Rasulova Fazilat Abduvalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Gigant dipol rezonansdan yuqori sohada selen izotoplarida fotoyadro reaksiyalari kesimlari”, 01.04.08 – “Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/FM981
Ilmiy rahbar: Yuldashev Behzod Sadiqovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar:
Artemov Sergey Viktorovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Polvonov Satimboy Rajapovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi selen stabil izotoplarida fotoyadro reaksiyalarining ekvivalent kvantga mos eksperimental kesim qiymatlarini olish va gigant dipol rezonansdan yuqori sohada kesimning energiyaga bog‘liqligidan reaksiyalar asosiy mexanizmlarini o‘rnatishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 20, 40, 55, 60 va 80 MeV chegaraviy energiyali tormozlanish nurlanish maydonida tabiiy selen nishonini nurlantirganda 73g,73m,75,81g,81mSe va 71-74,76-79As yadrolarining hosil bo‘lishiga olib keladigan (γ,xn) va (γ,pxn) reaksiyalarning ekvivalent kvantga mos eksperimental kesim qiymatlari olingan;
76-79As izotoplarining hosil bo‘lishiga olib keladigan (γ,pxn) reaksiyalari ro‘y berishida asosiy mexanizm – fotoyadro reaksiyalarining kombinirlangan modeli doirasida tavsiflanadigan izospin kengayish effekti ekanligi aniqlangan;
ilk bor 20 MeV energiyada 74,77,78,80Se izotoplarida (γ,p) reaksiyasi kesimining eksperimental qiymati olingan va massa soni ortishi bilan (γ,p) reaksiya kesimi kamayishida eksponensial bog‘liqlik o‘rnatilgan;
ilk bor 82Se(γ,n)81m,gSe reaksiya izomer chiqishlar nisbati d ning uyg‘onish energiyasiga bog‘liqligi 20 MeV dan yuqori energiyalarda <d>=0,60±0,08 to‘yinish sohasi bilan tavsiflanishi o‘rnatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Gigant dipol rezonansdan yuqori sohada selen izotoplarida fotoyadro reaksiyalarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalarga asoslanib:
20, 40, 55, 60 va 80 MeV chegaraviy energiyali tormozlanish nurlanish maydonida tabiiy selen nishonini nurlantirganda 73g,73m,75,81g,81mSe hamda 71-74,76-79As yadrolarining hosil bo‘lishiga olib keladigan reaksiyalarning ekvivalent kvantga mos kesim qiymatlari hamda ularning tahlili bo‘yicha nazariy yondashuvlar Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining Yadro reaksiyalari laboratoriyasida 04-5-1131-2017/2023 “Tezlashtirilgan og‘ir ionlar nurlari bo‘yicha radiatsiyaviy-fizikaviy, radiokimyoviy va nanotexnologik tadqiqotlar” mavzusi doirasida qo‘llanilgan (Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining 2023-yil 4-dekabrdagi №500-26/80-sonli xati). Natijalardan foydalanish turli uyg‘onish energiyalarida fotoyadro reaksiyalari mexanizmini tavsiflash va tushuntirish imkonini bergan;
76-79As izotoplarining hosil bo‘lishiga olib keladigan fotoproton reaksiyalari ro‘y berishida asosiy mexanizm izospin kengayish effekti ekanligi to‘g‘risidagi tasdiq Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining Yadro reaksiyalari laboratoriyasida ishlatilgan (Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining 2023-yil 4-dekabrdagi №500-26/80-sonli xati). Natijalardan foydalanish gigant dipol rezonansi parchalanish mexanizmini interpretatsiyalash imkonini bergan;
eksperimental usulda 20 MeV energiyada aniqlangan 77,78Se izotoplarida (γ,p) reaksiyalari kesim qiymatlari Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining Yadro reaksiyalari laboratoriyasida MT-25 mikrotron va loyihalashtirilgan chiziqli elektron tezlatkichlarda ishlatilgan (Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining 2023-yil 4-dekabrdagi №500-26/80-sonli xati). Natijalardan foydalanish yadroviy tibbiyot uchun mishyak radioizotoplarini fotoyadroviy usul yordamida radiokimyoviy ishlab chiqarish imkoniyatlarini baholash imkonini bergan;
gigant dipol rezonansdan yuqori sohada olingan 82Se(γ,n)81m,gSe reaksiya izomer chiqishlar nisbati Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining Yadro reaksiyalari laboratoriyasida ishlatildi (Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining 2023-yil 4-dekabrdagi №500-26/80-sonli xati). Natijalardan foydalanish energiyaning keng diapazonida izomer holatlar hosil bo‘lish mexanizmini interpretatsiyalash imkonini bergan.