Mavlonov Jamshid Ro‘ziboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Engil elektr avtomobil yuritmasining komponentlarini tanlash uslubini ishlab chiqish”, 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: PhD.22/01.02.2022.T.144.01
Ilmiy rahbar: Ro‘zimov Sanjarbek, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, PhD.22/01.02.2022.T.144.01.
Rasmiy opponentlar: Bazarov Baxtiyor Imamovich texnika fanlari doktori, professor; Mirzaliev Sanjar Maxamatjon o‘g‘li texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Yetakchi tashkilot: Andijon Mashinasozlik Instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dinamik talablarni hisobga olgan holda turli harakat sikllari uchun yuqori energiya samaradorlikka erishish imkonini beruvchi engil elektr avtomobil yuritmasining komponentlarini tanlash uslubini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobil istiqbolli yurtimasini tanlash va asoslashning takomillashtirilgan uslubi avtomobilning harakat siklidagi energetik balansi hisobi orqali ishlab chiqilgan;
avtomobil dinamik xususiyatlarini ta’minlagan holda energiya sarfini minimallashtiruvchi avtomobil elektr yuritmasi komponentlarini tanlash uslubi avtomobilning dinamik va energiya-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini asoslash orqali takomillashtirilgan;
elektr yuritmasi tashqi tezlik va samaradorlik tavsiflari maksimal quvvat va unga mos burchak tezlik koordinatasini aniqlash usuli orqali asoslangan;  
elektr yuritmali engil avtomobilning energiya samarador tezlik rejimlari parametrik qidiruv uslubi orqali aniqlangan va ularni tanlash bo‘yicha tavsiyalar uslubga asoslangan holda ishlab chiqilgan;
elektr yuritmali avtomobil imitatsion modelining energiya sarfi hisobi ishonchliligi hisob uslubi orqali olingan dinamik va energiya sarfi ko‘rsatkichlarini jahon bazalaridagi mavjud eksperimental natijalarga qiyoslash orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Avtomobil elektr yuritmasi komponentlarini tanlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishda olingan natijalar asosida:
avtomobil dinamik xususiyatlarini ta’minlagan holda energiya sarfini minimallashtiruvchi avtomobil elektr yuritmasi komponentlarini tanlash uslubi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” MChJ faoliyatida amaliyotga joriy qilingan (Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” MChJ 7 noyabr 2023 yil №148-ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot doirasida yaratilgan ushbu uslub istiqbolda mahalliy sharoitlarga ekspluatatsiyaga kirib kelishi kutilayotgan elektr yuritmali avtomobillarning ekspluatatsion parametrlarini amaliy sinovlarsiz aniqlashga hamda sinov harajatlarini 3-4 barobar va mehnat sarfini 4-5 barobar kamaytirish orqali muhim iqtisodiy samaraga erishish imkonini bergan;
 elektr yurimali engil avtomobilning energiya samarador tezlik rejimlari aniqlash va ularni tanlash bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Transport ilmiy - tadqiqot markazi” MChJ faoliyatida amaliyotga joriy qilindi (Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi «Transport ilmiy-tadqiqot markazi» MChJ 7 noyabr 2023 yil №148-ma’lumotnomasi). Natijada amaliy sinovga nisbatan hisob sinovi orqali aniqlanadigan me’yorlash jarayoni turli rusumdagi engil avtomobillar hisobidan kelib chiqqan holda, bitta avtomobil uchun 250-350 ming so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka olib kelishi imkonini bergan;
avtomobil dinamik xususiyatlarini ta’minlagan holda energiya sarfini minimallashtiruvchi avtomobil elektr yuritmasi komponentlarini tanlash uslubi O‘zavtosanoat AJda foydalanish uchun qabul qilingan (“O‘zavtosanoat” AJning 2023 yil 22 sentyabrdagi 19/04–25–1459-sonli ma’lumotnomasi). Uslubdan foydalanish orqali energiya sarfini o‘rta klasslardagi avtomobillar uchun 11% ga kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish