Abdullaeva Gulnoza Voxidjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek bolalar she’riyatida izdoshlik va o‘ziga xoslik”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2183.    
Ilmiy rahbar: Muhammadjonova Go‘zalxon, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Barakaev Rahmatulla, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tursunboy Adashboev, Abdurahmon Akbar, Dilshod Rajab she’riyatidagi an’anaviylik, izdoshlik va ijodiy individuallik, badiiy mahorat masalalarini o‘rganish orqali zamonaviy bolalar she’riyatining poetik olamini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek bolalar she’riyatidagi yangilanishlar adabiy ta’sir, izdoshlik  va o‘ziga xoslik uchligida ijtimoiy-siyosiy sharoit, adabiy muhit va individual mahorat kontekstida namoyon bo‘lishi asoslangan;
Tursunboy Adashboevning so‘z o‘yiniga asoslangan, Abdurahmon Akbarning geometrik shakllar, rasmlar, raqamlar asosida yaratilgan she’rlarida ma’rifiy, Dilshod Rajabning geometrik figurali, raqamli she’rlarida esa tarbiyaviy funksiya yetakchi ekanligi isbotlangan;
bolalar she’riyatida an’anaviy, zamonaviy mavzular bilan birga ma’rifiy mavzular keng o‘rin egallaganligi, bunday she’rlarda lirik qahramon  kashfiyotchi muallim sifatida namoyon bo‘lishi, obrazlar talqinidagi izdoshlik va o‘ziga xoslik, lirik asarlarda bola obrazining yosh, jins, davrlararo farqlanishi mazkur ijodkorlar asarlarini qiyosiy tahlil qilish asosida dalillangan;
folklorning bolalar she’riyatiga ta’siri: topishmoq va lof she’rlarning janriy-kompozision, tasnifiy-tavsifiy talqini, adabiy ertaklarning kompozisiyasi, ma’rifiy ahamiyati, poetikasidagi simvolizm, ramz, majoz, motiv kabi yetakchi omillar o‘zbek bolalar adabiyotida folklor stilizatsiyasi masalalari “Adolatli qozi”, “Ziyrak chumoli haqida ertak”, “Jonli savatcha”, “Eng buyuk boylik”, “Kuch birlikda” kabi ertaklar misolida izdoshlik va o‘ziga xoslik kontekstida o‘rganilgan hamda ular an’ana va novatorlikning uyg‘unlashuvi namunasi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek bolalar she’riyatida izdoshlik va o‘ziga xoslik mavzusida olib borilgan mazkur ilmiy tadqiqot natijalaridan:
o‘zbek bolalar she’riyatidagi yangilanishlar adabiy ta’sir, izdoshlik  va o‘ziga xoslik uchligida ijtimoiy-siyosiy sharoit, adabiy muhit va individual mahorat kontekstida namoyon bo‘lishligi, Tursunboy Adashboevning so‘z o‘yiniga asoslangan, Abdurahmon Akbarning geometrik shakllar, rasmlar, raqamlar asosida yaratilgan she’rlarida ma’rifiy, Dilshod Rajabning geometrik figurali, raqamli she’rlarida esa tarbiyaviy funksiya yetakchi ekanligi isbotlangan xulosa va natijalardan F3-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi 2017-2020-yillarda bajarilgan fundamental loyihada  foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2023-yil 7-iyuldagi 408-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy adabiyotning yosh avlodga adabiy-estetik tasiri, badiiy tahlil qilish ko‘nikmalarini oshirishning yangi nazariy va amaliy asoslari yuzasidan tizimli tahlillarni amalga oshirish, xulosalar chiqarish imkoniyati yaratilgan;
bolalar she’riyatida an’anaviy, zamonaviy mavzular bilan birga ma’rifiy mavzular keng o‘rin egallaganligi, bunday she’rlarda lirik qahramon  kashfiyotchi muallim sifatida namoyon bo‘lishi, obrazlar talqinidagi izdoshlik va o‘ziga xoslik, lirik asarlarda bola obrazining yosh, jins, davrlararo farqlanishi mazkur ijodkorlar asarlarini qiyosiy tahliliga doir natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, mutolaa madaniyati, kreativ qobiliyatni rivojlantirish, ijodiy g‘oyalar, ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, adabiy-estetik tafakkurni takomillashtirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun ma’ruzalar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligining 2023-yil 16-avgustdagi 02.22/559-son ma’lumotnomasi). Natijada chora-tadbirlar rejasi va targ‘ibot ma’ruzalari ilmiy asoslar, yoshlar ruhiyatiga xos estetik ta’sirli va samarador tahliliy materiallar bilan boyitilgan;
folklorning bolalar she’riyatiga ta’siri: topishmoq va lof she’rlarning janriy-kompozision, tasnifiy-tavsifiy talqini, adabiy ertaklarning kompozisiyasi, ma’rifiy ahamiyati, poetikasidagi simvolizm, ramz, majoz, motiv kabi yetakchi omillar o‘zbek bolalar adabiyotida folklor stilizatsiyasi masalalari “Adolatli qozi”, “Ziyrak chumoli haqida ertak”, “Jonli savatcha”, “Eng buyuk boylik”, “Kuch birlikda” kabi ertaklar misolida izdoshlik va o‘ziga xoslik kontekstida o‘rganilgan hamda ular an’ana va novatorlikning uyg‘unlashuvi ekanligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi qoshidagi “Oltin qalam” adabiy to‘garagi faoliyatida, adabiy kechalarda, yosh ijodkorlar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda dissertatsiyaning umumiy xulosalari va natijalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 22-avgustdagi 179-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarda ijodiy fikrlash, adabiy-estetik tafakkurida o‘sish kuzatildi, ijodiy malakasini oshirish sifati yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish