Ismailov Baxtiyar Muratbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Barxan qumlarini bentonit gili suspenziyasi va sanoat chiqindilari yordamida mustaxkamlashning kolloid-kimyoviy asoslari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K646.
Ilmiy rahbar: Turemuratov Sharibay Naurizbaevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Adizova Nargiza Zamirovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bentonit va sanoat chiqindilari asosida ko‘chma qum tepalari uchun mahkamlovchi qo‘shimchani yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soapstok miqdori suspenziya umumiy massasinining 3-5% tashkil etganda shakllanadigan qobiqning barqarorligiga erishish, bu qumning samarali mustahkamlanishini ta’minlaydi, ammo ushbu miqdordan ortib ketishi qobiqning mo‘rtligi va yuvilish qobiliyatining ortishiga olib kelishi aniqlangan;
KMS bilan taqqoslaganda qum zarralari sirtining gidrat qatlamlarida PAA molekulalarining sorbsiyalanish qobiliyati yuqori bo‘lib, bu g‘ovak maydoni o‘lchamining kichrayishiga, mustaxkamlikning bir zumda ortishiga va 5,05% namlik saqlashiga KMS bilan ishlangan qumlarga nisbatan 1,15 baravar ortiqligi isbotlangan;
yog‘ kislotalari polimer-analog o‘zgarishlar hisobiga ta’sirlashishi hamda PAA va KMS retikulyasiyasi tizimda o‘zaro bog‘langan reagent N,N'-metilenbisakrilamid mavjudligi tufayli sodir bo‘lib, buning natijasida suvda bo‘kish qobiliyati pH = 7.5da 128, 418 va 661% ga etishi aniqlangan;
suvdagi dastlabki kollagen uchun biodegradatsiyaning maksimal darajasi 99% gacha erilishilishi, ozuqaviy moddalarni (K+ va P+5) o‘z ichiga olgan o‘g‘itlar uchun qo‘yidagi ko‘rsatkichlari: KOKMS o‘g‘itlari uchun 85%, KOPAA uchun 75% va GKO uchun 89% dan ortiq, bu tabiiy birikmalar (soapstok komponentlari) va KMS ni o‘z ichiga olgan mahsulotlar uchun yuqori biodegradatsiya darajasini hamda sintetik polimer - PAA bilan ishlaydigan birikmalar uchun past ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bentonit-soapstok va PAA asosida mustahkamlovchi va strukturantlarni olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘chma qumlarning mexanik mustahkamligi va namligini oshirish uchun strukturani tashkil etuvchi suspenziya kompozisiyalarini olish texnologiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2023 yil 27 martdagi 1-37-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bentonit, poliakrilamid va soapstok asosidagi struktura hosil qiluvchi suspenziyalarning kompozisiyalari 64,9-76,8 % gacha tuzilgan qum zarralarini yaxshilash imkonini bergan;
kuchma qumlarni va tuproqlarni qotirish uchun kompozision reagentlar tarkiblari va ularni qullash usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2023 yil 27 martdagi 1-37-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindilari va bentonit gillari asosidagi kompozit qo‘shimchalardan foydalanishdan o‘simliklar o‘sish darajasini 80,0% gacha oshirish imkonini bergan.