Mutalov Muhammadodil Olimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta pnevmotransporti material o‘tkazuvchi quvur parametrlarini nazariy va amaliy asoslari” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2700
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Olimjon Sharifjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Jamshid Qambaralievich texnika fanlari doktori, dotsent; Sidikov Akbarxon Xojiaxmadxonovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xomashyosini pnevmotransport bilan g‘aram maydonlaridan ishlab chiqarish jarayoniga uzatishda paxta va uning mahsulotlarini tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlash hamda havo va energiya sarfini kamaytirishdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxtani pnevmotransportda tashish jarayonida oqim tezligining quvur uzunligi bo‘yicha o‘zgarishi hamda paxta va havo aralashmasi harakatining gomogen muhit harakatiga asoslangan matematik modeli yaratilgan;
paxtani g‘aramdan keyingi jarayonlarga tashuvchi pnevmotransport uskunasining energiya quvvati sarfining quvur diametri va oqim tezligiga bog‘liq bo‘lishi hisoblab topilgan;
paxtani tashishga mo‘ljallangan pnevmotransport uskunasi uchun amaldagi 400 mm diametrli quvur o‘rniga nisbatan kichik bo‘lgan (280 mm diametrli) quvur konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
aerodinamik qarshiligi va ishqalanish koeffisienti past bo‘lgan yupqa, ruxlangan po‘latdan tayyorlangan kalta mobil quvurning maqbul o‘lchamlari regression matematik model orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta havo yordamida tashish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
ishlab chiqilgan yangi mobil quvur konstruksiyasi “Namangan Paxta Tex cluster” MChJ ga qarashli “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasining ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta–to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 03/22-583-son maʼlumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan pnevmotransport quvurining mavjud quvurlarga nisbatan isteʼmol qilayotgan energiya sarfi 16,0 kVT soatga, ishlab chiqarilgan chigitning mexanik shikastlanishi absolyut 1,1% ga hamda tola tarkibidagi ifloslik va nuqson aralashmalar miqdori absolyut 0,5% ga kamaytirishga erishilgan.