Inoyatova Maftuna Nurmatjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Paxta tolasini tozalash jarayonini takomillashtirish orqali tozalash samaradorligini oshirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3974
Ilmiy rahbar: Mirzabaev Bahritdin, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: U.X. Meliboev, texnika fanlari nomzodi, professor; S.L.Matismoilov, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta tolasini samarali tozalash texnologiyasini  takomillashtirish orqali yigirishga yaroqli bo‘lgan tolalarni chiqindi bilan chiqib ketishini oldini olishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tolani tozalash mashinalarida yigirishga yaroqli tolalarni chiqindiga qo‘shilib ketmasligi uchun paxta tolasini tozalovchi mavjud kolosnik panjara o‘rniga yarim oy hamda dumaloq shakldagi kolosniklar konstuksiyasi yaratilgan;
tolani tozalash qurilmasida ta’minlanayotgan tolalar qatlamini mayda tolalar tutamiga ajratish maqsadida mavjud qoziqli baraban o‘rniga tolalar orasidagi ishqalanish kuchini kamaytiruvchi arra tishli qoplama konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tavsiya etilayotgan yangi konstruksiyadagi tola tozalash qurilmasining tozalash maydonida tolalardan ajratib olinuvchi chiqindilar massasining hajmi shakldor sirtlar soniga bog‘liq holda o‘zgarishi aniqlangan;
tola-tozalagichning konstruksiyasini ko‘p omilli matematik rejalashtirish asosida tozalash barabani ostiga o‘rnatilgan figurali sirt o‘qiga nisbatan qiyalik burchagi hamda oraliq masofalarining maqbul qiymatlari topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tozalash jarayonini maqbullashtirish asosida xomashyodan samarali foydalanish bo‘yicha bajarilgan ilmiy natijalar asosida:
Yangi konstruksiyadagi tozalash mashinasi Namangan shahridagi “Namangan paxta teks” yigiruv korxonasiga ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 19 dekabrdagi №03/25-2670-son ma’lumotnomasi). Natijada yigirishga yaroqli tolalar saqlanib qolinishi hisobiga tozalangan tolaning ulushi 1,01% ga oshgan hamda yillik tozalangan tola miqdori 5,3 tonnaga ko‘paygan. Korxonada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 198971,55 ming so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish