Abduvalieva Zulfiya Latibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi viloyatlari rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy geografik jihatlari (sog‘lomlashtirish maskanlari misolida)», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2PhD/Gr122.
Ilmiy rahbar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ziboeva Ozodxon Maxmudovna, geografiya fanlari doktori, dotsent; Usmanov Ma’ruf Rustamovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi viloyatlari rekreatsion-turistik imkoniyatlarini baholash asosida sog‘lomlashtirish maskanlaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasining tibbiy geografik atlasi tarkibidagi sanatoriy, kurort va boshqa sog‘lomlashtirish maskanlari faoliyatini asoslovchi 1: 4000 000 masshtabli turkum xaritalar yaratilgan;
“Chimyon” va “Xonobod” sog‘lomlashtirish maskanlariga 150 km va undan ortiq bo‘lgan masofadagi hududlardan rekreantlarni jalb etishning iqtisodiy geografik jihatlari takomillashtirilgan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi sog‘lomlashtirish maskanlarini geografik o‘rni, ixtisosligi va sig‘imini izohlovchi kartalar bilan boyitilgan elektron katalogi ishlab chiqilgan;
eksponensial tekislash usulida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida mavjud sanatoriylardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan 2027-yilgacha mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlari rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy geografik jihatlarini sog‘lomlashtirish maskanlari misolida tadqiq etish bo‘yicha takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasining tibbiy geografik atlasi tarkibidagi sanatoriy, kurort va boshqa sog‘lomlashtirish maskanlari faoliyatini asoslovchi 1: 4000 000 masshtabli xaritalar yaratish bilan bog‘liq taklifidan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi tomonidan mintaqa turistik salohiyatini jadal rivojlantirish, sog‘lomlashtirish maskanlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘icha dasturiy chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi vazirligining 2023 yil 24 oktyabrdagi  02-12-17-1029-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatlarda mavjud sog‘lomlashtirish maskanlaridan foydalanish imkoniyatlari va shu asosda istiqbolda ulardan foydalanish hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan;
“Chimyon” va “Xonobod” sog‘lomlashtirish maskanlariga 150 km va undan ortiq bo‘lgan masofadagi hududlardan rekreantlarni jalb etishning iqtisodiy geografik jihatlari takomillashtirilishi bilan bog‘liq taklifidan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tarmoqni yanada rivojlantirish, rekreatsiya va turistik resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil 24 oktyabrdagi  02-12-17-1029-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Chimyon” va “Xonobod” sog‘lomlashtirish maskanlariga tashrif buyuruvchi rekreantlar soni o‘rganilgan va istiqbolda ularni yanada rivojlantirish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlari sog‘lomlashtirish maskanlari faoliyati bilan bog‘liq ishlab chiqilgan katalog ma’lumotlaridan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tarmoqni yanada rivojlantirish, rekreatsiya va turistik resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil 24 oktyabrdagi   02-12-17-1029-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatlarda mavjud sanatoriy va kurortlar haqidagi ma’lumotlar orqali ularni baholash va istiqbolda uni yanada takomillashtirish imkoniyatini bergan;
eksponensial tekislash usulida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida mavjud sanatoriylarda salomatligini tiklagan bemorlar soni va ulardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan 2027-yilgacha mo‘ljallangan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi amaliyotida foydalinilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil 24 oktyabrdagi  02-12-17-1029-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatlar iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha optimal boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda, mazkur viloyatlarda faoliyat olib borayotgan sihatgohlar va boshqa sog‘lomlashtirish maskanlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish