Ruzimova Saodat Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rivojlanmagan homiladorlikdan keyin predgravidar tayyorlash bosqichida ayollarni olib borish taktikasi”, 14.00.01- Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1613.
Ilmiy rahbar: Matyakubova Salomat Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.04/30.30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Djaxongir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi anamnezida rivojlanmagan xomiladorlik (RH) mavjud bo‘lgan ayollarni morfologik xususiyatlar, D-dimer va prokal`sitonin darajasini hisobga olgan holda, homiladorlikka tayyorlash bosqichida olib borish usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollarda RH kuzatilishini prognoz qilish uchun so‘rovnoma ishlab chiqilgan bo‘lib, u ginekologga takroriy RH kuzatilishi uchun xavf guruhini osongina aniqlash va predgravidar tayyorgarlik ko‘rish imkonini berishi isbotlangan;
anamnezida RH mavjud ayollarning qonida D dimer va prokal`sitonin miqdorining patogenetik roli, ya’ni periferik qonda D dimer miqdorining oshishi fibrinolitik faollikning faollashishi bilan,  yuqori prokal`sitonin darajasi mahalliy yallig‘lanishning rivojlanishi bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan;
RH tarixiga ega bo‘lgan ayollarda homiladorlikning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun desidual to‘qimalarning o‘sishini oshirish uchun D vitaminini predgravidar kompleks tayyorlashda qo‘llanilishi patogenetik jixatdan samarali ekanligi isbotlangan;
birinchi trimestrda takroriy RH ning dominant morfologik belgilari aniqlanib, ularni D-dimer va prokal`sitonin darajasi bilan korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 17.01.2024 yil №01/063-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2023yil 7 iyuldagi №04/4443 sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ayollarda rivojlanmagan homiladorlik (RH) kuzatilishini bashorat qilish uchun so‘rovnoma ishlab chiqilgan bo‘lib, u ginekologga takroriy RH kuzatilishi uchun xavf guruhini osongina aniqlash va predgravidar tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi. Tavsiya etilgan prognoz va predgravidar tayyorgarlik usullari takroriy RH va erta tug‘ilish holatlarini kamaytirishi mumkin. Ilmiy innovatsiya Surxondaryo viloyat perinatal markazining 2023 yil “05” sentyabr 59-T-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyat perinatal  markazining 2023yil “31” avgust 312-u buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anamnezida RH bo‘lgan ayollarda homila ko‘tara olmaslikni oldindan taxmin aniqlash usuli tadbiq qilinib, bu  ginekologga RHni qayta rivojlanish havfini oson aniqlash va predgravidar tayyorgarlik o‘tkazish imkonini beradi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan so‘rovnomani amalga oshirishda abort va undan keyingi davolanish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, homiladorlikni qisqartirish hisobiga, erta tug‘ilgan chaqaloqni parvarish qilish va RH bilan bir bemorni davolashning 1 kursi narxi xarajatlari 3273295 so‘m, standart usulda esa  3872625 so‘mni tashkil qiladi. Ishlab chiqilgan so‘rovnomadan foydalanib, ayollarda havf guruhini baholagan xolda differensiallashgan predgravidar tayyorlash algoritmini qo‘llash natijasida 45 nafar ayolda byudjet mablag‘laridan 53939700so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 26969850 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: mazkur so‘rovnoma asosida RH anamneziga ega bo‘lgan ayollarni xavf guruhini aniqlagan xolda predgravidar tayyorgarlik o‘tkazish natijasida 1ta bemor uchun byudjet mablag‘larini 1198660 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 599330 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: anamnezida RH mavjud ayollarning qonida D dimer va prokal`sitonin miqdorining patogenetik roli isbotlandi, ya’ni periferik qonda D dimer miqdorining oshishi fibrinolitik faollikning faollashishi bilan, yuqori prokal`sitonin darajasi mahalliy yallig‘lanishning rivojlanishi bilan bog‘liq. Bu o‘z navbatida operativ aralashuvsiz rivojlanmagan homiladorlikni patogenetik sababini aniqlash imkonini beradi. “Homila ko‘tara olmaslikda anamnezida rivojlanmagan homiladorlik mavjud ayollarda predgravidar tayyorlash usuli” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Qoraqalpog‘iston Respublikasi perinatal markazi "13" iyul` 2023 yil №149/P sonli  va Qashqadaryo viloyat perinatal markazi  "31" avgust 2023 yil №102-T sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi qonda D dimer va prokal`sitonin miqdorini baxolash orqali ayolga operativ aralashuv o‘tkazmasdan patogenetik yondashuvga asos bo‘ladi. Bu ayol uchun nafaqat jismoniy, balki ruhiy travma etkazmasdan keyingi homiladorlikni ijobiy yakunlanishiga, ya’ni RH qayta rivojlanishini 4 martaga, muddatidan oldingi tug‘ruq sodir bo‘lishini 7,9 martaga qisqarishiga imkon yaratdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anamnezida rivojlanmagan homiladorlik mavjud ayollarni keyingi homiladorlikka tayyorlashda qonda D dimer va prokal`sitonin miqdorini aniqlab, patogenetik jihatdan predgravidar tayyorgarlik o‘tkazish natijasida keyingi homiladorlikda rivojlanmagan homiladorlikni qayta sodir bo‘lishini oldini olish bilan, shu patologiyada sarflanadigan xarajatlar: diagnostika, operativ aralashuv (abort) va undan keyingi davo muolajalari uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tejalishiga imkon yaratadi, RH bilan bir bemorni davolashning 1 kursi narxi xarajatlari 3273295 so‘m, standart usulda esa  3872625 so‘mni tashkil qiladi. Differensiallashgan predgravidar tayyorlash algoritmini qo‘llash natijasida 45 nafar ayolda byudjet mablag‘laridan 53939700so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 26969850 so‘m iqtisod qilingan.  Xulosa: Patogenetik yondashgan holda predgravidar tayyorgarlik o‘tkazish natijasida 1ta bemor uchun byudjet mablag‘larini 1198660 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 599330 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: RH tarixiga ega bo‘lgan ayollarda homiladorlikning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun desidual to‘qimalarning o‘sishini oshirish uchun D vitaminini predgravidar kompleks tayyorlashda qo‘llanilishi patogenetik jihatdan asoslandi. Anamnezida rivojlanmagan homiladorlik mavjud ayollarda 74% holda vitamin D tanqisligi, shundan 24% defist, 50% etishmovchilik holatlari aniqlandi. “Homila ko‘tara olmaslikda anamnezida rivojlanmagan homiladorlik mavjud ayollarda predgravidar tayyorlash usuli” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma amaliyotga Qoraqalpog‘iston Respublikasi perinatal markazi "13" iyul 2023 yil №149/P sonli  va Qashqadaryo viloyat perinatal markazi  "31" avgust 2023 yil №102-T sonli buyrug‘i bilan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ushbu kontingent ayollarga predgravidar tayyorlash bosqichida vitamin D tavsiya qilish bilan keyingi homiladorlikda ushbu patologiyani qayta rivojlanishini patogentik jihatdan bartaraf qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: predgravidar bosqichda aniqlangan vitamin D tanqisligiga mos ravishda patogentik davolash algoritmida ushbu vitaminni tavsiya qilish natijasida keyingi homiladorlikda rivojlanmagan xomiladorlikni qayta sodir bo‘lishini oldini olish bilan, shu patologiyada sarflanadigan xarajatlar: diagnostika va operativ aralashuv (abort), va undan keyingi davo muolajalari uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tejalishiga imkon yaratadi. Patogenetik yondashgan holda predgravidar tayyorgarlik o‘tkazish natijasida RH bilan bir bemorni davolashning 1 kursi narxi xarajatlari 3273295 so‘m, standart usulda esa  3872625 so‘mni tashkil qiladi. Differensiallashgan predgravidar tayyorlash algoritmini qo‘llash natijasida 45 nafar ayolda byudjet mablag‘laridan 53939700so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 26969850 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: Patogenetik yondashgan holda predgravidar tayyorgarlik o‘tkazish natijasida 1ta bemor uchun byudjet mablag‘larini 1198660 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 599330 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birinchi trimestrda takroriy RH ning dominant morfologik belgilari aniqlandi, ularni D-dimer va prokal`sitonin darajasi bilan korrelyasion bog‘liqligi ko‘rsatildi. RHda D-dimer va prokal`sitoninning diagnostik ahamiyatli darajasi gemorragik genez uchun 0,5≤D-dimer≤2,5, yallig‘lanish genezi uchun 0,1≤D-dimer≤0,5; mos ravishda 0,01≤D-prokal`sitonin≤0,1va 0,1≤D-prokal`sitonin≤0,6 anamnezida RH mavjud ayollarda RH genezini xarakterlaydi. “Homila ko‘tara olmaslikda anamnezida rivojlanmagan homiladorlik mavjud ayollarda predgravidar tayyorlash usuli” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma amaliyotga Qoraqalpog‘iston Respublikasi perinatal markazi "13" iyul 2023 yil №149/P sonli  va Qashqadaryo viloyat perinatal markazi  "31" avgust 2023 yil №102-T sonli buyrug‘i bilan joriy etilgan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qonda D dimer va prokal`sitonin miqdorini baxolash orqali ayolga operativ aralashuv (bachadon bo‘shlig‘ini instrumental tozalash) o‘tkazmasdan, laborator tahlil natijasiga asoslangan holda etiopatogenetik davo o‘tkazish va samarali natijaga erishishga imkon beradi. Bu ayol uchun nafaqat jismoniy, balki ruhiy travma etkazmasdan keyingi xomiladorlikni ijobiy yakunlanishiga, ya’ni RH qayta rivojlanishini 4 martaga, muddatidan oldingi tug‘ruq sodir bo‘lishini 7,9 martaga qisqarishiga imkon yaratadi. Etiopatogenetik yondashgan holda o‘tkazilgan predgravidar terapiya RHni qayta sodir bo‘lishini, homiladorlik asoratlarini kamaytirish, perinatal va onalar kasallashi va o‘liminini kamaytirishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi biz tomondan ishlab chiqilgan, anamnezida RH mavjud ayollarni patogenetik asoslangan kompleks predgravidar tayyorlash natijasida yuqori ekonomik samaradorlik qayd etildi. Differensiallashgan predgravidar tayyorlash algoritmini qo‘llash natijasida 45 nafar ayolda byudjet mablag‘laridan 53939700so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 26969850 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: Patogenetik yondashgan holda predgravidar tayyorgarlik o‘tkazish natijasida 1ta bemor uchun byudjet mablag‘larini 1198 660 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 599330 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish