Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimida amalga oshirilgan ishlar
1. 2023 yilda 3571 nafar tadqiqotchi ilmiy darajada tasdiqlandi. Shundan, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasida tasdiqlanganlar 3100 nafarni, fan doktori (DSc) ilmiy darajasida tasdiqlanganlar 471 nafarni tashkil etdi.
2. Shu davrda 2384 nafar talabgor ilmiy unvonda, jumladan 455 nafari professor, 1749 nafari dotsent va 180 nafari katta ilmiy xodim unvonlarida tasdiqlandi.
3. Joriy davrda 33 ta ilmiy kengash tuzildi.
4. Xorijiy davlatlar muassasalari tomonidan berilgan 79 ta ilmiy darajalar diplomlari nostrifikatsiya qilindi. Shundan 22 tasi fan doktori, 57 tasi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomi tashkil etadi.
5. Xorijiy davlatlarda ilmiy darajalar to‘g‘risida berilgan falsafa doktori diplomi (22 ta) o‘rnatilgan tartibda fan doktori sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi tashkil qilindi.
6. Jismoniy va yuridik shaxslarning 326 ta, jumladan 3 ta og‘zaki hamda 323 ta yozma murojaatlari hisobga olindi. Barcha murojaatlarga o‘z vaqtida javob berildi.
7. OAKda 2023 yil avgust oyidan boshlab attestatsiya jarayonini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha, jumladan attestatsiyaga oid barcha hujjatlar “OTT/ITT – IK - OAK” zanjirida tadqiqotchilar ishtirokisiz elektron tarzda jo‘natish/qabul qilish tizimi joriy qilindi.