Nishonova Diloram Foziljanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qalqonsimon bez autoimmun kasalliklarining bronxial astma kechishiga ta’sirining klinik va patogenetik jihatlari», 14.00.03 – «Endokrinologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2023.1.PhD/Tib2986.
Ilmiy rahbar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Urmanova Yulduz Maxkamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Saloxiddinov Zuxriddin Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qalqonsimon bez autoimmun kasalliklarining bronxial astma kechishiga ta’sirining klinik va patogenetik jihatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston sharoitida bronxial astma bilan kasallangan bemorlarda qalqonsimon bezning disfunksiyasi tashqi nafas ko‘rsatkichlarini pasaytirishi aniqlangan;
qalqonsimon bezning gipofunksiyasi 1 sekunddagi forsirlangan nafas hajmini eutireoz va gipertireoz holatidagi bemorlarga nisbatan ustuvor pasaytirishi isbotlangan, tiroksinperoksidazaga nisbatan antitanalar miqdorining esa tashqi nafas funksiyasiga ta’siri yo‘qligi aniqlangan;
SF-36 so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra bronxial astma va qalqonsimon bezning autoimmun kasalliklari birga kelganda qalqonsimon bez kasalliklari kuzatilmagan bemorlarga nisbatan hayot sifati ko‘rsatkichi keskin pasayishi aniqlangan;
bronxial astmaga chalingan bemorlarni dispanser nazoratiga olishda bazis tireoid funksiyani aniqlash zaruriyati va ularni nazorat qilish xaritasi ishlab chiqilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 12 martdagi 06/10-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2024 yil 12 martdagi 06/472-son xati taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: O‘zbekiston sharoitida bronxial astma bilan kasallangan bemorlarda qalqonsimon bezning disfunksiyasi tashqi nafas ko‘rsatkichlarini pasaytirishi aniqlanganligi Namangan viloyat endokrinologiya dispanserida 2023 yil 20 noyabrdagi 23-sonli buyruq bilan, Andijon viloyat endokrinologiya dispanserida 2023 yil 23 noyabrdagi 32-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qalqonsimon bezning autoimmun kasalliklari va bronxial astma birga kelganda qalqonsimon bez disfunksiyasini korreksiya qilish, asoratlar rivojlanishini oldini oladi va shu bilan bemorlar xayot sifatini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangilikni amaliyotga joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 21,0±7,2 kundan 14,3±4,2 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1 mln. 650 ming so‘mga kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: kompleks davolash usuli yotoq-o‘rin aylanmasining hisobiga harajat kamayishidan bir nafar bemordan 1 mln. 650 ming so‘mni, tadbiq ko‘lami uchun o‘rtacha (92 bemor) 151 mln. 800 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qalqonsimon bezning gipofunksiyasi 1 sekunddagi forsirlangan nafas hajmini eutireoz va gipertireoz holatidagi bemorlarga nisbatan ustuvor pasaytirishi isbotlanganligi, tiroksinperoksidazaga nisbatan antitanalar miqdorining esa tashqi nafas funksiyasiga ta’siri yo‘qligi aniqlanganligi Namangan viloyat endokrinologiya dispanserida 2023 yil 20 noyabrdagi 23-sonli buyruq bilan, Andijon viloyat endokrinologiya dispanserida 2023 yil 23 noyabrdagi 32-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tashqi nafas funksiyasi ko‘rsatkichlarini pasayganda, qo‘zg‘atuvchi omil sifatida tireoid holatni qayta baholash kasallik kechishini og‘irlashtiruvchi omillarni o‘z vaqtida korreksiya qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qalqonsimon bezning autoimmun kasalliklari va bronxial astma birga kelganda tireoid statusni inobatga olgan holda davolashda sarflangan harajatlarning pasayishi hisobiga 1 nafar bemor uchun (preyskurant bo‘yicha 1 kunlik yotoq o‘rin 100 ming so‘m) 1 mln. 400 ming so‘m pul tejalishiga imkon bergan. Xulosa: dori vositalarini qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun 1 oyda 6 mln. 200 ming so‘mni, tadbiq ko‘lami uchun o‘rtacha (92 bemor) 150 mln. 300 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: SF-36 so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra bronxial astma va qalqonsimon bezning autoimmun kasalliklari birga kelganda qalqonsimon bez kasalliklari kuzatilmagan bemorlarga nisbatan hayot sifati ko‘rsatkichi keskin pasayishi aniqlanganligi Namangan viloyat endokrinologiya dispanserida 2023 yil 20 noyabrdagi 23-sonli buyruq bilan, Andijon viloyat endokrinologiya dispanserida 2023 yil 23 noyabrdagi 32-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bronxial astma va qalqonsimon bezning autoimmun kasalliklari birga kelganda salomatlikning ruxiy komponenti va jismoniy komponenti keskin pasayadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikni joriy etish asosiy terapiya kursini o‘tkazish muddatini kamaytirib, reabilitatsion davolanishga o‘tishini 1 nafar bemor uchun 4,2±1,3 xaftadan 3,4±0,5 haftagacha qisqartirishi, shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 20,8 kundan 10,4 kungacha qisqartirishi xisobiga, dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: takomillashtirilgan davolash usuli yotoq-o‘rin aylanmasining qisqarishi hisobiga harajat kamayishidan 1 mln. 650 ming so‘mni, tadbiq ko‘lami uchun o‘rtacha (92 bemor) 151 mln. 800 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bronxial astmaga chalingan bemorlarni dispanser nazoratiga olishda bazis tireoid funksiyani aniqlash zaruriyati va ularni nazorat qilishning ishlab chiqilgan xaritasi Namangan viloyat endokrinologiya dispanserida 2023 yil 20 noyabrdagi 23-sonli buyruq bilan, Andijon viloyat endokrinologiya dispanserida 2023 yil 23 noyabrdagi 32-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bronxial astmaga chalingan bemorlarni nazorat qilish xaritasi ushbu guruh bemorlarini davolash va reabilitatsiya qilish natijalarini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan xaritani tadbiq etish bemorlarning mehnat qobiliyatini tezroq tiklanishi hisobiga (mehnat qobiliyatini yo‘qotgan bemorlar soni 22,4% dan 11% ga qisqargan) harajatlarni kamaytirishga imkon bergan. Xulosa: bir nafar bemor uchun nogironlikning bir yillik pensiyasini hisoblash asosida nogironlikni kamaytirish bo‘yicha kutilayotgan bir yillik iqtisodiy samara 8 mln. 376 ming so‘mni tashkil qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish