Mahmudova Maftuna Hamza qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Mediasavodxonlik – Internet OAVdagi feyk va dezinformatsiyalardan himoya qilish vositasi sifatida”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2678.
Ilmiy rahbar: Qosimova Nargis Sunnat qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatova Yakuta Muhammedjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nuritdinova Madina Chorievna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Internet OAVda tarqalayotgan feyk va dezinformatsiya ko’rinishlarini aniqlash, yo’nalishlarini belgilash va ularning oldini olishda mediasavodxonlikning o’rni hamda ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OAV va sotsial tarmoqlarning har qanday ko‘rinishida uzatilayotgan mediakontentlarning “feyk” va soxta ma’lumotlardan farqlashda – mediata’limni intensiv tashkil etishning tizimli yondashuvlari asosida mediasavodxonlikning zamonaviy konsepsiyasi, innovatsion ta’lim dasturlari, texnologik echimlarga asoslangan empirik usullari takomillashtirilgan;
OAV va internet resurslarining sensatsiya va eksklyuzivlikka intilishi va ularning asosiy kontentini dezinformatsion xabarlar tashkil etishining oldini olishda hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, informatsion tahdidlarga qarshi kurashishda ommaviy auditoriyaning “yolg‘on” ma’lumotlarni baholash ko‘nikmalarini yanada oshirish orqali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish stategiyasini shakllantirish zarurati dalillangan;
axborot savodxonligi (information literacy) axborot bilan tanishish, tahlil va sintez qilishni, mediasavodxonlik (media literacy) esa mediamatndan foydalanish va uni tushunish, mediamadaniyat asoslarini bilish, hususan, gumanitar kibertexnologiyalar, media kommunikatsiyalar hamda media xavfsizligi sohasini faollashtirish orqali memetika, media psixologiyasi hamda zamonaviy jamiyat aksiologiyasini rivojlantirishda muhim strategik, potensial paradigma ishlab chiqishni taqozo etishi asoslangan;
onlayn makonda freyming va unga qarshi kurashish, zamonaviy OAVni feyk va dezinformatsiyadan himoyalashda pre-fakt usulini qo‘llash, bunda nazoratdan oldin, tekshirilayotgan faktlarning konteksti va asosiy ma’lumotlariga alohida e’tibor qaratish zarurati asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Internet OAVda tarqalayotgan feyk va dezinformatsiya ko’rinishlarini aniqlash, yo’nalishlarini belgilash va ularning oldini olishda mediasavodxonlikning o’rni hamda ahamiyatini ochib berishni tadqiq qilish asosida:
OAV va sotsial tarmoqlarning har qanday ko‘rinishida uzatilayotgan mediakontentlarning “feyk” va soxta ma’lumotlardan farqlashda – mediata’limni intensiv tashkil etishning tizimli yondashuvlari asosida mediasavodxonlikning zamonaviy konsepsiyasi, innovatsion ta’lim dasturlari, texnologik echimlarga asoslangan empirik usullarini takomillashtirishga hamda axborot savodxonligi (information literacy) axborot bilan tanishish, tahlil va sintez qilishni, mediasavodxonlik (media literacy) esa mediamatndan foydalanish va uni tushunish, mediamadaniyat asoslarini bilish, hususan, gumanitar kibertexnologiyalar, media kommunikatsiyalar hamda media xavfsizligi sohasida ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish orqali memetika, media psixologiyasi hamda zamonaviy jamiyat aksiologiyasini rivojlantirishda muhim strategik, potensial paradigma ishlab chiqishga oid xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Assalom O‘zbekiston!”, “Munosabat” tok-shoularini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yil 21-dekabrdagi 02-13-2110-son ma’lumotnomasi). Natijada, feyk va dezinformatsiyalarning ko‘payishi hamda tarqalishi sabablari yuzasidan bildirilgan nazariy va amaliy fikrlar ko‘rsatuvlarning mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
OAV va internet resurslarining sensatsiya va eksklyuzivlikka intilishi va ularning asosiy kontentini dezinformatsion xabarlar tashkil etishining oldini olishda hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, informatsion tahdidlarga qarshi kurashishda ommaviy auditoriyaning “yolg‘on” ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini yanada oshirish orqali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish stategiyasini shakllantirish zaruratiga oid ilmiy takliflardan “Sport” teleradiokanalidagi ko‘rsatuv va informatsion eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Sport teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yil 21-dekabrdagi 02-02-1043-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturlar feyk va dezinformatsiyadan himoyalanishda OAV xodimlari uchun mediasavodoxonlikning muhim usullari haqidagi tahliliy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
onlayn makonda freyming va unga qarshi kurashish, zamonaviy OAVni feyk va dezinformatsiyadan himoyalashda pre-fakt usulini qo‘llash, bunda nazoratdan oldin, tekshirilayotgan faktlarning konteksti va asosiy ma’lumotlariga alohida e’tibor qaratish zarurati hamda mediasavodxonlikning o‘rnini oshirishga qaratilgan taklif, tavsiya va konstruktiv mexanizm ishlab chiqishga qaratilgan amaliy tavsiyalarga xulosalardan “Ekolog.uz” jamoat birlashmasi sayti va ekolog.uz. telegram kanallarida “ekofaktcheking” rukni ostida berilgan materiallarda hamda sayt uchun xabarlar tayyorlashda foydalanilgan (Ekolog.uz jamoat birlashmasining 2023-yil 1-avgustdagi 01-51-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur xabarlar jurnalistikada jamoatchilik fikrini shakllantirishda manipulyasiyaga va turli fikrlar g‘oyasiga qarshi immunitetni oshirishga ko‘maklashgan.