Usarov Sherali Nasritdinovich
falsafa doktori (PhD) dessertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Disserrtatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘I nomi): “Lichtenstein operatsiyasi texnik aspektlarini takomillashtrish va chov churralari xirurgiyasida plastika natijalarini baholash” 14.00.27-Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2305.
Ikmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasi nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyati ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xujaboev Safarboy Tuxtaboevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Akademik V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: chov churralari bilan bemorlarda gernioplastikaning texnik jihatlarini takomillashtrish orqali davolash sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
omillar tahlilidan Lichtenstein operatsiyasida qoniqarsiz natijalarning asosiy sababi, implantning to‘qimalardagi distrofik – degenerativ o‘zgarishlar sababli fiksasiya nuqtalaridan siljishi, yoki uzilishi ekanligi, autoplastikadan keyin choklar etishmovchiligi ekanligi aniqlangan;
churra qaytalanishi, urug‘ tizimchasi elementlari bilan implant o‘rtasida adgeziya rivojlanishi hamda yorg‘oq shishi oldini oladigan endoprotezni chov kanalining oldingi va orqa devorlariga bir vaqtning o‘zida implantasiyasi bilan gernioalloplastikaning takomillashtirilgan taranglashmagan usuli ishlab chiqilgan;
operatsiyadan keyingi asoratlar umumiy chastotasini kamayishiga erishiladigan chov uchburchagi to‘qimalari holatiga bog‘liq ravishda gernioalloplastikaning taranglashmagan usulini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan;
xususiy asoratlar chastotasi va reabilitasiya muddatini qisqartirishga, shuningdek reabilitasiya sifatini yaxshilashga erishiladigan Lichtenstein bo‘yicha va takomillashtirilgan taranglashmagan chov gernioalloplastikasi usuli klinik afzalligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023-yil 13-dekabr 78-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: omillar tahlilidan Lichtenstein operatsiyasida qoniqarsiz natijalarning asosiy sababi, implantning to‘qimalardagi distrofik – degenerativ o‘zgarishlar sababli fiksasiya nuqtalaridan siljishi, yoki uzilishi ekanligi, autoplastikadan keyin choklar etishmovchiligi ekanligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qoniqarsiz natijalarning asosiy sababi Lichtenstein operatsiyasida (kasallik qaytalanishi 3,9%) to‘qimalardagi degenerativ – distrofik o‘zgarishlar tufayli implantning fiksasiya no‘qtalaridan siljishi va autoplastikada (kasallik qaytalanishi 8,5%) iplarning uzilishi aniqlanishi natijasida giperstenik tipdagi chov kanali devori to‘qimalari distrofik o‘zgarishlarga uchragan chov churrasi bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalari yaxshilangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi xirurgiya bo‘limi va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining xirurgiya bo‘limi amaliy faoliyatiga (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert Kengashining 2023 yil 24 noyabrdagi 64-sonli xulosasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, operatsiyadan keyingi vaqtini, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitasiya davrini kamaytirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: chov churrasi bilan og‘rigan keksa va qari yoshdagi, shuningdek giperstenik tipdagi bemorlar ishga va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqishi, umr ko‘rish davomiyligining oshishi, o‘lim va nogironlikning kamayishi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: amaliyotga tatbiq etilgan takomillashtirilgan taranglashmagan chov gernioalloplastikasini qo‘llash natijasida og‘riq qoldiruvchi dori – vositalarini buyurish soni keskin kamaygan, shuningdek bemorlarning stasionar sharoitida davolanish davri qisqargan. Xulosa: Lichtenstein operatsiyasini tanlab bajarish oqibatida, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 540000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 700000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Lichtenstein operatsiyasi texnik aspektlarini takomillashtrish va chov churralari xirurgiyasida plastika natijalarini baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 07 dekabrdagi №13430-sonli xati yuborilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: churra qaytalanishi, urug‘ tizimchasi elementlari bilan implant o‘rtasida adgeziya rivojlanishi hamda yorg‘oq shishi oldini oladigan endoprotezni chov kanalining oldingi va orqa devorlariga bir vaqtning o‘zida implantasiyasi bilan gernioalloplastikaning takomillashtirilgan taranglashmagan usuli ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu yangilikning ilmiy ahamiyati shundaki, endoprotez chov kanalining oldingi va orqa devorlariga bir vaqtda tikilishi natijasida urug‘ tizimchasida bitishma jarayonlari rivojlanmasligi hisobiga operatsiyadan keyingi davrda og‘riqlar, yorg‘oqda kuzatilmagan, shungdek operatsiyadan keyingi uzoq davrda kasallik qaytalanmagan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi xirurgiya bo‘limi va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining xirurgiya bo‘limi amaliy faoliyatiga (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert Kengashining 2023 yil 24 noyabrdagi 64-sonli xulosasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida chov churralari bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalari yaxshilangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundaki, chov churrasi bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan keyingi asoratlarning kamayishi va og‘riq kuzatilmasligi hisobiga bemorlar ishga va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqishi, umr ko‘rish davomiyligining oshishi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Chov churralari xirurgik davosida takomillashtirilgan usulni qo‘llash oqibatida operatsiyadan keying asoratlar chastotasi 13,5% dan 7,2% gacha (r=0,045) kamaygan, operatsiya davomiyligi, reabilitasiya davri, hamda stasionar davoning umumiy muddatini qisqarishi imkonini bergan. Xulosa: Chov churrasi bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan keyingi erta asoratlar kamayganligini hisobga olib, 1 nafar bemordan byudjet mablag‘larini 6 400 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 7 200 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Lichtenstein operatsiyasi texnik aspektlarini takomillashtrish va chov churralari xirurgiyasida plastika natijalarini baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 07 dekabrdagi №13430-sonli xati yuborilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi asoratlar umumiy chastotasini kamayishiga erishiladigan chov uchburchagi to‘qimalari holatiga bog‘liq ravishda gernioalloplastikaning taranglashmagan usulini tanlash algoritmi ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: chov uchburchagi to‘qimalari holatiga bog‘liq ravishda gernioalloplastikaning taranglashmagan usulini tanlash algoritmini qo‘llash hisobiga operatsiyadan keyingi asoratlar umumiy chastotasi 13,5% dan 7,2% gacha (p=0.045) kamayishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi xirurgiya bo‘limi va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining xirurgiya bo‘limi amaliy faoliyatiga (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert Kengashining 2023 yil 24 noyabrdagi 64-sonli xulosasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida chov churralari bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalari yaxshilangan, bemorlar reabilitasiyasi qisqargan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Ishlab chiqilgan algoritmni amaliyotga qo‘llash oqibatida operatsiya davomiyligi qisqargan, shuningdek operatsiyadan keyingi davrda bemorlarda og‘riq kam kuzatilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorlarning stasionarda bo‘lish vaqti kamaygan; 2) bemorlarda operatsiyadan keyingi og‘riq kam kuzatilganligi hisobiga og‘riq qoldiruvchi dorilarga ehtiyoj kam bo‘lgan. Xulosa: Ishlab chiqilgan algoritmni amaliyotga tatbiq etish natijasida operatsiyadan keyingi reabilitasiya davri 5-7 kundan 3-4 kungacha qisqarish hisobiga 1 nafar bemorga byudjet mablag‘larini 640 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 790 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Lichtenstein operatsiyasi texnik aspektlarini takomillashtrish va chov churralari xirurgiyasida plastika natijalarini baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 07 dekabrdagi №13430-sonli xati yuborilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: xususiy asoratlar chastotasi va reabilitasiya muddatini qisqartirishga, shuningdek reabilitasiya sifatini yaxshilashga erishiladigan Lichtenstein bo‘yicha va takomillashtirilgan taranglashmagan chov gernioalloplastikasi usuli klinik afzalligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Chov churralarida taranglashmagan gernioalloplastika usullarini qo‘llash natijasida spesifik asoratlar chastotasi, shu bilan birga churra qaytalanishi 8,5%dan 1,7% gacha kamaygan, shuningdek operatsiyadan keyingi davrda bemorlar reabilitasiyasi qisqargan, bu esa davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi xirurgiya bo‘limi va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining xirurgiya bo‘limi amaliy faoliyatiga (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert Kengashining 2023 yil 24 noyabrdagi 64-sonli xulosasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida chov churralari bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalari yaxshilangan, bemorlar reabilitasiyasi qisqargan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Bemorlar yashash sifatining tahlili shuni ko‘rsatdiki, chov churralarini davolashning maqbul takomillashtirilgan taranglashmagan usulini qo‘llanilishi oqibatida “a’lo” va “yaxshi” natijalar ulushi 73,6% dan 90,2% gacha oshgan, qoniqarsiz natijalar chastotasi 9,7% dan 2,4% gacha qisqargan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 7 kundan 3 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 210 ming so‘mga kamaytirgan (RPM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 76.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitasiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitasiya uchun ishlatiladigan 35.000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan bemorning yashash joyi bo‘yicha poliklinikalarda) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: Chov churrasi bilan og‘rigan bemorlarda gernioalloplastikaning taranglashmagan usulini qo‘llash natijasida 1 nafar bemordan byudjet mablag‘larini 6 400 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 7 200 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Lichtenstein operatsiyasi texnik aspektlarini takomillashtrish va chov churralari xirurgiyasida plastika natijalarini baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 07 dekabrdagi №13430-sonli xati yuborilgan.