Xakberdiev Muzaffar Rustamkul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarmitan oltin ma’danli hududlaridagi rudniklarda sodir bo‘ladigan geomexanik jarayonlarni prognozlash usullarini takomillashtirish», 04.00.17 – Konchilikda fizik jarayonlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T2807.
Ilmiy rahbar: Sayyidqosimov Sayyidjabbor Sayyidqosim o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, PhD.03/31.03.2023.T.03.06.
Rasmiy opponentlar: Nutfulloev Gafur Subxonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Fatxiddinov Asliddinjon Utkir o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD.
Yetakchi tashkilot: “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab seysmotektonik sharoitlarda konchilik ishlarini loyihalashtirish va rivojlantirishni rejalashtirish bosqichlarida kon massivida sodir bo‘ladigan geomexanik jarayonlarni prognoz qilish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘ jinslarining xilma-xil tuzilmali modeli negizida kon massividagi darzlilik xossalarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda, oltinli ruda konlaridagi tabiiy kuchlanish maydonining shakllanish qonuniyatlariga ta’sir etuvchi omillar baholangan;
Zarmitan oltinli ruda konlaridagi ruda tanasi va tog‘ jinslari massivlari tuzilmasining xilma-xilligi va tog‘ jinslari xossalarining anizotropiyasini belgilab beruvchi uchta tektonik darzlik tizimlari bilan tavsiflanganligi asoslangan;
Zarmitan oltinli ruda konlari hududidagi chuqurlashgan gorizontlari massivida kuchlanish-deformatsiyalanish holatining shakllanish qonuniyatlari geodinamik rayonlashtirish va fazoviy-nuqtaviy matematik modellashtirish asosida aniqlangan;
Zarmitan oltinli ruda konlari sharoitida kon bosimining dinamik ko‘rinishda namoyon bo‘lishini prognoz qilish usullari takomillashtirilgan va avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oltinli ruda konlarini er osti usulida qazib olishda kon bosimining dinamik ko‘rinishda namoyon bo‘lishini prognozlash usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
massivdagi kuchlanish-deformatsiyalanish holatini baholash usullari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJga qarashli Zarmitan oltinli ruda konida joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023 yil 5 iyuldagi 23/01-01-07/316-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kuzatilishi mumkin bo‘lgan kon bosimlari salbiy oqibatlarining oldini olish choralarini avvaldan qo‘llash va konlarni geomexanik monitoring qilishni raqamlashtirish imkonini bergan;
kon lahimlarida kon bosimining dinamik ko‘rinishda namoyon bo‘lishini prognoz qilishning takomillashtirilgan kompleks usuli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning G‘ujumsoy konida konchilik ishlarini loyihalash va rejalash bosqichlarida joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning  2023 yil 5 iyuldagi 23/01-01-07/316-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, har bir konda konchilik ishlarini bexatar olib borishning marksheyderlik ta’minoti va kon bosimining dinamik ko‘rinishda namoyon bo‘lishini geomexanik nazorat qilish uchun zaruriy chora-tadbirlar yaratilib, bir yilda har bir rudnikdagi kon lahimlarining mustahkamligini 22% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish