Muradov Murodjon Toxirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda o‘suvchi Rhlomoides kaufmanniana va Scutellaria oxystegia o‘simlik turlarining kimyoviy tarkibini o‘rganish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K675.
Ilmiy rahbar: Karimov Abdurashid Musaxonovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Mahmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori, professor; Nishonov Mirkozimjon texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Rhlomoides kaufmanniana va Scutellaria oxystegia o‘simliklaridan individual moddalar ajratib olish hamda olingan birikmalar tuzilishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Phlomoides kaufmanniana va Scutellaria oxystegia o‘simliklarining kimyoviy tarkibi o‘rganilib, ushbu turlardan birinchi marta 11 ta modda sof holda ajratib olinib, kimyoviy tuzilishlari zamonaviy usullar yordamida isbotlangan, jumladan: Phlomoides kaufmanniana o‘simligidan 5 ta va Scutellaria oxystegia o‘simligidan 6 ta modda ajratib olingan;
Phlomoides kaufmanniana o‘simligidan ajratib olingan iridoid tabiatli adabiyotlarda ma’lum bo‘lmagan yangi moddaning tuzilishi spektral va RTT usulida isbotlangan;
Phlomoides kaufmanniana va Scutellaria oxystegia o‘simliklarining er ustki qismidan gidrodistilyasiya usulida olingan efir moylarining kimyoviy tarkibi GX-MS usulida aniqlangan va mos ravishda 47 va 43 ta birikma identifikatsiya qilingan;
Phlomoides kaufmanniana va Scutellaria oxystegia o‘simliklarining makro- va mikroelementlari sifat va miqdoriy jihatdan tekshirilib, o‘simliklar tarkibida muhim biologik faol elementlarning miqdori ruxsat etilgan konsentratsiyalarda mavjudligi hamda zaharli elementlarning miqdori kamligi aniqlangan;
o‘simliklardan ajratib olingan efir moylari va ekstraktlarning biologik faolliklarini aniqlash natijasida ularning samarali antimikrob va antibakterial xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Phlomoides kaufmanniana va Scutellaria oxystegia o‘simliklarini kimyoviy tarkibini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Phlomoides kaufmanniana o‘simligi er ustki qismidan olingan terpenoidlar va uglevodorodlar kimyoviy tarkibi va biologik faolliklarini aniqlash asosida olingan natijalardan №TA-FA-F7-008 «Tabiiy terpenoid va fenol birikmalarni o‘rganish hamda ular asosida tibbiyot, veterinariya va qishloq xo‘jaligi uchun dori vositalari yaratish» mavzusidagi ilmiy loyihada o‘simlik tarkibidagi moddalar va ularning miqdori bo‘yicha aniq xulosalar olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2023 yil 19 sentyabrdagi 4/1255-1986-son ma’lumotnomasi). Natijada, keltirilgan tabiiy terpenoid birikmalar bo‘yicha ma’lumotlar loyiha doirasida zarur aniq tahlil va xulosalar olish imkonini bergan;
Phlomoides kaufmanniana o‘simligidan ajratib olingan metil (4R, 5S, 6S, 7S, 8R, 9S) 6, 7, 8–trigidroksi 8 – metil – 1 – oksooktagidrotsiklopenta [c] piran- 4 karboksilatning rentgen tuzilishi maʼlumotlari Kembridj xalqaro tuzilish maʼlumotlar bazasida (The Cambrige Structural Database https://www.ccdc. cam.ac.uk/) ro‘yxatga olingan (CCDC: 2215108 CINRAQ). Natijada, birikmaning tuzilishi, tabiati, rentgen tuzilishi tahlili yordamida olingan molekulalararo o‘zaro ta’sirlar va tahlil ma’lumotlaridan soha olimlarining foydalanishiga imkon yaratgan.