Kambarov Ikrom Nigmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yigʼish stansiyalariga robot manipulyatorni integratsiya qilish usulini ishlab chiqish orqali ishlab chiqarish va avtomobil sifatini yaxshilash”, 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: PhD.22/01.02.2022.T.144.01
Ilmiy rahbar: Inoyatx o‘djaev Jamshid Shuxratullaevich,texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, PhD.22/01.02.2022.T.144.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimov Sanjarbek Komilovich texnika fanlari doktori, dotsent; Ahmedov Doniyor Anvar o‘vich, texnika fanlari nomzodi dotsent;
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yig‘ish stansiyalariga robot manipulyatorni integratsiya qilish usulini ishlab chiqish orqali ishlab chiqarish va avtomobil sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobil yig‘ish stansiyalarida robot manipulyatorni integratsiya qilish davrida inson va robot resurslari o‘rtasida yig‘ish stansiyasining vazifalarini taqsimlash usuli va algoritmi, texnik, ergonomik, miqdor, qiymat indekslariga asoslanib ishlab chiqilgan;
mahalliy sharoitda avtomobilni qo‘lda yigʼish stansiyalariga robot manipulyatorni integratsiya qilish usuli tizim loyihalash uslubi yordamida ishlab chiqilgan hamda navbat nazariyasiga asoslangan xolda yangi konfiguratsiyadagi avtomobil yigʼish stansiyasining o‘rtacha vaqti qisqarishi asoslangan;
yangi konfiguratsiyadagi avtomobil yigʼish stansiyasining modeli Tecnomatics Plant Simulator simulyatori orqali yaratilib, uning yigʼish vaqti, unumdorligi, foydalanish darajasi samaradorlik ko‘rsatkichlari takomillashishi, Kendelning yigʼish stansiyalarini loyihalash uslubi orqali asoslangan;
avtomobil yig‘ish stansiyasida ishlab chiqilgan avtomobillar yetakchi g‘ildiraklaridagi burovchi moment (950 N·m) hamda kuch ko‘rsatkichlari (2821 N) ga teng bo‘lishi, ARM-Manipulyatorni avtomobil qo‘lda yig‘ish stansiyasiga integratsiya qilish orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yigʼish stansiyalariga robot manipulyatorni integratsiya qilish usulini ishlab chiqish orqali ishlab chiqarish va avtomobil sifatini yaxshilash asosida:
avtomobil yigʼish stansiyalarida robot manipulyatorni integratsiya qilish davrida inson va robot resurslari o‘rtasida yigʼish stansiyasining vazifalarini texnik, ergonomik, miqdor, qiymat indekslariga asoslanib taqsimlash usuli yordamida “UzAuto Motors” AJ” avtomobil yigʼish stansiyasida joriy etilgan. (“O‘zavtosanoat”AJ ning 2022 yil 15-noyabrdagi № 12/06-25-1905-sonli maʼlumotnomasi). Natijada yangi konfiguratsiyadagi avtomobil yigʼish stansiyasidagi operatorlar ish vaqti o‘rtacha 23 % ga kamayish imkonini bergan;
ARM-Manipulyatorni tizim loyihalash uslubi orqali “UzAuto Motors” AJ avtomobil yig‘ish stansiyasiga integratsiya qilingan, hamda navbat nazariyasiga asoslangan xolda yangi konfiguratsiyadagi avtomobil yig‘ish stansiyasining samaradorlik ko‘rsatkichlari taxlil qilingan (“O‘zavtosanoat”AJ ning 2022 yil 15-noyabrdagi № 12/06-25-1905-sonli maʼlumotnomasi). Natijada yangi konfiguratsiyadagi avtomobil yig‘ish stansiyasining o‘rtacha yig‘ish vaqti 60% ga qisqarish imkonini bergan;
Tecnomatics Plant Simulator simulyatori orqali “UzAuto Motors” AJ avtomobil yig‘ish stansiyasining yangi konfiguratsiyadagi modeli yaratilib, uning samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilingan va asoslangan. (“O‘zavtosanoat”AJning 2022 yil 15-noyabrdagi № 12/06-25-1905-sonli ma’lumotnomasi). Natijada avtomobil ishlab chiqarish xarajatlarini 25% ga kamaytirish imkoniyatini yaratgan.
ARM-Manipulyatorni avtomobil qo‘lda yig‘ish stansiyasiga tizim loyihalash uslubi orqali integratsiya qilish orqali “UzAuto Motors” AJ” da ishlab chiqilgan avtomobillarda Wheel Torque Transducer qurilmasida test natijalari o‘tkazilgan. (“O‘zavtosanoat”AJning 2022 yil 15-noyabrdagi № 12/06-25-1905-sonli ma’lumotnomasi). Natijada avtomobil yetakchi g‘ildiraklaridagi burovchi moment 5% ga hamda kuch ko‘rsatkichlarini 1% ga oshirish imkonini bergan.