Rayimberdieva Dilrabo Xabibillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Trikotaj matosini deformatsion xususiyatlarini inobatga olgan holda badiiy gimnastika kiyimlarini ishlab chiqish tadqiqi” 05.06.04- “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T1027
Ilmiy rahbar: Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Po‘latova Sabohat Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor; Mahsudov Shohruxmirxo Abdulhamid o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Trikotaj uchun qo‘llaniladigan xomashyolarning deformatsion xususiyatlarini tadqiqi asosida, mintalitetimizga mos va mustahkam chokka ega bo‘lgan badiiy gimnastika sport kiyimi dizayn-loyihasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ayollar badiiy gimnastika sport kiyimining detallarini biriktirishda qo‘llaniladigan choklarning mustahkamligini oshirish uchun lavsan tikuv ipida buyum detallarini biriktirish usuli hamda chok taranglik holatini matematik modeli ishlab chiqilgan;
elastik matolar xususiyati va choklar tarangligini inobatga olgan holda ilk bora o‘zbek milliy “Qalampir nusxa” aplikatsiyasini ilk bora badiiy gimnastika sport kiyimiga tadbiq etilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
gimnastika sport kiyimlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda shuningdek, yakka tartibdagi qomat o‘lchamlari asosida ilk bora kesik konus shaklidagi yubkalarning konstruksiya chizmalari ishlab chiqilgan;
ayollar badiiy gimnastika sport kiyimini ishlab chiqishda takomillashtirilgan tikish texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda tikuv mashinalarining ishchi parametrlarini maqbul qiymatlarini aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Trikotaj matosini deformatsion xususiyatlarini inobatga olgan holda badiiy gimnastika kiyimlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
ilk bora milliy naqshlar kompozisiyasining tadbiqi asosida badiiy gimnastika kiyimlarini ishlab chiqish “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “Porloq Chust Brendi” MChJ da hamda trikotaj, mato, iplar va sportchining ergonomik harakatini inobatga olgan holda badiiy gimnastika kiyimlarini takomillashtirilgan tikish texnologiyasini «Istiqlol Dizayn Markazi» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 14 dekabrdagi №03/25-2637-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 dona badiiy gimnastika kiyimini ishlab chiqarish 160000 ming so‘mni, sotilgan mahsulot tannarxi esa 112000 so‘m, yalpi daromad 48000 ming so‘mni, sof foyda (1 dona kiyimdan) 7920 so‘mni tashkil etib, sotilgan mahsulot rentabelligi-4,95%; sotish rentabelligi-14,37%; mahsulotni rentabelligi-20,53% bo‘lishiga erishilgan.