Botirov  Farxod Kodirovichning
falsafa doktori   (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizza  bo‘g‘imining   qo‘shma  jaroxatlarida  asoratlarning   profilaktika  dasturini   takomillashtirish», 14.00.43–Profilaktik tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib2460.
 Ilmiy raxbar: Mavlyanova  Zilola  Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
 Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc04/04.03.2022. Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Mamlakat Tulaboevna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Potapchuk Alla Askol`dovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat pediatriya  medisina  unversiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sport kontingenti misolida tizza bo‘g‘imining qo‘shma jarohatlari uchun jarrohlik aralashuvlardan so‘ng tiklovchi tadbirlari dasturini va ularning profilaktikasini tizimlashtirishning tashkiliy usullarini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mushak-fassial modellashtirish va propriotsepsiyani rivojlantirish mashqlariga asoslangan personal yondashuv orqali operatsiyadan keyingi davr bosqichlarini hisobga olgan holda tizzaning qo‘shma jarohatlari uchun kompleks reabilitatsion chora-tadbirlari dasturi ishlab chiqilgan;    
old xochsimon boylam va meniskning shikastlanishi bilan tizza bo‘g‘imlarining qo‘shma jaroxatlarida muvozanat mashqlari va kinezioteyplashni kompleks reabilitatsiyasiga ma’lum ketma-ketlikda kiritish tayanch-harakat reseptorlari va tezlik-kuch qobiliyatlari faolligini oshirish orqali tiklanish jarayonini tezlashtirishi va asoratlar xavfini kamaytirishi isbotlangan;
operatsiyadan keyingi, funksional va trening-tiklanish bosqichlari modeli reabilitatsiya dasturiga kiritilishi tiklanish davrida somatomorfometrik holatni, hayot sifatining jismoniy va psixologik domenlarini, shuningdek shikastlangan tizza bo‘g‘imining funksional faolligini yaxshilashi asoslangan;
sportchilarda yoshga, sport turiga va malakasiga qarab, mushaklarning xotirasini rivojlantirishga va tayanch-harakat tizimini mustahkamlashga hissa qo‘shadigan turli guruh mushaklarining statodinamik tayyorgarligi ishlab chiqilgan jarohatlarning profilaktika dasturining ijobiy ta’sir qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2024-yil 12-mart 21-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor mushak-fassial modellashtirish va propriotsepsiyani rivojlantirish mashqlariga asoslangan personal yondashuv orqali operatsiyadan keyingi davr bosqichlarini hisobga olgan holda tizzaning qo‘shma jarohatlari uchun kompleks reabilitatsion chora-tadbirlari dasturi ishlab chiqilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: sport kontingentida tizza jarohatlarini uch bosqichli reabilitatsiya qilishning optimallashtirilgan usuli, shu jumladan muvozanat mashqlari va kinezioterapiya, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning profilaktikasiga yordam beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan usullar amaliy sog‘liqni saqlash sohasida, xususan Samarqand viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazining 2023 yil 14 oktyabrdagi 50-A sonli buyrug‘i bilan; Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash Milliy markazining 2023 yil 11 oktyabrdagi 93-sonli buyrug‘i bilan amaliy faoliyatiga tatbiq etildi (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining xulosasi 2023 yil 8 noyabrdagi 58-sonli ma’lumotnomasi).
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: sportchilar sport jaroxatlari kamayishi va ulardan keyin bo‘lajak asoratlari kam uchrashi kuzatilgan. Xamda operatsiyadan keyinga davrga qisqa vaqtda sportchilarni tiklanishi kuzatilgan va reabilitatsiya muddati 6 kunga qisqargan.
 Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: sport jaroxatlari ehtimoli 28,7%gacha pasayishiga, reabilitatsiya davri 14 kundan 12 kunga qisqarishiga, tiklanishni 6 kunga kamaytirishga erishilgan. Bularning natijasida 4 333 329 sum so‘m byudjet mablag‘ini tejashga erishilgan.
Xulosa: ilmiy tadqiqot halqaro musobaqalarda sportchilarni jaroxatlarni oldini olish profilaktika qilish dasturi asosida olib borilishi samaradorligini maqsadga muvofiqligini isbotlab berish va ularni amaliyotga tadbiq etish maqsadida o‘tqazilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tizza bo‘g‘imining qo‘shma jarohatlarida asoratlarning profilaktika dasturini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi va Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash Milliy markazi klinik amaliyotiga joriy etildi (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining xulosasi 2023 yil 8 noyabrdagi 58-sonli ma’lumotnomasi).
ikkinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: old xochsimon boylam va meniskning shikastlanishi bilan tizza bo‘g‘imlarining qo‘shma jaroxatlarida muvozanat mashqlari va kinezioteyplashni kompleks reabilitatsiyasiga ma’lum ketma-ketlikda kiritish tayanch-harakat reseptorlari va tezlik-kuch qobiliyatlari faolligini oshirish orqali tiklanish jarayonini tezlashtirishi va asoratlar xavfini kamaytirishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: shikastlanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni profilaktikasi uchun bosqichma-bosqich jismoniy reabilitatsiya dasturini tanlash bilan asoslandi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan usullar amaliy sog‘liqni saqlash sohasida, xususan Samarqand viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazining 2023 yil 14 oktyabrdagi 50-A sonli buyrug‘i bilan; Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash Milliy markazining  2023 yil 11 oktyabrdagi 93-sonli buyrug‘i bilan (SamDTU qoshidagi Ekspert Kengashining xulosasi 2023 yil 8 noyabrdagi 58-sonli ma’lumotnomasi) amaliyotiga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: sportchilarning jismoniy faoliyatiga va faol turmush tarziga qaytishi 2 marotabaga qisqartirishga, asoratlarni 3 barovarga va reabilitatsiya muddati 5 martagacha kamayishiga erishildi
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik 30 kundan 10 kungacha, asoratlarni 33,3% dan 12,8% gacha, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik uchun kunlik to‘lovi 70 000 dan 50 000 gacha (so‘m) kamaytirishga erishilgan. Bularning natijasida yil davomida 110 000 000 so‘m byudjet mablag‘i tejalishiga erishilgan.
Xulosa: sportchilar tizza bo‘g‘imi meniskasi va oldingi xoch to‘qimasi qo‘shma jarohatlaridan keyinggi jismoniy tiklanish dasturini amaliyotga tadbiq etilishi natijasida sportchilarni jismoniy faoliyatiga qaytishini 2 marotabaga qisqartirgan, reabilitatsiya muddatini sezilarli kamaytirgan, mehnat hamda jismoniy faoliyatini tez tiklanishiga erishilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tizza bo‘g‘imining qo‘shma jarohatlarida asoratlarning profilaktika dasturini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi va Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash Milliy markazi klinik amaliyotiga joriy etildi (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining xulosasi 2023 yil 8 noyabrdagi 58-sonli ma’lumotnomasi).
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: operatsiyadan keyingi, funksional va trening-tiklanish bosqichlari modeli reabilitatsiya dasturiga kiritilishi tiklanish davrida somatomorfometrik holatni, hayot sifatining jismoniy va psixologik domenlarini, shuningdek shikastlangan tizza bo‘g‘imining funksional faolligini yaxshilashi asoslangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: funksional va tezlik-kuch sinovlari, shuningdek propriotsepsiya parametrlari yordamida ko‘rsatkichlar kabi reabilitatsiya tadbirlarini optimallashtirishdan va shikastlanish dinamikasini har tomonlama baholashdan iborat bo‘ldi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi qilinishi: ishlab chiqilgan usullar amaliy sog‘liqni saqlash sohasida, xususan Samarqand viloyat ortopediya va travmatologiya shifoxonasi 2024 yil 23 yanvardagi 28-1-sonli buyrug‘i bilan; Samarqand olimpiya va paraolimpiya sport turlari bo‘yicha markazi 2024 yil  7 fevraldagi 8-son buyrug‘i bilan (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining xulosasi 2023 yil 18 noyabrdagi 60-sonli ma’lumotnomasi) amaliyotiga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: olib borilgan tadqiqot natijasida kasallikni davolash jarayonida sifat mezonlari, ularning adekvatligi va samardorligini o‘rganish natijalarida oldinga qo‘yilgan maqsadga erishildi. Konkret holatlar - sportchining tez sog‘ayishi, asoratlar kamayishi, jismoniy ishchanlik layoqati tez tiklanishi va reabilitatsiya muddati kamayishi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik 30 kundan 10 kungacha, asoratlarni 33,3% dan 12,8% gacha, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik uchun kunlik to‘lovi 70 000 dan 50 000 gacha (so‘m) kamaytirishga erishilgan.
Xulosa: bularning natijasida yil davomida 110 000 000 so‘m byudjet mablag‘i tejalishiga imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tizza bo‘g‘imining qo‘shma jarohatlarida asoratlarning profilaktika dasturini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand viloyat ortopediya va travmatologiya shifoxonasi ; Samarqand olimpiya va paraolimpiya sport turlari bo‘yicha markazi klinik amaliyotiga joriy etildi (SamDTU qoshidagi Ekspert Kengashining xulosasi 2023 yil 18 noyabrdagi 60-sonli ma’lumotnomasi).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: sportchilarda yoshga, sport turiga va malakasiga qarab, mushaklarning xotirasini rivojlantirishga va tayanch-harakat tizimini mustahkamlashga hissa qo‘shadigan turli guruh mushaklarining statodinamik tayyorgarligi ishlab chiqilgan jarohatlarning profilaktika dasturining ijobiy ta’sir qilishi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: shuningdek propriotsepsiya parametrlari yordamida ko‘rsatkichlar kabi reabilitatsiya tadbirlarini optimallashtirishdan va shikastlanish dinamikasini har tomonlama baholashdan iborat.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi qilinishi: ishlab chiqilgan usullar amaliy sog‘liqni saqlash sohasida, xususan Samarqand viloyat ortopediya va travmatologiya shifoxonasi  2024 yil 23 yanvardagi 28-1-sonli buyrug‘i bilan; Samarqand olimpiya va paraolimpiya sport turlari bo‘yicha markazi 2024 yil  7 fevraldagi 8-son buyrug‘i bilan (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining xulosasi 2023 yil 18 noyabrdagi 60-sonli ma’lumotnomasi) amaliyotiga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: sportchilar sport jaroxatlari kamayishi va ulardan keyin bo‘lajak asoratlari kam uchrashi kuzatilgan. Xamda qisqa vaqtda sportchilarni tiklanishi kuzatilgan va reabilitatsiya muddati 6 kunga qisqargan.
 Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sport jaroxatlari ehtimoli 28,7%gacha pasayishiga, reabilitatsiya davri 14 kundan 12 kunga qisqarishiga, tiklanishni 6 kunga kamaytirishga erishilgan. Bularning natijasida 4 333 329 sum so‘m byudjet mablag‘ini tejashga erishilgan. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik 30 kundan 10 kungacha, asoratlarni 33,3% dan 12,8% gacha, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik uchun kunlik to‘lovi 70 000 dan 50 000 gacha (so‘m) kamaytirishga erishilgan. Bularning natijasida yil davomida 110 000 000 so‘m byudjet mablag‘i tejalishiga erishilgan.
Xulosa: sportchilarda sport jaroxatlari profilaktika dasturini amaliyotga tadbiq etish natijasida sportchilarda jaroxatlar soni va ehtimoli pasaygan, tiklanish muddati va reabilitatsiya davri qisqarishiga erishilgan.   
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tizza bo‘g‘imining qo‘shma jarohatlarida asoratlarning profilaktika dasturini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori tomonidan 2024 yil 14 martdagi 2176-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish