Raxmatova Sanobar Nizamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tranzitor ishemik xurujlarining serebral qon tomir havzasiga bog‘liq holda klinika etiologik strukturasi», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib508.
Ilmiy maslahatchilar: Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro Davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro Davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02
Rasmiy opponentlar: Jurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Omonova Umida Tulqinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Ma’mitova El`mira Mitalipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot universiteti.
Dissertasiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tranzitor ishemik ataka o‘tkazgan bemorlarda klinik-neyrofiziologik, immuno-genetik kechish xususiyatlarini qon tomir havzalariga bog‘liq holda o‘rganish va insul`t xavfining profilaktik chora tadbirlar tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tranzitor ishemik ataka bilan kasallangan bemorlarni erta tashhislashda bemorning shikoyati va klinik nevrologik tekshirish usullariga qaraganda, eng ahamiyatli usul transkranial dupleksli skanerlash va elektroensefalografiya ko‘rsatkichlari natijasi ekanligi isbotlangan;
o‘zbek millatida genetik tadqiqotlar asosida tranzitor ishemik xuruj o‘tkazgan bemorlarda ishemik insul`t va takroriy tranzitor ishemik xuruj rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi genetik moyillik borligi aniqlangan;
o‘zbek millatiga mansub immun-genetik tadqiqotlar asosida tranzitor ishemik xuruj bilan og‘rigan bemorlarda, immun tizimining eng muhim biomarkyorlari bo‘lgan interleykin IL-1, IL-6 va S-reaktiv oqsilning birinchi soatlarda oshishi, kasallikni penumbra bosqichiga o‘tib, takroriy tranzitor ishemik xuruj yoki ishemik insul`t kelib chiqish xavfi borligi aniqlangan;
O‘zbekistonda yashovchi o‘zbek millatiga mansub takroriy tranzitor ishemik hujum, insul`t va o‘lim xavfi bor bemorlarda IL-10 genining polimorfizmi gomozigotali A/A mutant genotipi ko‘rsatkichlari, tranzitor ishemik atakani autoregulyasiya, oligemiya va penumbra bosqichlarida aniqlashda yuqori darajada ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
tranzitor ishemik xuruj o‘tkazgan bemorlarda autoregulyasiya, oligemiya va penumbra bosqichlari aniqlanib, bemorlarda immunologik status o‘zgarishi, labarator-instrumental ko‘rsatkichlar va genetik moyillikka asoslanib erta tashhislash va individual davolashga yondashish, ishemik insul`t rivojlanishini bashoratlash mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yildagi noyabrdagi 23/076-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2023 yil 7oktyabrdagi 04/5734-sonli xati yuborilgan.
birinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: Tranzitor ishemik ataka bilan kasallangan bemorlarni erta tashhislashda bemorning shikoyati va klinik nevrologik tekshirish usullariga qaraganda, eng ahamiyatli usul transkranial dupleksli skanerlash va elektroensefalografiya ko‘rsatkichlari natijasi ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tranzitor ishemik ataka bilan kasallangan bemorlarni erta tashhislashda, eng ahamiyatli usul transkranial dupleksli skanerlash va elektroensefalografiya ko‘rsatkichlari natijasi ekanligi isbotlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Olingan ilmiy amaliy natijalar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (19.02.2024 y. № 01/107)Kogon shahar Tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (09.02.2024 y. № 405-2-208-TV/2024), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.02.2024 y. № 29), Gijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.02.2024 y. № 1362-2-34-TV/2024) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tranzitor ishemik ataka bilan kasallangan bemorlarda EEG va TKDS tekshiruvlar o‘tkazilib,TIA o‘tkazgan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilashga xizmat qilgan. TIA, takroriy TIA va ishemik insul`tni o‘choqli simptomlarini aniqlash va tashxislashda, qo‘shimcha – TKDS va EEG tekshirish usullari natijalarini inobatga olinishi, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tranzitor ishemik ataka o‘tkazgan bemorlarda autoregulyasiya buzilishi va oligemiya bosqichlarini erta aniqlash natijasida transkranial dupleksli skanerlash va elektroensefalografiya tekshirish usullari o‘tkazilib, kasallikning erta bosqichlarida tashxislash natijasida bemorlarning reanimatsion davolanish kunlari qisqarishi hisobidan har 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan sarflanadigan xarajatlarni 2 360 000 so‘mga iqtisod kamaytirishga erishildi. Xulosa: Tranzitor ishemik xurujni erta bosqichlaridni tashhislashda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish natijasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga bemorlarning reanimatsion va statsionar xarajatlaridan har 1 bemor uchun byudjet mablag‘lari hisobidan 1 540 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 820 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish. «Tranzitor ishemik xurujlarining serebral qon tomir havzasiga bog‘liq holda klinika etiologik strukturasi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 02 noyabrdagi 04/6971-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: o‘zbek millatida genetik tadqiqotlar asosida tranzitor ishemik xuruj o‘tkazgan bemorlarda ishemik insul`t va takroriy tranzitor ishemik xuruj rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi genetik moyillik borligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tranzitor ishemik xuruj o‘tkazgan o‘zbek millatiga mansub bemorlarda VEGF-a geni rs699947 polimorfizmi minor A alleli va gomozigot A/A genotipi ishemik insul`t va takroriy tranzitor ishemik xuruj rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi erta tashxislashda qon tomir endoteliy o‘sish faktori omillarini aniqlash, TIA o‘tkazgan, ammo ishemik insul`t bo‘lmagan bemorlarda, minor A alleli va A/A genotiplar TIA bog‘liq insul`t rivojlanishi orasida statistik ahamiyatli musbat assotsiatsiya mavjudligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy amaliy natijalar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (19.02.2024 y. № 01/107)Kogon shahar Tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (09.02.2024 y. № 405-2-208-TV/2024), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.02.2024 y. № 29), Gijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.02.2024 y. № 1362-2-34-TV/2024) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tranzitor ishemik xuruj o‘tkazgan bemorlarda ishemik insul`t va takroriy tranzitor ishemik xuruj kelib chiqishini erta aniqlash va kasallik klinik bosqichlari darajasini bashoratlovchi kelinik laborator markyorlarining ahamiyatini o‘rganish asosida keyinchalik rivojlanish ehtimoli bo‘lgan asoratlarning oldini olish imkonini berib, insul`tni erta tashhislash natijasida nogironlik va o‘lim xavfi kuzatilishi mumkin bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tranzitor ishemik xuruj o‘tkazgan bemorlarda penumbra bosqichining va ishemik insul`t rivojlanishni genetik usullar yordamida erta aniqlash hisobiga, ishemik insul`t rivojlanishi oldini olish natijasida reanimatsion va statsionar davo o‘rin kunlarining qisqarishi hisobidan har 1 nafar bemor uchun 2 165 560.33 so‘mga iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: o‘zbek millatida genetik tadqiqotlar asosida tranzitor ishemik xuruj o‘tkazgan bemorlarda ishemik insul`t va takroriy tranzitor ishemik xuruj rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi genetik moyillik borligi aniqlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini berish hisobiga 1 nafar bemor uchun 2 165 560.33 so‘mga iqtisod qilishga erishdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish. «Tranzitor ishemik xurujlarining serebral qon tomir havzasiga bog‘liq holda klinika etiologik strukturasi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 02 noyabrdagi 04/6971-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: o‘zbek millatiga mansub immun-genetik tadqiqotlar asosida tranzitor ishemik xuruj bilan og‘rigan bemorlarda, immun tizimining eng muhim biomarkyorlari bo‘lgan interleykin IL-1, IL-6 va S-reaktiv oqsilning birinchi soatlarda oshishi, kasallikni penumbra bosqichiga o‘tib, takroriy tranzitor ishemik xuruj yoki ishemik insul`t kelib chiqish xavfi borligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tranzitor ishemik ataka o‘tkazgan insul`t xavf omillarini aniqlashda, immun tizimining va yallig‘lanish omili muhim biomakyorlari, interleykin IL-1, IL-6 va S-reaktiv oqsilning birinchi soatlarda oshib, takroriy TIA va insul`tni erta bashoratlashda, o‘choqli simptomlarni bartaraf etishda yordam berib davolash taktikasini tanlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy amaliy natijalar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (19.02.2024 y. № 01/107)Kogon shahar Tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (09.02.2024 y. № 405-2-208-TV/2024), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.02.2024 y. № 29), Gijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.02.2024 y. № 1362-2-34-TV/2024) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tranzitor ishemik ataka o‘tkazgan insul`t xavf omillarini aniqlashda, immun tizimining va yallig‘lanish omili muhim biomakyorlari, interleykin IL-1, IL-6 va S-reaktiv oqsili kasallikning oligemiya va yarim ishemik soya bosqichlarida 1-6 soatlarda oshib, takroriy TIA va insul`tni erta bashoratlashda, o‘choqli simptomlarni bartaraf etish va olingan natijalar TIA bilan kasallangan bemorlarning hayotini yaxshilash hamda ularni reanimatsion davolash zaruriyatiga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishga olib kelgan; taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish TIA bilan kasallangan bemorlarni erta tashxislash ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tranzitor ishemik xuruj o‘tkazgan bemorlarda penumbra bosqichi rivojlanishida autoimmun jarayon holati hisobga olinishi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 10,0 kundan 3,0 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1 540 000 so‘mga kamaytirgan (Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 220 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 120 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: Tranzitor ishemik xuruj o‘tkazgan bemorlarda, penumbra bosqichi rivojlanishida autoimmun jarayonini hisobga olgan holda, ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajat kamayib, 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan 1 540 000 so‘mga, byudjetdan tashqari 840 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish. «Tranzitor ishemik xurujlarining serebral qon tomir havzasiga bog‘liq holda klinika etiologik strukturasi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 02 noyabrdagi 04/6971-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: O‘zbekistonda yashovchi o‘zbek millatiga mansub takroriy tranzitor ishemik hujum, insul`t va o‘lim xavfi bor bemorlarda IL-10 genining polimorfizmi gomozigotali A/A mutant genotipi ko‘rsatkichlari, tranzitor ishemik atakani autoregulyasiya, oligemiya va penumbra bosqichlarida aniqlashda yuqori darajada ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: O‘zbek millatiga mansub O‘zbekistonda yashovchi tranzitor ishemik ataka, takroriy tranzitor ishemik ataka va insul`t xavfi bor bemorlarda IL-10 genining polimorfizmi gomozigotali A/A mutant genotipi aniqlanib, tranzitor ishemik ataka bilan kasallangan bemorlarda gen polimorfizmlari aniqlanganda insul`t xavfini oldini olish uchun kerakli shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsata oladigan muassasalarga yuborilgan, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirgan va shifo jarayonini tezlashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy amaliy natijalar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (19.02.2024 y. № 01/107)Kogon shahar Tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (09.02.2024 y. № 405-2-208-TV/2024), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.02.2024 y. № 29), Gijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.02.2024 y. № 1362-2-34-TV/2024) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tranzitor ishemik xuruj bilan og‘rigan bemorlarda IL-10 genining polimorfizmi gomozigotali A/A mutant genotipi ko‘rsatkichlari autoregulyasiya, oligemiya va penumbra bosqichlarida aniqlashda yuqori darajada ahamiyatga ega ekanligi, hamda takroriy tranzitor ishemik ataka va ishemik insul`t asoratlarini prognozlovchi IL-10 genining polimorfizmi ko‘rsatkichlarining ahamiyatini o‘rganish asosida, keyinchalik rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan asoratlarining oldini olish imkonini bergan va erta tashhislash natijasida nogironlik va o‘lim xavfi kuzatilishi mumkin bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Takroriy tranzitor ishemik ataka va insul`t xavfi bor bemorlarni IL-10 genining polimorfizmi ko‘rsatkichlarini tekshirish orqali kasallikni erta aniqlash, takroriy tranzitor xuruj va insul`tga o‘tib ketish bosqichlarida, tashhislash natijasida bemorlarning reanimatsion va statsionar davolanish kunlarini qisqarishi hisobidan har bir nafar bemor uchun byudjet hisobidan sarflangan harajatlarni 1 960 000 so‘mga iqtisod qilishni imkonini bergan. Xulosa: Tranzitor ishemik ataka o‘tkazgan, takroriy tranzitor ishemik ataka va insul`t xavfi bo‘lgan bemorlarni erta prognozlashdagi molekular-genetik usullar, 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan 1 540 000 so‘m byudjetdan tashqari 840 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish. «Tranzitor ishemik xurujlarining serebral qon tomir havzasiga bog‘liq holda klinika etiologik strukturasi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 02 noyabrdagi 04/6971-sonli xat yuborilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: Tranzitor ishemik xuruj o‘tkazgan bemorlarda autoregulyasiya, oligemiya va penumbra bosqichlari aniqlanib, bemorlarda immunologik status o‘zgarishi, labarator-instrumental ko‘rsatkichlar va genetik moyillikka asoslanib erta tashhislash va individual davolashga yondashish, ishemik insul`t rivojlanishini bashoratlash mumkinligini aniqlagan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tranzitor ishemik ataka o‘tkazgan bemorlarda autoregulyasiya, oligemiya va penumbra bosqichlari aniqlanib, erta tashxislab, standart davo asosida har bir bemorga individual davolashni o‘tkazish, oqibatida bosh miya to‘qimasi gipoksiyasi va serebral neyronlarning faoliyati buzilishi bilan kechuvchi bosqichga o‘tmaslikka shu bilan birga insul`tni erta bashoratlash, ularni profilaktik chora tadbirlarni optimallashtirish, TIA dan keyingi davrni silliq o‘tishi, yotoq kunini qisqartirib, shifo jarayonini tezlashtirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy amaliy natijalar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (19.02.2024 y. № 01/107)Kogon shahar Tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (09.02.2024 y. № 405-2-208-TV/2024), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.02.2024 y. № 29), Gijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.02.2024 y. № 1362-2-34-TV/2024) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tranzitor ishemik ataka o‘tkazgan bemorlarda autoregulyasiya, oligemiya va penumbra bosqichlari aniqlanib, erta tashxislab, standart davo asosida har bir bemorga individual yondashib davolashni o‘tkazish, oqibatida bosh miya to‘qimasi gipoksiyasi va serebral neyronlarning faoliyati buzilishi bilan kechuvchi bosqichga o‘tmaslikka shu bilan birga insul`tni erta bashoratlash, ularni profilaktik chora tadbirlarni optimallashtirish, TIA dan keyingi davrda takroriy TIA va insul`tda o‘choqli simptomlarni bartaraf etish va olingan natijalar TIA bilan kasallangan bemorlarning hayotini yaxshilash hamda ularni reanimatsion davolash zaruriyatiga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishga olib kelgan; taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish TIA bilan kasallangan bemorlarni erta tashxislashga ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tranzitor ishemik xuruj o‘tkazgan bemorlarda autoregulyasiya buzilishi, oligemiya va penumbra bosqichlarini erta aniqlash hamda ishemik insul`ga o‘tmasligi natijasida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish hisobiga bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 7,0 kunga qisqartirib 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan 1 540 000 so‘m byudjetdan tashqari 840 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Tranzitor ishemik xuruj o‘tkazgan bemorlarda autoregulyasiya buzilishi, oligemiya va penumbra bosqichlarini erta aniqlashni shifoxona amaliyotiga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 540 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 840 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish. «Tranzitor ishemik xurujlarining serebral qon tomir havzasiga bog‘liq holda klinika etiologik strukturasi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 02 noyabrdagi 04/6971-sonli xat yuborilgan.