Qutbidinov Odiljon Muhammadjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektr harakat tarkibidagi tortuv transformatorlarining ekspluatatsion ishonchliligini oshirish”, 05.08.05 – Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.T4.PhD/T2947;
Ilmiy rahbar: Yusupov Dilmurod Turdalievich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich - texnika fanlari doktori, professor. Radjibaev Davron Oktambaevich - texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektr harakat tarkibidagi tortuv transformatorlarining ekspluatatsion ishonchliligini ularning texnik holatini baholash usulini takomillashtirish orqali oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noaniq mantiq usulidan foydalanib elektr harakat tarkibidagi tortuv transformatorlarining texnik holatini baholash imkonini beruvchi matematik ifoda olingan va ushbu jarayonni amalga oshirish ketma-ketligini ifodalovchi algoritmi ishlab chiqilgan;
elektr harakat tarkibidagi tortuv transformatorlari texnik holatinining har bir qiymatini alohida yoki umumiy tarzda aniqlash imkonini beruvchi imitatsion modeli Mamdani usulining T-sinf mansublik funksiyasini qo‘llagan holda ishlab chiqilgan;
elektr harakat tarkibidagi tortuv transformatorlarining texnik holatini baholash usuli kirish va chiqish o‘zgaruvchilari darajalarini hisobga olgan holda hamda chiqish natijasini ikkita mezondan beshta mezonga o‘zgartirish asosida takomillashtirilgan;
elektr harakat tarkibidagi tortuv transformatorlarining ekspluatatsion ishonchliligi buzilishlar sonini hisobga olgan holda matematik statistika, ehtimollar va ishonchlilik nazariyalari asosida ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Elektr harakat tarkiblaridagi tortuv transformatorlarining ekspluatatsion ishonchliligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ “1-son Energomontaj poezdi” UK Yo‘l elektrotexnika laboratoriyasiga tortuv transformatorlari texnik holatining qiymatlarini aniqlash imkonini beruvchi imitatsion model joriy qilingan (“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ ning 2023-yil 23-noyabrdagi 01/3911 - 23 - son ma’lumotnomasi). Natijada ekspluatatsiyadagi tortuv transformatorlarining o‘rtacha benuqson ishlash masofasi 1329,412 ming km dan 1509,09 ming km ga oshirishga erishilgan.
“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ “1-son Energomontaj poezdi” UK Yo‘l elektrotexnika laboratoriyasiga tortuv transformatorlarining texnik holatini baholashning takomillashtirilgan usuli joriy qilingan (“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ ning 2023-yil 23-noyabrdagi 01/3911-23- son ma’lumotnomasi). Natijada tortuv transformatorlarining ishonchliligini oshirish hisobiga yiliga 36,19 mln so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.