Muxiddinov Nuriddin Muxiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pilla qobig‘ini texnologik xususiyatlarini saqlash usulini takomillashtirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T3492
Ilmiy rahbar: Islambekova Nigora Murtozaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Matismailov Saypila Lalashbaevich texnika fanlari doktori, professor; Raximov Akmal Alisherovich texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pilla qobig‘ini texnologik xususiyatlarini saqlash usulini takomillashtirish, sifatli xom ipak ishlab chiqarishga erishishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pilla qobiqlarini texnologik xususiyatlarini saqlash imkoniyatini beruvchi sirt faol modda bilan ishlov berish asosida pilla chuvish jarayonidagi suv o‘tkazuvchanlik, bo‘kish va bug‘lash ko‘rsatkichlarini yaxshilash orqali takomillashtirilgan;
quritish jarayonida pillalarga sirt faol modda ko‘pigi bilan ishlov berish uskunasi yaratilib, hosil qilingan ko‘pik ko‘rsatkichlari, ishlov berish va quritishdagi havo harorati, namligi hamda harakatlanish tezligining ratsional qiymatlari aniqlangan;
takomillashtirilgan usulda ishlov berilgan pillalardan olingan xom ipakni chiqishi va sifat ko‘rsatkichlari xalqaro standartning 3A sinfi talablariga to‘gri kelishi aniqlangan;
sirt faol moddalar ko‘pigi bilan ishlov berilgan pillalardan ilk marotaba sifatli 2,56 tex xom ipak olinib, texnologik rejimlari o‘rnatilgan, undan tayyorlangan xomashyodan o‘rish usuli bilan izolyasiya iplar namunalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tut ipak qurti pillasi  qobig‘ini texnologik xususiyatini saqlash orqali pillalarini chuvish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pillaga ishlov berish uskunasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti (№FAP02344) olingan. Natijada pilla qobig‘ini texnologik xususiyatlarini saqlash imkonini bergan;
tavsiya etilgan takomillashtirilgan texnologiya “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “XATIRChI PILLA XAZINASI” xususiy korxonasida hamda Namangan viloyatining “FABRICTEX” MChJda joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2023–yil 10–apreldagi №:4-2/663-son malumotnomasi). Natijada, pilla quritgichga o‘rnatilgan  sirt faol modda ko‘pigini hosil qilib beruvchi uskuna orqali pillalarga ishlov berib qobig‘ini texnologik xususiyatlarini saqlash jarayonini takomillashtirish orqali ularning xususiyatini pasayishini oldi olingan. Pillalarni chuvish jarayonidagi solishtirma sarfi 3,2 kg dan 2,8 kg gacha qisqartirilib bir kilogramm xom ipak ishlab chiqarish uchun ketadigan pilla xomashyosining sarfi  10–12% ga kamaytirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish