Pulatova Dildora Dilmuradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida murojaat shakllarining sotsiopragmatik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3293.  
Ilmiy rahbar: Abdurahmanova Muqaddas Tursunalievna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Bahriddinova Bashorat, filologiya fanlari doktori, professor; Ahmedova Nargiza, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida murojaat shakllarining yoshga ko‘ra, gender jihatdan, hududiy va kasbga ko‘ra xoslanishini yoritish orqali murojaatning sotsiopragmatik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida muloqot jarayonida qoʻllanadigan murojaat shakllari semantik jihatdan guruhlarga ajratilib, faol va nofaol iste’molda bo‘lgan, rasmiy va norasmiy, ijobiy va salbiy ma’no ifodalaydigan murojaat shakllari aniqlangan;
muloqot jarayonida nutqiy vaziyatdan kelib chiqib murojaat shakllarining qoʻllanishi aniqlanib, murojaat shakllarining yoshga ko‘ra, gender jihatdan, hududiy va kasbga ko‘ra xoslanishi yoritilgan, ayollar va erkaklar nutqidagi murojaat shakllari fikr ifodalash uslubining ajralib turishi ochib berilgan;
o‘zbek tilida nutqiy jarayonda murojaat shakllari nominativ, apellyativ, kommunikativ, emotiv, konnotativ vazifa bajarishlari izohlanib, murojaat birliklariga deyktik vazifa yuklatilishi, muloqot jarayonida deyktik birliklar orqali shaxs, predmet, zamon, ijtimoiy muhit kabilarga ishora qilinishi yoritilgan;
presuppozisiyaning kommunikativ mazmun ifodalashi hamda nutq jarayonidagi shaxs, narsa-predmet, voqea-hodisaga nisbatan qo‘shimcha, yashirin axborot haqida ma’lumot berishi asoslangan, murojaatning ifodalanishida noverbal vositalar nutqni yanada aniq va tushunarli boʻlishini ta’minlashi, shuningdek, izohlash, to‘ldirish, ta’kidlash, aniqlik kiritish, ma’qullash, rad qilish kabi qo‘shimcha ma’no ifodalashi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida murojaat shakllarining sotsiopragmatik tahlili bo‘yicha olib borilgan izlanishlar asosida:
o‘zbek tilida muloqot jarayonida qoʻllanadigan murojaat shakllari semantik jihatdan guruhlarga ajratilib, faol va nofaol iste’molda bo‘lgan, rasmiy va norasmiy, ijobiy va salbiy ma’no ifodalaydigan murojaat shakllari aniqlanganiga oid xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ – 2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 12-apreldagi 01/10-717-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilida muloqot jarayonida qoʻllanadigan murojaat shakllari semantik jihatdan guruhlarga ajratishning ilmiy nazariyalarini takomillashtirish imkonini bergan;
o‘zbek tilida nutqiy jarayonda murojaat shakllari nominativ, apellyativ, kommunikativ, emotiv, konnotativ vazifa bajarishlari izohlanib, murojaat birliklariga deyktik vazifa yuklatilishi, muloqot jarayonida deyktik birliklar orqali shaxs, predmet, zamon, ijtimoiy muhit kabilarga ishora qilinishi yoritilganiga oid xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ–2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 12-apreldagi 01/10-717-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilida nutqiy jarayonda murojaat shakllarining yoshga ko‘ra, qoʻllanish doirasi va uslubiga koʻra turlarini takomillashtirish imkonini bergan;
muloqot jarayonida nutqiy vaziyatdan kelib chiqib murojaat shakllarining qoʻllanishi aniqlanib, murojaat shakllarining yoshga ko‘ra, gender jihatdan, hududiy va kasbga ko‘ra xoslanishi yoritilgan, ayollar va erkaklar nutqidagi murojaat shakllari fikr ifodalash uslubining ajralib turishi ochib berilganiga doir xulosalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining «Qashqadaryo axboroti» nomli ko‘rsatuv va radioeshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 27-apreldagi 17-05/75-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy ommabopligi, mazmunining mukammallashuvi ta’minlangan hamda milliy eposimiz va uning ijrochilarining yosh avlod ma’naviy tafakkurini o‘stirishda tutgan o‘rnini keng ommalashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish