Ismoilova Yulduz Abduvohidovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishni takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)» 14.00.06 – Kardiologiya, 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2083.
Ilmiy rahbar: Agababyan Irina Rubenovna, tibbiyot fanlari nomzodi, professor. Rizaev Jasur Alimdjanovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand Davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsataetgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib 64.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musaev Ulugbek Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Mirsaid Mirraximov nomidagi Milliy kardiologiya va terapiya markazi (Qirg‘iziston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligini patogenetik mexanizmlarini inobatga olgan xolda ambulator bosqichda surunkali yurak etishmovchiligi markazini ochish yo‘li bilan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SYuE bilan og‘rigan bemorlarda natriuretik peptid darajasi va EQ-5D-5L, KCCQ so‘rovnomalari yordamida baholangan hayot sifatining past ko‘rsatkichlari o‘rtasida bog‘liqlik aniqlandi, bu jismoniy va ijtimoiy faollikning pasayishi bilan ifodalangan;
SYuE bilan og‘rigan bemorlarning 12 oylik kuzatuvida bo‘lmachalar fibrilatsiyasining yangi holatlarini aniqlanish chastotasi va terapiyaga rioya qilish shkalasi xususan, renin-angiotenzin-aldosteron tizimining blokatorlari va natriy-glyukoza kotransparter-2 ingibitorlarini qabul qilish ko‘rsatkichlari, o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
Yurak etishmovchiligining patogenetik mexanizmiga ta’sir qiluvchi dorilarning, xususan, renin-angiotenzin-aldosteron tizimi blokatorlari guruhining maqsadli dozasiga erishish va yurak etishmovchiligining dekompensatsiyasi chastotasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
SYuE bilan og‘rigan bemorlarda shifoxonadan chiqqandan keyin ham qon aylanish etishmovchiligi belgilari saqlanib qolishi, bu esa ushbu toifadagi bemorlarning dori-darmonlarini titrlash va ularni reabilitatsiya qilishni yanada qat’iy nazorat qilish uchun shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi negizida, kardiolog va o‘qitilgan hamshirasi mavjud surunkali yurak etishmovchiligi markazini ochilishi maqsadga muvofiqligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2024-yil 16-yanvar` №3-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik. SYuE bilan og‘rigan bemorlarda natriuretik peptid darajasi va EQ-5D-5L, KCCQ so‘rovnomalari yordamida baholangan hayot sifatining past ko‘rsatkichlari o‘rtasida bog‘liqlik aniqlandi, bu jismoniy va ijtimoiy faollikning pasayishi bilan ifodalangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: KCCQ va Morskiy-Grin so‘rovnomalari bemorlarning jismoniy va ijtimoiy cheklovlarini, SYuE belgilarini, hayot sifatini va o‘z-o‘ziga yordam berish va o‘z-o‘zini parvarish qilish qobiliyati, davolanishga rioya qilishni batafsilroq tahlil qilish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida 2023 yil 05-iyul` №24a-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyati filialida 2023 yil 10-iyul` №59-sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Bemorlarning hayot sifati va tavsiya qilingan davolanishga rioya qilishlarini aniqlovchi KCCQ va Morskiy-Grin so‘rovnomalarini qo‘llash orqali SYuE markazi nazorat ostida bo‘lgan bemorlarda O‘DYuE xavfi past ekanligi, gospitalizatsiya soni kamayganligi, bemorlar tavsiya etilgan davolanishga qat’iy rioya qilishlari va o‘zlarini yaxshi his qilishi sezilarli darajada oshganligi isbotlangan. Bu holat masalaning ijtimoiy ahamiyatini ta’minlaydi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
bemorlarni erta nogironlik va o‘limga olib keluvchi O‘DYuEning xavfi kamayishi hisobiga gospitalizatsiyalar soni kamaydi, bu esa sarflanadigan o‘rta xisobda 5 400 000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan;
Xulosa: O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyatida SYuE markazining ochilishi va amaliyotiga joriy etish SYuE bilan kasallangan barcha bemorlarni ularning ahvoli, kasalxonaga yotqizish chastotasi, shuningdek, kasalxonada yotoq kunlarning kamayishi, dori-darmonlarni sotib olish xarajatlarining pasayishi SYuE bilan og‘rigan og‘ir bemorlarga kasalxonaga yotqizish uchun kamroq murojaat qilish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishni takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 12 sentyabrda 2830-sonli xati yuborilgan. (Samarkand davlat tibbiyot universiteti 2023 yil 18 maydagi 24-son xulosasi).
ikkinchi ilmiy yangilik. SYuE bilan og‘rigan bemorlarning 12 oylik kuzatuvida bo‘lmachalar fibrilatsiyasining yangi holatlarini aniqlanish chastotasi va terapiyaga rioya qilish shkalasi xususan, renin-angiotenzin-aldosteron tizimining blokatorlari va natriy-glyukoza kotransparter-2 ingibitorlarini qabul qilish ko‘rsatkichlari, o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: SYuE bo‘lgan bemorlar o‘lim darajasi juda yuqoriligi sababli asosiy terapiya dorilarni titrlash va jismoniy reabilitatsiyani kasalxonada boshlash va ambulatoriya bosqichda  davom ettirish tavsiya etiladi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida 2023 yil 05-iyul` №24a-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyati filialida 2023 yil 10-iyul` №59-sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SYuE markazida kuzatilgan bemorlarda, oilaviy poliklinikalar tomonidan kuzatilgan bemorlarga nisbatan xayot sifati va davolanishga rioya qilish sezilarli darajada yaxshilangan. SYuE markazida kvadroterapiyaning doimiy nazorati takroriy miokard infarkti oldini oladi, yangi bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va qayta kasalxonaga yotqizishni qisqartiradi, shuningdek, insul`t va o‘lim holatlarini kamaytiradi.  
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi bemorlarning kasalxonada bo‘lish muddatini 2 kunga qisqarganligi sababli 300 000 so‘mga kam dori-darmonlar talab qilinmoqda (kuniga o‘rtacha 150 000 so‘m dori-darmon sarflanadi).
Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra Samarqand viloyatida SYuE markazining ochilishi va amaliyotiga joriy etish SYuE bilan kasallangan barcha bemorlarni ularning ahvoli, kasalxonaga yotqizish chastotasi, shuningdek, kasalxonada yotoq kunlarning kamayishi, dori-darmonlarni sotib olish xarajatlarining pasayishi SYuE bilan og‘rigan og‘ir bemorlarga kasalxonaga yotqizish uchun kamroq murojaat qilish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishni takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 12 sentyabrda 2830-sonli xati yuborilgan. (Samarkand davlat tibbiyot universiteti 2023 yil 18 maydagi 24-son xulosasi).
uchinchi ilmiy yangilik. Yurak etishmovchiligining patogenetik mexanizmiga ta’sir qiluvchi dorilarning, xususan, renin-angiotenzin-aldosteron tizimi blokatorlari guruhining maqsadli dozasiga erishish va yurak etishmovchiligining dekompensatsiyasi chastotasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: O‘DYuEdan keyin bemorlarni ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sharoitida asosiy terapiya titrlash, gemodinamikani va vaznni mustaqil ravishda nazorat qilishga tayyor bo‘lgunga qadar, jismoniy faollik miqdorini oshirishni davom ettirish zarurligini ko‘rsatadi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida 2023 yil 05-iyul` №24a-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyati filialida 2023 yil 10-iyul` №59-sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi O‘DYuEdan keyin bemorlarni SYuE markazida doimiy qat’iy kuzatuvi bemorlar orasida o‘lim xavfini kamaytirish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi 1 yil davomida nazoratimiz ostida kuzatilgan bemorlarning O‘DYuEda yotoq kunlari soni 1,5-2,0 kunga kamaydi, bu 1 bemordan mos ravishda 264,000 - 352,000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi.
Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra hozirgi vaqtda SYuE markazi bemorlarning umrini uzaytirish va hayot sifatini yaxshilash maqsadida ularning monitoringini olib borish uchun zarur hisoblanadi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishni takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 12 sentyabrda 2830-sonli xati yuborilgan. (Samarkand davlat tibbiyot universiteti 2023 yil 18 maydagi 24-son xulosasi).
to‘rtinchi ilmiy yangilik. SYuE bilan og‘rigan bemorlarda shifoxonadan chiqqandan keyin ham qon aylanish etishmovchiligi belgilari saqlanib qolishi, bu esa ushbu toifadagi bemorlarning dori-darmonlarini titrlash va ularni reabilitatsiya qilishni yanada qat’iy nazorat qilish uchun shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi negizida, kardiolog va o‘qitilgan hamshirasi mavjud surunkali yurak etishmovchiligi markazini ochilishi maqsadga muvofiqligi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Samarqand shahardagi har bir oilaviy poliklinikalarda, shahar va tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida SYuE markazini joriy etish, SYuE bilan kasallangan bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish va bemorlarni dispanser kuzatuv bilan ta’minlash imkoniyatini oshiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida 2023 yil 05-iyul` №24a-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyati filialida 2023 yil 10-iyul` №59-sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi olingan natijalar yuqori texnologiyali kardiologik yordamning samaradorligi va uzluksizligini oshirishga, bemorlarning SYuE profilaktikasiga amal qilish bilan dispanser kuzatuvining yuqori sifatini ta’minlashga imkon berdi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi SYuE markazining ochilishi ushbu xastalik bilan kasallangan bemorlarni oilaviy poliklinikaga ambulator murojaatlari sonini kamaytirdi. Bu o‘z navbatida bemorlarni oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnovi uchun 40 000 so‘m sarflansa, 10 nafar  bemorlarga oilaviy poliklinikada xizmat ko‘rsatish umumiy  400 000 so‘m  byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.
Xulosa: SYuE markazining ochilishi ushbu xastalik bilan kasallangan bemorlarni olib borishda etarli darajada bo‘lmagan birlamchi bo‘g‘im ishini doimiy kuzatish va dispanserizatsiyani takomillashtirish orqali ortiqcha xarajatdan tejaydi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishni takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 12 sentyabrda 2830-sonli xati yuborilgan. (Samarkand davlat tibbiyot universiteti 2023 yil 18 maydagi 24-son xulosasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish