Mirsadikov Mirzait Mirzaxidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Yangi tuzilishdagi trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4262
Ilmiy rahbar: Mukimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Sarimsaqov Olimjon Sharifjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mahalliy xomashyodan samarali foydalanib, yangi tuzilishli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish texnologiyasini  takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ikki ignadonli aylana trikotaj mashinasida paxta-nitron ipidan trikotaj to‘qimalarini olishda xomashyo sarfini kamaytirishning texnologik echimlari olingan;
texnologik ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlari yuqori bo‘lgan bambuk va viskoza iplaridan trikotaj to‘qimalarini tuzilishi va olish usullarini texnologik echimi ignalarni tanlash hisobiga ishlab chiqilgan;
yassi ignadonli trikotaj to‘quv mashinalarida yigirilgan paxta ipidan yangi assortimentdagi aralash interlok, aralash teskari trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi to‘quv sistemasini o‘zgartirish hisobiga ishlab chiqilgan;
turli assortimentda bolalar va ayollar uchun engil ustki trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqishda xomashyo sarfini kamaytirish uchun halqa qatorlarini ignadonlarda ko‘chirish hisobiga olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Trikotaj mashinalarida yangi tuzilishdagi trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
aralash teskari va aralash interlok trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi “Sedat Triko Tashkent” XK MChJ, “Porloq Chust brendi” MChJ va “Degrez teks LTD” MChJ korxonalarida ishlab chiqariahga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil № 03/25-39 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qimalarining havo o‘tkazuvchanligi yaxshilangan,  uzish kuchi va shakl saqlash hususiyatlari ortgan, xomashyo sarfini 26-28% gacha kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish