Nurmatov Ortiq Sattor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Komorbidlik fonida kechuvchi agressiv parodontit bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanishning roli va uni korreksiya qilish imkoniyatlari», 14.00.21 - Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3199.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Kubaev Aziz Saydolimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Antonova Aleksandra Anatolevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Mara texnologiyalari universiteti (Malayziya).
II. Tadqiqotning maqsadi Komorbid patologiya fonida kechuvchi agressiv parodontit bilan kasallangan bemorlarni davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor komorbidlik fonida kechuvchi agressiv parodontitni davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha, mahalliy preparatni qo‘llagan holda  takomillashtirilgan davolash algoritmi ishlab chiqarilgan;
arterial gipertenziya va semizlig bilan og‘rigan bemorlarda trigger omillar ta’sirida parodont yallig‘lanish og‘irligiga muvofiq yallig‘lanish ko‘rsatkichlarining ortishi aniqlangan;
klinik tadqiqotlar yordamida Staphylococcus aureus, Streptococcus mutans, Streptococcus faecalis (ya’ni enterokokklar), Esherihiyani eliminatsiyasiga ko‘maklashishda va neytrofillarning fagotsitar faollikni oshirishda mahalliy tarzda Kolxisin preparatini kompleks qo‘llash klinik samaradorligi isbotlangan;
turli og‘irlik darajadagi agressiv parodontit va semizligi bor bemorlarda parodont to‘qimasidagi yalig‘lanish jarayoni orasida patogenetik bog‘liqlik aniqlangan: klinik holatning og‘irligi,  anaerob mikroflora tomonidan ajratilgan toksin va fermentlar ta’sirida, mahalliy himoya omillarning o‘zgarishi, immun tolerantlikni yo‘qotilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi bo‘yicha 30.10.2023 yildagi 56/1-sonli buyruq hamda Samarqand viloyati Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi 16.10.2023 yildagi 14-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlarida amaliyotiga joriy etilgan.
birinchi ilmiy yangilik: Ilk bor komorbidlik fonida kechuvchi agressiv parodontitni davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha, mahalliy preparatni qo‘llagan holda  takomillashtirilgan davolash algoritmi ishlab chiqarildi. Takomilashtirilgan davo sxemasida  mahalliy davolash uchun Kolxisin tabletkasi qo‘llanildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati komorbidlik fonida agressiv parodontit bilan og‘rigan bemorlar uchun parodont to‘qimasini yallig‘lanish kasalliklarini davolashda terapevtik va profilaktik chora-tadbirlar, shu jumladan asosiy kasallikni davolash usullari, biriktiruvchi to‘qimaning metabolizmiga umumiy qabul qilingan ta’sirlar majmuasi taklif qilish orqali bemorlarda kasallik belgilarini qisqa vaqtda remissiyaga o‘tishi kuzatildi.  Shuningdek  parodont yallig‘lanish jarayonlarini arterial gipertenziya va semizligi bor bemorlarda  qisqa vaqt ichida bartaraf etilishi  fon kasallikni erta remissiya bosqichiga o‘tishiga ham yordam berdi.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • Arterial gipertenziya va semizlig fonida parodont patologiyalarini  davolash uchun ishlab chiqilgan algoritmidan foydalanish qabul qilingan davolashdan o‘rtacha umumiy klinik samaradorligi ishonchli darajada agressiv parodontitning engil darajasida 82,1% ga, o‘rta og‘irlikda 67,5% ga oshishi aniqlangan.; Arterial gipertenziya va semizlig fonida  parodont patologiyalarini  davolash bulgan bemorlarda davolash standartiga taklif kilingan farmakologik tavsiyalar bemorlarni ambulator davolanish kunini 14 dan 7 kungacha qisqartirgan. Takomillashtirilgan davolash  jami  2.000.000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan, preparatning nisbatan arzonligi va bu kompleks davolash usulni qo‘llash samaradorligi yuqoriligi sababli: «Komorbidlik fonida kechuvchi agressiv parodontit bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanishning roli va uni korreksiya qilish imkoniyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: arterial gipertenziya va semizlig bilan og‘rigan bemorlarda trigger omillar ta’sirida parodont yallig‘lanish og‘irligiga muvofiq yallig‘lanish ko‘rsatkichlarining ortishi aniqlangan; Tadqiqod davomida tekshirilgan arterial gipertenziya va semizligi bor bemorlarning 80% ida  parodont statusida patologik o‘zgarishlar borligi kuzatildi. AG+S fonida agressiv parodontit bilan og‘rigan bemorlarning davolashdan oldin parodontologik statusida 87% qoniqarsiz gigienik xolat, 45%ida engil va 54% da o‘rta og‘irlikdagi agressiv parodontit borligi aniqlangan. CPITN qiymatlari yuqori bo‘lgan, STPED guruxida  kod 2,6ga, STPO‘D  kod 3,7ga teng ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bu esa arterial gipertenziya va semizlig fonida bemorlarda parodontologik xolatini, barvaqt profilaktikasi, ya’ni ularga og‘iz bo‘shlig‘ini gigienasini o‘rgatish va nazorat kilish kerakligini, ularni davolash  choralarini qo‘llashda parodont kasallikni o‘rta va og‘ir kechish darajalarini inobatga olgan xolda, nafaqat terapevtik balki  xirurgik va ortopedik davolash choralarini kompleks qo‘llab  davolash imkonini beradi.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi bo‘yicha 30.10.2023 yildagi 56/1-sonli buyruq hamda Samarqand viloyati Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi 16.10.2023 yildagi 14-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlarida amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi AG+S fonida parodontit bilan og‘rigan bemorlarning og‘iz bo‘shlig’ini    kasalliklarini to‘g’ri tashxislashda,  bemorlarning o‘z vaqtida davolanib olish natijasida, ularning kundalik hayot sifatini va faoliyati yaxshilanishiga, asosiy fon kasalligini asoratlarini oldini olishga, uni  erta remissiyaga o‘tishiga, resedivlarini kamaytirishga imkon beradi. AG+S fonida parodontit bilan ogrigan bemorlarning ambulator davolanishi taklif qilingan takomillashtirilgan algoritm bilan davolanganda, yuqori samaradorlikka erishgan bemorlarimizda,  davolash  kursi o‘rtacha 14 dan 7 kungacha qisqartirgan. Guruhlarda iqtisodiy samradorlikni hisoblash natijalariga ko‘ra,   tadqiqot davomida an’anaviy davolashga ko‘ra  takomillashtirilgan davolash  jami  2.000.000 so‘mga arzonroq bo‘lgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Komorbidlik fonida kechuvchi agressiv parodontit bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanishning roli va uni korreksiya qilish imkoniyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etildi.
uchinchi ilmiy yangilik: klinik tadqiqotlar yordamida Staphylococcus aureus, Streptococcus mutans, Streptococcus faecalis (ya’ni enterokokklar), Esherihiyani eliminatsiyasiga ko‘maklashishda va neytrofillarning fagotsitar faollikni oshirishda mahalliy tarzda Kolxisin preparatini kompleks qo‘llash klinik samaradorligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: AG+S fonida agressiv parodontit bilan og‘rigan bemorlarda mikrobiologik tekshiruvlar natijasida parodontitning turli darajasiga mos disbiotik o‘zgarishlar kuzatildi. AG+S fonida engil agressiv parodontit bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ida disbiotik o‘zgarishlarida, anaerob mikroblar (6,60±0,01 KOE/ml), peptostreptokokklar (6,49±0,01KOE/ml) sonining keskin ko‘payishi, normada topilmaydigan tilla rang stafilokokklar paydo bo‘lishi kuzatildi. AG+S fonida parodontitlarni engil darajasiga nisbatan o‘rta darajasi bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ida disbiotik o‘zgarishlar kuchliroq kuzatiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi bo‘yicha 30.10.2023 yildagi 56/1-sonli buyruq hamda Samarqand viloyati Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi 16.10.2023 yildagi 14-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlarida amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Davolashdan so‘ng, qiyosiy samaradorlik natijalariga ko‘ra, takomillashtirilgan davo olgan yani 1b guruhlarda 1a-guruhga nisbatan,  davolash samarasi sezilarli yahshilandi, mikrofloraning ummumiy miqdori 4,6*106 KOE/ ml  dan 1,1*106 KOE/ ml ga,  va sifat ko‘rsatkichlari ham normaga yaqinlashgani aniqlangan. Og‘izdagi mikrobiotaning sifat va tur jihatidan axamiyati  asosiy fon kasalliginig kechishiga bog‘likligi borligi sababli, bemorlarga og‘iz bo‘shligini gigienasini o‘rgatish va nazorat kilish davolash chora tadbirlarini bir qismi bo‘lib qoladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi; Guruhlarda iqtisodiy samradorlikni xisoblash natijalariga ko‘ra,   tadqiqot davomida an’anaviy davolashga ko‘ra  takomillashtirilgan davolash  arzonroq bo‘lgan, davolash samaradorligi esa  yuqori bo‘lgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Komorbidlik fonida kechuvchi agressiv parodontit bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanishning roli va uni korreksiya qilish imkoniyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Turli og‘irlik darajadagi agressiv parodontit va semizligi bor bemorlarda parodont to‘qimasidagi yalig‘lanish jarayoni orasida patogenetik bog‘liqlik aniqlangan: klinik holatning og‘irligi,  anaerob mikroflora tomonidan ajratilgan toksin va fermentlar ta’sirida, mahalliy himoya omillarning o‘zgarishi, immun tolerantlikni yo‘qotilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Bu esa ushbu bemorlarda kasallik kechish davomiyligini va klinik kechish xusuiyatlarini erta aniqlash, AG+S fonida bemorlarda parodontologik xolatini, barvaqt profilaktikasi ularni kundalik hayot faoliyati yaxshilashi, kasallik asoratlarini oldini olish, resedivlarini kamaytirishga imkon beradi. Shuningdek terapevt, kardiolog shifokorlar, doimiy ravishda stomatolog parodontologlar bilan birgalikda bu kasalliklarni davolashga e’tibor qaratishlari kerakligini  axamiyatini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi bo‘yicha 30.10.2023 yildagi 56/1-sonli buyruq hamda Samarqand viloyati Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi 16.10.2023 yildagi 14-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlarida amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Tadqiqod immunologik tekshiruvlar tahliliga ko‘ra STP ni turli darajasiga mos ravishda, immunologik  o‘zgarishlar qayd etildi. Davolashdan so‘ng, bemorlar og‘iz bo‘shlig‘idagi, takomillashtirilgan davo olgan 1b- guruhlarda lizotsim titri 12,8±0,3 mg/ml, FAN 50,2±0,2%, IgA miqdori 1,3±0,1ga ko‘tarilgan, 1a-guruxga nisbatan immunotanqislik ko‘rsatkichlarini me’yorlashgan. Xulosa: Bemorlarni to‘gri  tashxislash va davolanish natijasida  bemorlarning kundalik hayot faoliyati yaxshilanadi, kasallik ustidan to‘liq nazoratga erishiladi Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Komorbidlik fonida kechuvchi agressiv parodontit bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanishning roli va uni korreksiya qilish imkoniyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish