Inamova Maftuna Dedamirza qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Urug‘lik chigit tolasini ajratish jarayonida mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3710
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Olimjon Sharifjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Qayumov Juramirza Abdiramatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Sh.A.Xusanova Shohida Alibek qizi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: urug‘lik chigit tolasini ajratish mashinasi uchun  aylanish tezligini rostlanadigan, yangi profilga ega bo‘lgan tishli arra silindri konstruksiyasini ishlab chiqish yo‘li bilan tola ajratish jarayoni samaradorligini  oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxtadan tolani ajratib olishda chigitining qobig‘ini mexanik shikastlanishini oldini olish uchun chigit qobig‘ini zararlamaydigan tish uchi arra yoyi bo‘yicha qalinlashtirilgan arrali silindrni konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
paxta chigitini tolasidan ajratish jarayonida arrali silindr arrasi tishlarining chigit bilan ta’sirlashuvidagi tezligiga bog‘liqligini inobatga olib tishlarning chigit qobig‘ini zararlamaydigan tezlik parametrlari aniqlangan;
arra tishlari uch qismi yuzasiga paxta tolalarini turib qolishi bartaraf etish uchun tishlarni yon tomondan 0.1 mm gacha uchlash va silliqlash yo‘li bilan tolalarning tish uchida ushlanishini bartaraf qiladigan texnikaviy echim ishlab chiqilgan;
paxta tolasidan chigitni ajratib olishda arrali jin mashinasidagi arra tishlarining yoyi bo‘yicha qirrasi chigit bilan ta’sirlashganda tolani kesishi va chigitni shikastlashini oldini olishini unga ta’sir etayotgan kuchlarni hisoblash orqali nazariy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arra silindr tezligi rostlanadigan arrali jinlashning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
arrali silindr tezligi rostlanadigan, yangi profildagi tishlarga ega bo‘lgan arrali jin «Namangan Paxta Tex klaster» MChJ ga qarashli «Kosonsoy paxta tozalash» MChJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2023 yil 16 noyabrdagi 03-22/899-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarilayotgan I-nav paxtani ishlashda paxta tolasidagi nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushini 2,3 % ga kamaytirish, shtapel massa uzunligini 0,1 mm oshirish, chigitning mexanik shikastlanganligini 3,9 % ga, chigitning tukdorligini 0,2 % ga kamaytirish, IV-nav paxtani ishlashda esa mashina unumdorligini 4,7% ga oshirish imkoniga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish