Abduraximova Feruza Boxadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimli tillarda so‘z yasalishining lingvomadaniy xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil2918.
Ilmiy rahbar: Shukurov Rahmatillo Mirzatillaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xudoyberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz-o‘zbek tillarida so‘z yasalish usullarining umumiy va farqli jihatlari, milliy-madaniy modellari hamda yasalish omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olamning lisoniy manzarasida yasama so‘zlar xalqning milliy dunyoqarashi bilan bog‘liq ravishda xronologik o‘zgarishlarga uchrashi va boyib borishi ingliz tilidagi headhunter; o‘zbek tilidagi ellikboshi, yuzboshi kabi lisoniy dalillar bilan isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida so‘z yasalishidagi umumiylik affiksatsiya, kompozisiya usullarida, o‘zaro farqlovchi va o‘ziga xoslik jihatlari esa blending, konversiya, abbreviatsiya, akronimlar, fonetik va okkazional so‘z yasalishi usullarida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
o‘zbek-ingliz tillarida so‘z yasalishining ot yasovchi, sifat yasovchi, fe’l yasovchi va qo‘shma so‘zlarning modellari til egalarining voqelikka muayyan darajadagi munosabatining in’ikosi ekanligi dalillangan;
so‘z yasalishining affiksatsiya usuliga nisbatan qo‘shma so‘zlar, okkazional so‘zlar va ularning komponentlarida turli tizimli tillarning milliy-mental jihatlari yaqqol ifodalanishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Turli tizimli tillarda so‘z yasalishining lingvomadaniy xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusi tadqiq etilishi va ilmiy nazariy natijalardan:
olamning lisoniy manzarasida yasama so‘zlar xalqning milliy dunyoqarashi bilan bog‘liq ravishda xronologik o‘zgarishlarga uchrashi va boyib borishi ingliz tilidagi headhunter; o‘zbek tilidagi ellikboshi, yuzboshi kabi lisoniy dalillari va xulosalaridan Farg‘ona davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 14-dekabrdagi 03/6240-son ma’lumotnomasi). Natijada olamning lisoniy manzarasida yasama so‘zlarning qo‘llanilishiga doir fikr-mulohazalar loyihaning ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
ingliz-o‘zbek tillarida so‘z yasalishining ot yasovchi, sifat yasovchi, fe’l yasovchi va qo‘shma so‘zlarning modellari til egalarining voqelikka muayyan darajadagi munosabatining in’ikosi ekanligiga oid ilmiy mulohaza va xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2020-2021 yillarda bajarilgan “UniCEN” mavzusidagi xalqaro loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 23-dekabrdagi 04/6476-son ma’lumotnomasi). Natijada yasama so‘zlarning funksional imkoniyatlariga doir fikr-mulohazalar loyihaning ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan, loyihaning dasturi ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashgan;
ingliz va o‘zbek tillarida so‘z yasalishidagi umumiylik affiksatsiya, kompozisiya usullarida, o‘zaro farqlovchi va o‘ziga xoslik jihatlari esa blending, konversiya, abbreviatsiya, akronimlar, fonetik va okkazional so‘z yasalishi usullarida namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan “Yosh kitobxon” respublika tanlovini tashkil etish yuzasidan Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashining 2017-yil 8-noyabrdagi 01-07/1-1714-son majlis bayonida belgilangan “Yosh kitobxon” tanlovining 2018-yil 5-7-noyabr kunlari Farg‘ona viloyati bosqichini o‘tkazishda foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasining 2023-yil 12-iyuldagi 02-22/456-son ma’lumotnomasi). Natijada kitobxonlikning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyatiga nisbatan aksiologik (qadriyatli) munosabati va milliy-madaniy tushunchalarni yanada yuksaltirishga xizmat qilgan;
so‘z yasalishining affiksatsiya usuliga nisbatan qo‘shma so‘zlar, okkazional so‘zlar va ularning komponentlarida turli tizimli tillarning milliy-mental jihatlari yaqqol ifodalanishiga oid xulosalardan Farg‘ona viloyat telerodiokompaniyasining “Ochiq muloqot”, “Dolzarb mavzu”, “Zamondosh”, “Qadriyat”, “Ma’naviyat ¬¬¬– qalb ko‘zgusi”, “Kun mavzusi”, “Farg‘ona24” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 3-maydagi 01-02/99-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv dasturlari ilmiy va amaliy jihatdan boyigan, mazmunan mukammallashgan.