Xaitqulov Zahriddin Xazratqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Tarjimani avtomatlashtirishda parallel korpus kontekstual qidiruv tizimining funksional mohiyati”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3237.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Ataboev Nozimjon Bobojon o‘g‘li, filologiya fanlari doktori, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekistin Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarjimani avtomatlashtirishda parallel korpus kontekstual qidiruv tizimining funksional imkoniyatlarini ingliz va o‘zbek tillari misolida (Sketch engine platformasi orqali) ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida tarjimani avtomatlashtirishga oid kontekstual dasturni yaratishda mashina tarjimasining Statistik (Statistic machine translation) va Neyron (Neyron machine translation) tizimlarining tabiiy tilni tushunish, uni avtokorrektor bilan tekshirish hamda yirik ma’lumotlar bazasidan keng foydalanish imkoniyatlari HMT (Hybrid machine translation), RBMT (Rule based machine translation) mashina tarjima tizimlaridan funksionallik jihatidan samaradorligi asoslangan;
mashina tarjimasining Rule based tizimi hamda dasturiy algoritmlarni qo‘llanilishini asoslash orqali ilmiy va publisistik matnlarda tez-tez uchraydigan desemantlashgan so‘zlarning kontekstual ma’nosining tarjimani avtomatlashtirshda o‘zbek tili parallel korpusini Sketch engine platformasiga kiritish mexanizmi CATning Trados tarjima xotirasi funksiyalarini joriy qilish orqali ishlab chiqilgan;
Sketch engine platformasida ingliz va o‘zbek tillari ilmiy va publisistik matnlardagi kollokatsiyalar kontekstual tarjimon dasturini parallel korpusda yaratish bosqichlari Adhog, Diy, comparable, monolingval, diaxron, sinxron va parallel korpusda so‘z, ibora, kollokatsiya, idiomatik birlik, jumla va matn tanlash, uni elektron tizimga aylantirish hamda kontekstual qidiruv tizimini yaratish orqali takomillashtirilgan;
parallel korpusda avtomatlashtirilgan tarjimon dasturlariga oid umumiy talablarni amalda qo‘llashning tizimli usullarini asoslash orqali Sketch engine platformasida ingliz va o‘zbek tillarida kontekstual tarjimon dasturiga oid ilmiy va publisistik matnlardan tashkil topgan elektron namunaviy baza yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarjimani avtomatlashtirishda parallel korpus kontekstual qidiruv tizimining funksional mohiyatini ochib berish bo’yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida tarjimani avtomatlashtirishga oid kontekstual dasturni yaratishda mashina tarjimasining Statistik (Statistic machine translation) va Neyron (Neyron machine translation) tizimlarining tabiiy tilni tushunish, uni avtokorrektor bilan tekshirish hamda yirik ma’lumotlar bazasidan keng foydalanish imkoniyatlari HMT (Hybrid machine translation), RBMT (Rule based machine translation) mashina tarjima tizimlaridan funksionallik jihatidan samaradorligiga oid xulosalardan universitetda bajarilgan Erasmus+dasturining ICM, KA-107 – International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbekistan State University of World LanguaGES and Ruhr University Bochum (Germany) – 2020-1-DE01-KA107-005433 (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 17-iyuldagi IRD/23-156-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu dissertatsion ishda tadqiq etilgan kontekstual tarjimon dasturining kichik bazasidan loyiha doirasida qo‘llanilgan;
mashina tarjimasining Rule based tizimi hamda dasturiy algoritmlarni qo‘llanilishini asoslash orqali ilmiy va publisistik matnlarda tez-tez uchraydigan desemantlashgan so‘zlarning kontekstual ma’nosining tarjimani avtomatlashtirshda o‘zbek tili parallel korpusini Sketch engine platformasiga kiritish mexanizmi CATning Trados tarjima xotirasi funksiyalarini joriy qilishga oid tavsiyalardan Erasmus+dasturining ICM, KA-107 – International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbekistan State University of World LanguaGES and Ruhr University Bochum (Germany) – 2020-1-DE01-KA107-005433 (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) loyihasida amaliy foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 3-oktyabrdagi 06/556-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqorida qayd etilgan korpus turlaridan dastur doirasida tajriba sifatida foydalanilgan;
parallel korpusda avtomatlashtirilgan tarjimon dasturlariga oid umumiy talablarni amalda qo‘llashning tizimli usullarini asoslash orqali Sketch engine platformasida ingliz va o‘zbek tillarida kontekstual tarjimon dasturiga oid ilmiy va publisistik matnlardan tashkil topgan elektron namunaviy baza yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalardan, shuningdek parallel korpusda Sketch engine platformasida ingliz va o‘zbek tillarida kontekstual tarjimon dasturiga oid ilmiy va publisistik matnlardan tashkil topgan elektron namunaviy bazasidan yoshlarni tarjimaga bo‘lgan qiziqishlaridan kelib chiqgan holda ilmiy hamda publisistik matnlarni parallel korpusda tarjima qilishga oid tanlovlarini o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini, el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan erishilayotgan tub o‘zgarishlarni teran aks ettirishga foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 28-noyabrdagi 01-03/3150-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sketch engine platformasida ilk marotaba ingliz va o‘zbek tillari parallel korpusi kontekstual tarjimon dasturi mexanizmini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganligi borasidagi tadqiqotchining umumlashma xulosalari yosh yozuvchilar uchun ilmiy hamda publisistik matnlarni tarjima qilish uchun amaliy-nazariy manba sifatida xizmat qilgan.