mifologemalarning universal va milliy o‘ziga xos komponentlaridagi farqlar isbotlanib, har ikkala xalq madaniyatidagi konseptosfera birliklarining turli matnlarda faollashuvi dalillangan;
mifologik konseptosfera birliklari, olam paremiologik manzarasini botinan va zohiran gavdalantiruvchi paremiyalar kognitiv-diskursiv yondashuv vositasida, muayyan etnik guruhning mifologik ongi yordamida odamning umumiy «paremiologik portreti»ni hosil qilishi va mifologik ong reliktlari negizida shakllanishi aniqlangan;
mifologik tasavvurning statik va dinamik jihatlarini qiyoslanayotgan madaniyatlardagi olam mifologik lisoniy milliy manzaralarida voqelanish holatlari, konseptosfera birliklarining madaniyatlararo muloqotda lingvokognitiv va lingvomadaniy xususiyatlari ochib berilgan;
kolorativ leksikadan olingan madaniyatga doir ma’lumotlar o‘rganilayotgan tillarda so‘zlovchilarning lisoniy tafakkurini voqelantirgani, eksplisit va implisit ma’nolarda o‘ziga xos mavhum tushunchalarni kolorativ lisoniy birliklarning olam milliy, lisoniy va mifologik manzaralarida voqelanishi asoslangan;
diskursning kognitiv tahlili vaqt, makon, faoliyat sohasi, diskurs ishtirokchilari, ijtimoiy roli, ularning aloqalari va diskurs qatnashchilarining kognitiv faoliyati singari ekstralingvistik omillari asosida amalga oshirilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq olam milliy lisoniy manzarasidagi mifologik konseptosfera birliklarining o‘ziga xos voqelanishga oid ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
qoraqalpoq tilidagi astral mifologiyaning komponentlari bilan gavdalantirilgan mifologik konseptlar “teńiz jolı”, “waqıt ólshemi”, “baxıt”, “párawanlıq”, “jámietlik abıray”, “ólshew birligi” yordamida voqelanishi aniqlan mifologemalarning universal va milliy o‘ziga xos komponentlari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalaridan FA-A1-G007 raqamli «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida» mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 14 dekabrdagi 512/1- son ma’lumotnomasi). Natijada, mifologik konseptosfera birliklarining olam paremiologik manzarasin shakllantirishdagi o‘ziga xos xususiyatlarin ochib berishga xizmat qilgan;
mifologik konseptosfera birliklari, olam paremiologik manzarasini botinan va zohiran gavdalantiruvchi paremiyalar kognitiv-diskursiv yondashuv vositasida, muayyan etnik guruhning mifologik onggi yordamida odamning umumiy «paremiologik portreti»ni hosil qilishi va mifologik ong reliktlari negizida shakllanishi xususidagi natijalar Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erasmus + dasturi doirasida amalga oshirilgan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 6 fevraldagi 215/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, mifologik reliktlarning voqelanish xususiyatlari mifologik konseptosfera birliklarining idioetnik tasavvurlarin boyitgan;
mifologik tasavvurning statik va dinamik jihatlarini qiyoslanayotgan madaniyatlardagi olam mifologik, lisoniy va milliy manzaralarida voqelanish holatlari, konseptosfera birliklarining madaniyatlararo muloqatda lingvokognitiv va lingvomadaniy o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan ma’lumotlar Qoraqalpoq davlat universitetida PZ-20170930309: “Qoraqalpoq folklori tilining adabiy til rivojiga ta’siri masalasi” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2023 yil 9 fevraldagi 01-21-04/209 son ma’lumotnomasi). Natijada, olam lisoniy, milliy va mifologik manzaralarining voqelantiruvchilari, kognitiv-diskursiv yondashuv nazdida o‘rganilganda, qoraqalpoq tilining adabiy til xususiyatlarin rivojlantirishga yordam bergan;
kolorativ leksikadan olingan madaniyatga doir ma’lumotlar tadqiq qilinayotgan tillarda so‘zlovchilarning lisoniy tafakkurini voqelantirgan, eksplisit va implisit ma’nolarda o‘ziga xos mavhum tushunchalarni kolorativ lisoniy birliklarning olam milliy, lisoniy va mifologik manzaralarida voqelanishi bilan bog‘liq xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining xududiy Qoraqalpog‘iston bo‘lim dasturlari ssenariy matnlarin tayyorlashda foydalanilgan: “Assalam Qaraqalpaqstan”, “Miyras”, “Tilge itibar elge itibar”, “Ayqulaq”, “Ilim hám jámiet” (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2023-yil 27-fevraldagi 05-22/116- son ma’lumotnomasi). Natijada, mifologik konseprosfera birliklar mazkur teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning ssenariylarin tayyorlashda iqtisodiyot, siyosat, sosiologiya, psixologiya va boshqa sohalarga oid marketing strategiyalarni qo‘llashdagi ba’zi lingvistik muammolar bilan bog‘liq vazifalarning bajarilishiga xizmat qilgan;
diskursning kognitiv tahlili vaqt, makon, faoliyat sohasi, diskurs ishtirokchilari, ijtimoiy roli, ularning aloqalari va diskurs qatnashchilarining kognitiv faoliyati singari ekstralingvistik omillari asosida amalga oshirilishi haqidagi ma’lumotlar bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalaridan 2017-2020 yillarda bajarilgan “FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023 yil 24 maydagi 982/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, mifologik konseptosfera birliklari yordamida amalga oshirilgan tahlil kognitiv-diskursiv yondashuvning asosiy komponentlari shakllantirilgan va turli diskurlarda amalga oshirish bosqichlari ishlab chiqilgan.